Matritsalar ustida amallar Matematik masalalarni yechishda Mathcadning xizmati matritsalar ustida amallar bajarishda yaqqol ko`rinadi. Matritsalar katta bo`lganda bu amallarni bajarish ancha murakkab bo`lib, kompyuterda Matchadda dastur tuzishni talab etadi. Matchad tizimida bunday ishlarni tez va yaqqol ko`rinishda amalga oshirsa bo`ladi.
Matritsani tuzish.Matritsa yoki vektorni quyidagi protsedura yordamida aniqlash mumkin:
1. Matritsa nomini va (:=) yuborish operatorini kiritish.
2. Matematika panelidan Vector and Matrix Toolbar (Matritsa va vektor paneli) tugmachasi bosiladi. Keyin Matrix or Vector (Matritsa va vektor) tugmasi bosiladi, natijada Matrix (Matritsa) paneli ochiladi. Ochilgan muloqot oynasidan ustun va satr sonlari kiritilib Ok tugmasi bosiladi. Bu holda ekranda matritsa shabloni paydo bo`ladi.
3. Har bir joy sonlar bilan to`ldiriladi, ya'ni matritsa elementlari kiritiladi (15-rasm).
15-rasmda D matritsaning pastki indekslardan foydalanib elementlarini topish ko`rsatilgan. ORIGIN=0 bo`lgani uchun avtomatik ravishda birinchi element 10 ga teng.
Matritsalar ustida asosiy amallar.Matchad matritsalar bilan quyidagi arifmetik operatsiyalarni bajaradi: matritsani matritsaga qo`shish, ayirish va ko`paytirish, bundan tashqari transponirlash operatsiyasini, murojaat qilish, matritsa determinantini hisoblash, maxsus son va maxsus vektorni topish va boshqa (15-rasm).