Vagonlarni ortish yoki tushirishni hisobiy muddati qo‘yidagi vaqtlar yig‘indisidan iborat: a) tayyorlash operatsiyalariga - plombalarni va eshik boylag‘ichlarni echish, eshik va tuyniklarni ochish, eshik oldi to‘siqlarni olib qo‘yish yoki o‘rnatish va shunga o‘xshashlarga sarflangan vaqt (ttay.);
b) tugatish operatsiyalariga - vagon eshiklarini yopish, boylag‘ichlar va plombalarni qo‘yish, yukni boylash yoki tekislash, bo‘shagan vagonni tozalash va shunga o‘xshashlarga sarflangan vaqt (ttug.);
v) mexanizmlarni yoki vagonlarni o‘z joyidan surib qo‘yishlarni hisobga olgan holda mexanizmlarda vagonga yukni ortishni o‘ziga yoki yukni tushirishni o‘ziga sarflangan vaqt (tyuk). Bir guruh vagonlarni ortishda yoki tushirishda hamma vagonlarda tayyorlash operatsiyalarini bajarish, birinchisidan tashqari, va hamma vagonlarda tugatish operatsiyalarini bajarish, ohirgisidan tashqari, boshqa vagonlarga ortish yoki tushirish operatsiyalarini bajarish vaqtida birgalikda o‘tkazilishi kerak va shuning uchun ortishni yoki tushirishni umumiy muddatini aniqlashda hisobga olinmaydi. n ta vagonni ortish yoki tushirish muddati qo‘yidagi formula yordamida aniqlanadi:
T =ttay + (n / Z) ·tyuk + ttug , daq (16.1)
bu erda Z - bir necha mexanizmdan foydalanganda bir vaqtni o‘zida
ortiladigan yoki tushiriladigan vagonlar soni.
YUkni vagonga ortishni o‘ziga yoki yukni vagondan tushirishni o‘ziga sarflangan vaqt qo‘yidagi formula orqali hisoblanadi:
tyuk =qv / Qt ·60 + tyor , daq (16.2)
bu erda qv - vagondagi yukni o‘rtacha massasi, t;
Qt - ortish-tushirish mexanizmning texnik unumdorligi, t-soat;
tyor. - yordamchi operatsiyalarga sarflanadigan vaqt, daq.
SHunday qilib, n -ta vagon uchun ortish yoki tushirishni aniqlash formulasi qo‘yidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
T = ttay + (n / Z) · (qv / Qt · 60 + tyor) + ttug , daq (16.3)
Tayyorlash, tugatish va yordamchi operatsiyalarga sarflanadigan vaqtlar xronometraj kuzatuvi yordamida aniqlanadi.
SHartnomaga, bir vaqtni o‘zida vagonlarni ortish va tushirish va o‘rnini almashtirish frontining sig‘imidan ziyod miqdorda vagonlarni birdaniga olib kirib berishni nazarda tutish shartlari kiritilganida, vagonlarni to‘xtab turishi ularni frontga haqiqiy qo‘yilgan paytidan boshlab hisob qilinadi.
Vagonlarni o‘rnini almashtirish tashkilotlarning va jismoniy shaxslarning vositalarida amalga oshirilgan hollarda bir vaqtni o‘zida olib kirib berilgan barcha partiyadagi vagonlarga to‘xtab turish me’yori, vagonlarni ortish va tushirish uchun zarur vaqtidan hamda vagonlarni yoki mexanizmlarni front bo‘ylab o‘rnini almashtirish vaqtidan kelib chiqib, belgilanadi.