Tijorat banklarining nodepozit



Yüklə 20,12 Kb.
tarix29.05.2022
ölçüsü20,12 Kb.
#59938
Bank ishi maruza


7.Banklar resurslarining depozitsiz manbalariga nimalar kiradi?
Javob:


Tijorat banklarining nodepozit operatsiyalari deb, tijorat banklarining yirik pul bozorlaridan pul mablag`larini jalb qilish, qimmatli qog`ozlar, veksellarni, obligatsiyalar vositasini muomalaga qo`yish yo`li bilan mablag`larni jalb qilish sohasidagi operatsiyalariga aytiladi.
Jahon banki amaliyotida tijorat banklariga mablag`larni jalb qilishning keng tarqalgan nodepozit shakllari ham mavjud bo`lib, ularga quyidagilar kiradi:

Odatda, tijorat banklari faoliyatini rivojlantirishda resurslarning nodepozit manbalaridan ham foydalanishga katta e‘tibor beriladi. Ular bozorda raqobatchilik asosida vositachilar (brokerlar) orqali sotib olinadi. Nodepozit manbalardan asosan moliyaviy markazlarda joylashgan hamda moliya bozori mexanizmidan erkin foydalanish huquqiga ega bo`lgan yirik banklar keng foydalanadilar. Nodepozit mablag`lar yirik miqdorda sotib olinadi.
Qo`yilmalarga mablag`larni jalb qilish uchun tijorat banklari qo`shimcha ravishda chet el tajribasidan foydalanishi mumkin, xususan:

    • aholi mablag‗larini jalb qilish bo`yicha turli dasturlarni ishlab chiqish;

    • mijozlar – pul qo`yuvchilarga turli-tuman, jumladan, nobank xizmatlarni ham ko`rsatish;

    • qo`yilma muddati tugashi bilan mukofot berishda investitsion harakterdagi qo`yilmalardan yuqori foiz stavkasini qo`llash;

    • doimiy pul qo`yuvchilarga bankka sadoqati uchun mukofot to`lash;

    • mijoz va bank iqtisodiy qiziqishlarini optimallashtiradigan, aralash xarakterda amal qiluvchi NAU va SAPS tipidagi hisob varaqlarni qo`llashni amalga oshirishlari mumkin.

Barcha banklar, shu jumladan, chet el kapitali ishtirokidagi aholi omonotlarini jalb qiluvchi banklar fond bilan yozma bitim tizimini tuzishi majburiy qilib belgilab qo`yilgan. Fond yuridik shaxs sifatida tuzilgan bitimlar asosida faoliyat olib boradi. Banklar fondga bir yo`la va kalendar majburiy badallar to`lashadi. Bankning fondga bir yo`la to`laydigan badali bankning amalda shakllangan ustav kapitalining 0,1 foizini tashkil etadi.
Kalendar badallar har chorakda kafolatlanishi lozim bo`lgan omonatlarning amaldagi umumiy summasining 0,5 foizidan ko`p bo`lmagan miqdorda belgilanadi. Fondning pul mablag`lari O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankida saqlanadi.
Aholi omonatlarining kafolatlanishi aholining bankka bo`lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi.
Tayyorladi: Dilmurodov Azizbek BIA- 80 guruh
Yüklə 20,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin