Harakatga doir masalalar bilan ishlash metodikasi.
Tarkibiga harakatni xaraktyerlovchi miqdorlar, ya'ni, tezlik, vaqt va masofa kirgan masala harakatga doir masala d-di. U masalalarda aytilgan miqdorlar yo`naltirilgan miqdorlar sifatida qaraladi. Boshlang`ich sinfda qaraladigan turlari.
Bir jism harakatiga doir masalalar.
Uchrashma harakatga doir masalalar.
Ikki jismning qarama - qarshi yo`nalishdagi harakatiga doir masalalar.
Ikki jismning bir yo`nalishdagi harakati.
a) Bir jism harakatiga doir masalalarni quyidagi uch turi mavjud. Ma’lum masofa va harakat vaqti bo`yicha tezlikni topishga doir masalalar.
Masala: Piyoda kishi har soatda baravaridan yo`l bosib, 3 soatda 12 km yurgani ma'lum bo`lsa, u qanday tezlik bilan yurgan?
Tezlik
Vaqt
Masofa
?
3 soat
12 km
Yechish:12:3=4km/soa
t.
Demak, Tezlik-masofaning vaqtga bo`linganiga teng.
Ma’lum tezlik va harakat vaqtiga ko`ra masofani topishga doir masalalar.
M: Piyoda kishi soatiga 6 km tezlik bilan 3 soat yo`l yurdi. Piyoda kishi qancha masofa yo`l yurdi.
Tezlik
Vaqt
Masofa
Soatiga 6 km
3 soat
?
Yechish: 6x3=18km.
Dyemak, Masofa – tezlik bilan vaqtning ko`paytmasiga teng.