3. Plunjerli nasoslar. Plunjerli nasoslarning ishlash printsipiga o`xshash bo`lib, ular konstruktiv sxemalari bo`yicha bir – biridan farq qiladi. Bu nasoslarda ish organi sifatida porshenning o`rniga plunjerdan foydalaniladi. Plunjerlarning porshendan farqi shundaki, ularning ko`ndalang kesimi uzunligiga nisbatan bir necha baravar kichik bo`lib, kompression va moy sidirish xalqalari bo`lmaydi.
4. Diafragmali nasoslar. Ximiyaviy aktiv suyuqliklarni va moddalarning katta zarrachalari aralashgan suyuqliklarni so`rish uchun porshenli nasoslarning maxsus turlari ishlatiladi. Bunday nasoslarning keng tarqalgan turi diafragmali yoki membranali nasosdir.
Bu nasoslarning ishlash printsipi plunjerli yoki porshenli nasoslarning ishlash printsipiga o`xshaydi va suspenziyalarni xamda metall qismlarning emirilishiga katta ta`sir qiluvchi aktiv suyuqliklarni so`rishda ishlatiladi. Nasosning tsilindri 1 va plunjeri so`rilayotgan suyuqlikdan elastik to`sik 3 – diafragma (membrana) bilan ajratilgan bo`lib, to`siq yumshoq rezina yoki maxsus po`latdan tayyorlanadi. Plunjer orqaga yurganda diafragma bo`shlig`ining o`ng qismida siyraklanish xosil bo`ladi. Natijada diafragma o`ng tomonga egilib, siyraklanish bo`shlikning chap tomoniga, so`ngra nasosning ish bo`shligiga beriladi. Bu esa xuddi porshenli nasoslardagi kabi so`rish klapani ochilib, so`rish protsessining sodir bo`lishiga sabab bo`ladi. Plunjer oldiga yurganda esa diafragma bo`shlig`ining o`ng qismida bosim ortib, diafragma chapga egiladi. Shu yo`l bilan bosimning ortishi ish bo`shlig`iga berilib, so`rish klapani 4 yopiladi, so`ngra xaydash klapani 5 ochilib, suyuqlikning xaydash boshlanadi. Bunda plunjer va tsilindr so`rilayotgan suyuqlikdan ajratilgani uchun ximiyaviy aktiv moddalar ta`sirida bo`lmaydi va zanglash, eroziya xodisalaridan xoli bo`ladi. Nasosning so`rilayotgan suyuqlikka tegib turadigan qismlari (ish bo`shlig`i, klapanlar va x.k.) kislota bardosh materiallardan qilinadi yoki kislata bardosh moddalar bilan qoplanadi. Ba`zi xollarda shtok bevosita diafragmaga ulangan bo`lib, xarakat xaydash yuqorida aytilgandek amalga oshiriladi. Bunday nasoslar avtomobil’, traktor va boshqa qishloq xo`jalik mashina dvigatellarining ta`minlash sistemasida qo`llaniladi. Bu mashinalarda xarakat shtokka gaz taqsimlash valining ekstsentrigi yordamida beriladi.
Nazorat savollari 1. Diafragmali nasoslar qanday ishlatiladi nima uchun kerak.
2. Plunjerli nasoslarning ishlash printsipi deb nimaga aytiladi
3. Nasos dvigateliga kerakli quvvat qanday aniqlanadi.
4. Nasosning asosiy parametrlaridan biri bo’lgan to’liq FIK qanday aniqlanadi.
http://fayllar.org