22-mavzu. Ayrim kimyoviy elementlar geokimyosi.
Reja:
1. Temir, uglerod, azot, kalьtsiy, magniy va boshqa elementlar geokimyosi.
2. Nodir metallar (oltin, kumush,platinoidlar va b.lar) geokimyosi
3. Radioaktiv elemenlar (aktinoidlar va boshqalar) geokimyosi
4. Elementlarning genetik konlari va sanoatdagi ahamiyati.
Er po’sti og’irligining 70 foyizidan ortig’ini ikki element – kislorod va kremniy tashkil etadi. Kremniy tabiiy birikmalarda kislorodning to’rtta atomi bilan bog’langan (SiO4) bo’lib, bu kremnekislorodli tetraedr deyiladi (24-rasm). Kislorod boshqa strukturaviy turlarni ham hosil qiladi, ammo uning kremnekislorodli tetraedrlarda qatnashishi juda muhim hisoblanadi.
Kremnekislorodli tetraedrlar eng muhim jins hosil qiluvchi silikatlar va alyumo-silikatlar guruhidagi minerallar struktu-rasining asosini tashkil etadi. Kremne-kislorodli tetraedr-larning o’zaro bog’lanish tartibiga muvofiq silikatlar va alyumosi-likatlar orasida orolli, halqali, zanjirli, tasmali, varaqli va karkasli silikatlar ajratiladi.
25-rasm. Orolli, halqali va zanjirli
silikatlarning tuzilishi.
| Strukturasida kremnekislorodli tetraedrlar bir-biridan ajralgan silikatlar orolli yoki ortosilikatlar deyiladi. Strukturasida kremnekislorodli tetraedrlar halqa hosil qiluvchi sili-katlar halqali, zan-jir hosil qiluvchi-lari esa zanjirli silikatlar deyiladi (25-rasm).
Tasmali silikatlar strukturasida tetraedrlar ikkalangan zanjirlarni - tasmalarni hosil qiladi (26-rasm). Kremnekislorodli tetraedrlar cheksiz yassi to’rlarni hosil qilishi mumkin. Bunday silikatlar varaqli silikatlar deyiladi.
Varaqli silikatlar guruhidagi minerallar strukturasida tetraedrlarning cheksiz yassi to’rlari qatnashadi (27-rasm). Biotit va muskovit slyudalar guruhiga kiradi. Slyudalar esa varaqli silikatlar guruhini tashkil etadi. Biotitning formulasi: K(Mg, Fe)3[AlSi3O10](OH, CI, F)2, muskovitniki esa: KAl2[AlSi3O10][ON]2.
Dostları ilə paylaş: |