22-mavzu. Ayrim kimyoviy elementlar geokimyosi. Reja



Yüklə 198,23 Kb.
səhifə12/15
tarix25.12.2023
ölçüsü198,23 Kb.
#195992
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
22-mavzu. Ayrim kimyoviy elementlar geokimyosi.

Kelib chiqishi. Sof elementlarning kelib chiqishi asosan endogen: magmatik, gidrotermal va metamorfik jarayonlar bilan bog’liq. Sof kumush va mis ba’zan sulьfidli konlarning oksidlanish zonalarida hosil bo’ladi. Asl sof metallarning (oltin, platina) sanoat ahamiyatiga molik bo’lgan konlari sochilmalar shakllanishida vujudga kelishi mumkin.
Sof elementlarning litosfera tuzilishidagi ahamiyati sezilarli emas. Ular yer po’sti massasining 0,1 % dan ko’prog’ini tashkil qiladi va jins hosil qiluvchi minerallar hisoblanmaydi.
Qo’llanilishi. Sof elementlarning amaliy ahamiyati juda katta. Asl elementlarning orasida eng ko’p tarqalganlari - platina, oltin va kumush hisoblanadi.
Har bir mineral faqat o’ziga xos bo’lgan xossa va belgilar majmuasiga ega. Ularga kimyoviy tarkibi, tuzilishi va tabiiy xossalari kiradi. Ushbu belgilar bo’yicha minerallar aniqlanadi.


4. 8. Kristall moddalar haqida qisqacha ma’lumotlar

Barcha kristall moddalar, amorf moddalardan farqli o’laroq, kristall panjaralar - material nuqtalar (atomlar, molekulalar, ionlar va ularning guruhlari) fazoda aniq geometrik qonuniy o’rinni egallagan bir jinsli cheksiz vektorial qurilmalari bilan ifodalangan qonuniy ichki tuzilishga ega. Material nuqtalarning joylashish o’rni kristall panjara tugunlari deyiladi. Bir to’g’ri chiziqda yotuvchi va davriy ravishda teng oraliqlarda takrorlanuvchi tugunlar majmuasi qatorlarni tashkil etadi, bir tekislikda yotuvchi qatorlar majmuasi esa kristall panjaraning yassi to’rini hosil qiladi.


Kristall panjaralar o’zining strukturasi bo’yicha juda xilma-xil bo’lib, bu ularning tarkibidagi material zarralar, ularning o’lchamlari, bir-biri bilan aloqasi, yaqin atrofi (koordinatsiya) bilan bog’liq.
Barcha kristall moddalar qonuniy ichki tuzilishi natijasi hisoblanuvchi bir qator xossalarga ega. Ulardan biri - anizotroplik yoki turli yo’nalishlarda bir xil bo’lmaslikdir (odatda har doim izotrop bo’lgan amorf jismlardan farqli o’laroq). Ikkinchisi - birjinsliligi - bir xil kristall moddalarning har qanday mayda zarralari bir xil xossalarga (parallel yo’nalishlar bo’yicha) egaligi bilan ifodalanadi. Ammo kristall moddalarning eng xarakterli xossasi bo’lib ularning o’z-o’zidan tomonlar hosil qilish xususiyati, ya’ni erkin o’sish sharoitlarida to’g’ri ko’ptomonli shakllarni - kristallarni (yunoncha «kristallos» - muz) vujudga keltirishi hisoblanadi.
Kristallar bilan batafsil kristallografiya fani shug’ullanadi. Kristallarning sirti tekisliklar - tomonlar bilan chegaralangan bo’lib, ular to’g’ri chiziqlar - qirralar bilan kesiladi. Qirralar kesishgan nuqtalar uchlarini tashkil etadi.
Kristallarning tashqi shaklida kristall panjaralar tuzilishining qonuniyatlari aks etgan bo’ladi, shuning uchun ham har bir kristall modda, shu jumladan har bir mineral ham o’zi uchungina xarakterli bo’lgan shaklga ega bo’ladi.
Kristallarning ichki tuzilish va tashqi shakli orasidagi bog’liqlik kristallografiyaning asosiy qonunlaridan biri - burchaklar doimiyligi qonuni bilan ifodalangan bo’lib, unga muvofiq bir xil moddaning barcha kristallarida tomonlari (va qirralari) orasidagi burchak doimiydir.
Kristallarning eng xarakterli xususiyati bo’lib ularning simmetriyasi sanaladi.
Simmetriya (yunoncha - «mos o’lchamlilik») tabiatda juda ham keng tarqalgan, ammo u faqat kristallar dunyosidagina yaqqol ifodalangan bo’ladi.
Kristallardagi simmetriya - bu figuralarning muayyan tomonlari, qirralari va burchaklarining qonuniy takrorlanishi, ya’ni ma’lum burchakka buralganda oldingi holatini egallashidir. Simmetriyani ta’riflash uchun simmetriya elementlari deb ataluvchi hayoliy obrazlardan - nuqtalar, to’g’ri chiziqlar, tekisliklardan foydalaniladi.
Simmetriya markazi (S) - kristall ichidagi nuqta bo’lib, u jism yuzasidagi barcha qarama-qarshi nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlarni teng ikkiga bo’ladi. Kristallarda faqat bitta simmetriya markazi bo’lishi mumkin, nosimmetrik shakllarda esa umuman bo’lmaydi.
Simmetriya o’qi (L) - to’g’ri chiziq bo’lib, uning atrofida kristall shakl aylantirilganda teng qismlari takrorlanadi, ya’ni u o’z-o’zining o’rnini egallaydi. SHakl 360° ga burilganda o’z-o’zining o’rnini olish soni simmetriya o’qining tartibini belgilaydi. Kristallografiyada 2, 3, 4 va 6 tartibli simmetriya o’qlari mavjud.
Simmetriya tekisligi (R) - bu shaklni bir-biriga nisbatan kuzgudagi aksidek simmetrik teng ikki qismga bo’luvchi hayoliy tekislikdir.
Kristallarda simmetriya elementlari yakka yoki bir-biri bilan muayyan kombinatsiyada kuzatilishi mumkin. Bunda simmetriya elementlarining barcha xohlagan elementlarining to’plami mavjud bo’lmaydi. Simmetriya elementlarining ehtimoliy to’plamini metematik tomondan keltirib chiqaruvchi bir qancha nazariyalar mavjud.
Simmetriyaning yettita kristallografik tizimga yoki singo­niyaga (yunoncha «o’xshash burchakli»), singoniyalar esa o’z navbatida toifalarga umumlashtiriladi.
Kristall moddalarning eng muhim xususiyati ularda polimorfizm va izomorfizm hodisasining rivojlanishida o’z ifodasini topadi.
Polimorfiz (yunoncha «poli» - ko’p, «morfe» - shakl) deb tashqi sharoitlarga bog’liq holda birikmalar va oddiy moddalarning turli strukturaviy shakllarda kristallanish xossasiga aytiladi. Mazkur kristall moddalarning muayyan bir tabiiy-kimyoviy sharoitlarda barqaror bo’gan xillari uning polimorf modifikatsiyasi deyiladi.
Tabiiy mineral hosil bo’lish sharoitlari juda xilma-xil bo’lganligi sababli minerallar orasida polimorfizm ancha keng tarqalgan. Bunga yorqin misol bo’lib uglerodning polimorf modi­fikatsiyalari - olmos va grafit sanaladi.
Olmos odatda yuqori bosim sharoitlarida vujudga keladi va mustahkam kubik panjaraga ega bo’ladi; past haroratlarda esa uglerod qatlamli geksagonal panjaraga ega grafit holida kristallanadi. SHu tufayli bir tarkibga ega bo’lgan bu ikki mineral mutlaqo boshqa xossalarga ega.
Bunga boshqa misol qilib FeS2 ning - pirit (kubik) va markazit (rombik); SaSO3 - kalьtsit (trigonal) va aragonit (rombik) va b. polimorf modifikatsiyalarini ko’rsatish mumkin.
Minerallarning kristallarini hosil qiluvchi strukturaviy birliklar muayyan sharoitlarda kristallokimyoviy xossalari bo’yicha (o’lchamlari, zaryadlari, kimyoviy bog’lanish holati, koordinatsiyasi) ularga yaqin bo’lgan boshqalari bilan o’rin almashishi mumkin. Bu hodisa izomorfizm (yunoncha «izos» - teng, «morfe» - shakl) deb ataladi.
Izomorfizm deganda minerallarning kristall panjaralarida atomlar, ionlar yoki ularning boshqa gruhlari tuzilishi o’zgarmasdan turib o’zaro o’rin olish hodisasi tushuniladi. Bunda hosil bo’luvchi moddalar o’zgaruvchi tarkibga ega bo’ladi va izomorf aralashma yoki qattiq eritma deyiladi.
Qattiq minerallar yaqqol kristall holatdan tashqari faqat rentgenstrukturaviy tadqiqotlarda ko’rish mumkin bo’lgan yashirin kristalli tuzilishga ega bo’lishi mumkin. Bunday minerallar odatda tabiiy kolloidlarning degidratatsiyasi va qayta kristallanishi tufayli vujudga keladi. Ularga limonit, xaltsedon, opal, kaolinit misol bo’laoladi.
Amorf minerallar, ya’ni tartibli ichki tuzilishga ega bo’lmaganlari ancha siyrak uchraydi va ularga ba’zi kvarts shishalari kiradi.



Yüklə 198,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin