21 - variant
O`nlik va yuzlik konsentrida arifmetik amallarni oʻrgatish mеtodikasi..
O’nlik,yuzlik,minglik va ko’p xonali sonlar konsentrida arifmetik amallarni o’rgatish metodikasi.
O’nlik mavzusida arifmetik amallarni o’rganish.
Mavzuni chuqur o’rgatishda oldimizda turgan asosiy maqsadlarquyidagilardan iborat:
1)qo’shish va ayirishning mazmuni bilan tanishtirish;
2)hisoblashni ongli ravishda bajarish;
3)10 ichida qo’shib ayirishda o’quvchi juda tezkor javob berishiga erishish;
Ushbu mavzuni bir nechta bosqichga bo’lib o’rganamiz.
1-bosqich.Tayyorgarlik bosqichi.Qo’shish va ayirish amalining mazmunini ochib berish.Nomerlashni o’rgatish. Bunda sonlar o’zidan oldingi songa 1 ni qo’shish orqali hosil bo’lishi yoki 1 ni ayirishdan hosil bo’lishi singdiriladi. 0+1=1; 1+1=2; 2+1=3….
3-1=2; 2-1=1; 1-1=0…
2-bosqich. a+2; a+3; a+4 ko’rinishidagi misollarni hisoblash usullari bilan tanishtiriladi.
3-bosqich.a+6; a+7; a+8; a+9 ko’rinishidagi misollarni hisoblash usullari o’rgatiladi.
Bu hisoblash usullarini o’rgatish jarayonida qo’shiluvchi,yig’indi kabi tushunchalar bilan tanishadilar. O’quvchilar 5+3=8 , 3+5=8 kabi misollarni yechish orqali o’rin almashtirish xossasi bilan tanishadilar.
4-bosqich.a-6; a-7; a-8 ko’rinishidagi hollar uchun hisoblash usullari bilan tanishish.Bunda hisoblash usullari yig’indi bilan qo’shiluvchilar orasidagi bog’lanishlarni bilishga asoslangan.
dan 10 gacha bo’lgan sonlar ustida arifmetik amallarni o’rganish bosqichidan so’ng, 10 dan 20 gacha bo’lgan sonlar ustida arifmetik amallarni o’rgatish boshlanadi va bosqichma-bosqich o’rgatib boriladi.
Ko’p xonali sonlarni qo’shish va ayirish bir vaqtda o’rganiladi. Darslikda qo’shish va ayirish hollari qiyinligi ortib boradigan tartibda kiritiladi: sekin-asta xona birliklaridan o’tish sonlari ortib boradi, nollarni o’z ichiga olgan sonlar kiritiladi, uzunlik, massa, vaqt va boshqa birliklarda ifodalangan sonlarni qo’shish va ayirish o’rganiladi.
Bir nechta sonlarni qo’shishda qo’shiluvchilarni guruhlab qo’shish usulidan foydalaniladi.
24+36+62+38=160
(24+36)+(62+38)=60+100=160
Ko’p xonali uzunlik,vaqt,massa o’lchovlari bilan ifodalangan sonlar ustida ham arifmetik amallar bajarish o’rganiladi.
38 m 55sm +22m 65sm=60 m 120sm=6120 sm
Ko’p xonali sonlarni ko’paytirish va bo’lish uch bosqichda amalga oshiriladi.
41 * 50=50 *(40+1)=(50 *40)+(50* 1)
=2000+50=2050
Birinchi to’liqsiz ko’paytmani topamiz;
Ikkinchi to’liqsiz ko’paytmani topamiz;
Ikkalasini qo’shamiz.
Dostları ilə paylaş: |