Matritsali tenglamalarni yechish. Matritsali tenglamalar bu chiziqli algebraik tenlamalar tizimi bo`lib AX=B ko`rinishda yoziladi va u matritsaga murojaat qilish yo`li bilan teskari matritsani topish orqali yechiladi X=A-1B (17-rasm).
17-rasm. Tenglamalar tizimini matritsa usulida yechish.
Matritsalar ustida simvolli operatsiyalar Simbolics (Simvolli hisoblash) menyusining buyruqlari va simvolli tenglik belgisi () yordamida bajariladi.
Differentsial tenglamalarni yechish Differentsial tenglamalarni yechish ancha murakkab masala. Shu sabab Mathcadda barcha differntsial tenglamalarni ma'lum chegaralanishlarsiz to`g`ridan-to`g`ri yechish imkoniyati mavjud emas. Mathcadda differentsiallar tenglama va tizimlarini yechishning bir necha usullari mavjud. Bu usullardan biri Odesolve funktsiyasi yordamida yechish bo`lib, bu usul boshqa usullarga nisbatan eng soddasidir. Bu funktsiya Mathcad 2000 da birinchi bor yaratildi va u birinchi bor differentsial tenglamani echdi. Mathcad 2001da bu funktsiya yanada kengaytirildi. Odesolve funktsiyasida differentsial tenglamalar tizimini ham yechish mumkin. Mathcad differentsial tenlamalarni yechish uchun yana ko`gina qurilgan funktsiyalarga ega. Odesolve funktsiyasidan tashqari ularning barchasida, berilgan tenglama formasini yozishda ancha murakkablik mavjud. Odesolve funktsiyasi tenglamani kiritish blokida oddiy differentsial tenglamani o`z shaklida, xuddi qog`ozga yozgandek yozishga imkon yaratadi (18-rasm). Odesolve funktsiyasi yordamida differentsial tenglamalarni boshlang`ich shart va chegaraviy shartlar bilan ham yechish mumkin.
18-rasm. Differentsial tenglamalarni yechish.
Berilgan tenglamani yozishda xuddi differentsiallash operatorini ishlatgan holda ham yoki shtrixlar bilan ham yozish mumkin. Boshlang`ich shartni yozishda esa faqat shtrix bilan yozish kerak va uni kiritish uchun Ctrl+F7 klavishilarni baravar bosish kerak.
Odesolve funktsiyasiga murojaat uch qismdan iborat hisoblash bloki yozuvini talab qiladi:
Given kalit so`zi;
Differentsial tenglama va boshlang`ich yoki chegaraviy shart yoki differentsial tenglamalar tizimi va unga shartlar;