21-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Axborotning og‘zaki shaklda yetkazilishi Topshiriq:
Ma’ruza bilan so‘zga chiqish.
Ma’ruzani nimadan boshlash kerak?
Asosiy bayon jarayonida tinglovchilarni qanday qilib qiziqtirish mumkin?
Nutqni qanday tugallash kerak?
Nutqdagi tipik xatolar haqida ma’lumot bering.
AXBOROTNING OG‘ZAKI SHAKLDA YETKAZILISHI
Bu mavzuda ilmiy axborotni og‘zaki yoki ma’ruza shaklida, shuningdek o‘quv topshirig‘ini bajarish natijalarini taqdim etish - taqdimot usullari ko‘rib chiqiladi.
MA’RUZA BILAN CHIQISH
Ilmiy axborot bilan so‘zga chiqishga tayyorgarlikning protsessual tuzilmasi: Maqsadni nazarda tutish -- Yangi ilmiy axborotni bildirish yoki hodisalar sababini tushuntirish yoki oqibatlarni muhokama qilish.
Asosiy fikrlar, qoidalarni ifodalash-- Matnning yozilishi
Ma’ruza, axborot bilan chiqish -- Nutq so‘zlash
Ma’ruzada axborotlarni taqdim etish usullarini tanlash bo‘yicha tavsiyalar
1. Ma’ruzani nimadan boshlash kerak?
Nutq mavzui bo‘yicha muammoli yoki o‘ziga xos savol berish bilan --
Mumkinmi …?.Bu savollarga javob berishdagi muvaffaqiyatli urinishlardan biri ...
Afsuski...
Nutq mavzui bo‘yicha qiziqarli ko‘chirmani aytish bilan -- Gapni …… maqoldan boshlayman:…….
Bu iborada….
Nutq mavzui bo‘yicha qiziqarli ko‘chirmani aytish bilan -- Shunday vaziyatni tasavvur qilaylik….. Bunday vaziyatda…..
Qanday….? Qaysi…?
Nutq predmetini aniq hodisa bilan obrazli qiyoslash bilan -- …bilan qiyoslash mumkin…. ….Shunday muammoni tasavvur qilish mumkin… Holat tarixidan boshlash bilan -- …da …yuz bergan.
Holbuki, …bo‘lib chiqqan.
Bunday natijani qanday izohlash mumkin?
Ma’ruza ilmiy maqolaga to‘la muvofiq bo‘lishi ham mumkin. Biroq og‘zaki nutqning afzalligi shundaki, bunda nutqni turli xil qilish, uni ancha jonliroq chiqarish, ilmiy bayon qat’iyligidan chekinish ham mumkin. Ma’ruza muayyan «ekspromt»ga yo‘l qo‘yadi, bu bilan tinglovchilar e’tiborini tortadi va nutqni esda qoladigan qiladi.
Shuni esdan chiqarmangki, ma’ruzaning o‘ziga xos boshlanishidan keyin mavzu va uning dolzarbligini asoslash, shuningdek ilmiy qoida - tezis aytilishi kerak!
2.Asosiy bayon jarayonida tinglovchilarni qanday qilib qiziqtirish mumkin?
o‘zgacha faktlarni keltirish;
hamma tinglovchilarga tegishli narsa haqida gapirish; - aniq va belgili hikoya qilish;
obrazli qiyoslashlar, solishtirishlarni qo‘llanish.
Keltiriladigan obrazlar, qiyoslashlar, solishtirishlarning o‘rinli bo‘lishi va ulardan foydalanish me’yori haqida eslab turing!
3. Nutqni qanday tugallash kerak?
Nutq oxirida uning maqsadiga qarab:
Ma’ruza davomida tegib o‘tilgan asosiy fikrlarni qisqacha bayon qilish-- Shunday qilib, asosiy tavsifnomalarni yana bir bor takrorlaymiz…
Ma’ruza mavzui bo‘yicha qandaydir ko‘chirma keltirish -- Xulosa tarzida shunday iborani aytishga ijozat bering…
Tinglovchilarni qo‘yilgan muammo ustida mushohada yuritishga majbur qilish-- Xullas, ushbu nazariyaning barcha “plyus” va “minus”larini ko‘rib chiqib va tahlil etib, biz qo‘yilgan muammoni hozir hal qilish mumkin emasligi haqidagi xulosaga keldik.
Rezyume chiqarish bu yakun yasashdir. Rezyume qiluvchi ibora – bu notiqning «yopiq» tusdagi nutqi, uning bosh g‘oyasi.
Rezyumedagi faol iboralar va so‘z birikmalari:
«Shunday qilib,…»
«Xullas, ta’kidlash mumkinki…»
«Binobarin, asosiy g‘oya quyidagilardan iborat …»
«Aytib o‘tilganlarga yakun yasaymiz…»
Nutqdagi tipik xatolar:
Asosiy fikrning idrok etilishini qiyinlashtiradigan xorijiy atamalar va tushunchalarni suiiste’mol qilish.
Parazit-so‘zlar: «mana», «demak», «misol uchun» kabilarning ishlatilishi;
Ovozning juda balandligi: tinglovchilar 8 – 10 minutdan keyin bunday nutqni tinglamay qo‘yishadi.
Tarkibidagi so‘zlar 14-15 dan oshadigan murakkab gaplarni ishlatish:
bunday iboralar idrok qilinmaydi, grammatik konstruksiya murakkabligi sababli ma’no uzoqlashadi.
|
Dostları ilə paylaş: |