21.4-rasm.Davlat moliyaviy nazoratiningshakllari,turlari va usullari141
- taftish;
- tekshirish (shu jumladan budjet to`g`risidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish);
- o`rganish.
Davlat moliyaviy nazoratining turlari quyidagilardir:
- dastlabki nazorat – moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar g`aznachilik bo`linmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi;
- joriy nazorat – moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g`aznachilik bo`linmalari, moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi;
- yakuniy nazorat – moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan so`ng maxsus vakolatli davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazoratining usullari quyidagilardir: 1) tekshirish hujjatlarining hajmiga qarab:
- yoppasiga nazorat – tekshirilayotgan davr uchun barcha buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni tekshirish;
- tanlov asosidagi nazorat – muayyan davr uchun buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarning ayrim qismlarini tekshirish;
2) nazoratning maqsadga yo`naltirilganligi va predmetiga qarab:
141O`zbekistonRespublikasiBudjetKodeksining 173-moddasi asosida. 306
- kompleks nazorat – moliyaviy nazorat obyektining muayyan davr uchun moliyaviy-xo`jalik faoliyatining barcha yo`nalishlarini tekshirish ;
- mavzuli nazorat – moliyaviy nazorat obyektining muayyan davr uchun ayrim masalalar bo`yicha faoliyatini tekshirish;
- muqobil nazorat – operatsiyalar yagonaligi bilan o`zaro bog`liq bo`lgan va turli moliyaviy nazorat obyektlarida turgan hujjatlarni solishtirishni o`z ichiga olgan tekshirish.
Ma‘lumki, davlat moliyaviy nazoratining nazariyasi va amaliyotida uning muhim bo`g`ini bo`lgan budjet nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi (6-rasm):
Dastlabkimoliyaviynazoratturli darajadagi budjetlar loyhalarini tuzish, ko`rib chiqish, tasdiqlash; daromad va xarajatlar smetasi, qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida amalga oshiriladigan nazorat shaklidir. U moddiy va moliyaviy resurslarni noratsional ishlatilishining oldini olishga xizmat qiladi. Dastlabki moliyaviy nazorat chog`ida qo`shimcha mablag`larni jalb qilish imkoniyatlari, ko`zda tutilgan xarajatlarning asoslanmaganligi aniqlanishi mumkin.