26-rasm. Tasmali silikatlarning ikkilangan zanjiri. Tarkibida temir bo’lganligi uchun biotit qora rangga ega, temirsiz muskovit esa kumush rangli. Talьk va serpentin magnezial varaqli silikat-larga kiradi. Talьkning formulasi: Mg3 [Si4O10](OH)2, serpentinniki esa: Mg6[Si4O10](OH8).
Xlorit ham ancha miqdorda temir va magniyga ega bo’lgan varaqli silikatdir. Uning formulasi (Mg,Fe)3(Si,Al)410(OH)2(Mg,Fe)3(OH)6. Gil minerallari ham varaqli silikatlarga kiradi.
Varaqli silikatlar strukturasida har bir kremnekislorodli tetraedr boshqa shunday tetraedrlar bilan bog’lanib, cheksiz yassi strukturani hosil qiladi (27-rasm). Muskovit strukturasi bitta tetraedrlar qatlami va uni har ikki tomonidan o’rab turuvchi oktaedrlar qatlamlaridan iborat.
27-rasm. Varaqli silikatlarning tuzilishi.
Ular orasida kovalent bog’lanish mavjud. 1 oktaed-lar va 2 ta tetraedrlar qatlamlaridan tashkil topgan paketlar o’zaro musbat zaryadlangan K+ ionlari bilan bog’langan. Bu bog’lanish ionli strukturadagi eng kuchsiz aloqa hisoblanadi. SHuning uchun ham deformatsiya vaqtida slyudalarning kristallari pichoq yoki tirnoqlar yordamida oson varaqchalarga ajraladi.
Karkasli silikatlar strukturasida har bir tetraedr to’rtta boshqa tetraerlar bilan bog’langan. Natijada kremnekislorodli tetraedrlar cheksiz uch o’lchamli karkas hosil qiladi.
Orolli silikatlarga bir qancha minerallar va mineral guruhlar kiradi. Ularning strukturasida kremnekislorodli tetraedrlar bir-biridan ajralgan. Granatlar va tsirkon orolli silikatlarga kiradi. Olivin va kainit ham orolli silikatlarga mansub. Olivinning formulasi (Mg,Fe)2SiO4, kainitniki esa Al2SiO5.
Minerallarning boshqa muhim sinflariga oksidlar, karbonatlar, sulьfidlar, sulьfatlar, fosfatlar va sof minerallar kiradi. Ularning strukturasi, silikatlarnikidan farqli o’laroq, atomlarning o’zgacha birikishi asosida tuzilgan. Karbonat-ion [(CO3)2-] karbonatlar guruhidagi struktura asosi hisoblanadi. Kalьtsit yer po’stida keng tarqalgan karbonatli mineral. Rodoxrozit (MnCO3) tabiatda juda kam uchraydi. Qizg’ish rangi ko’pchilik marganets minerallariga xos.
Oksidlar guruhidagi minerallar kislorod bilan bog’langan bir yoki bir qancha metallar ionlarining birikmasidan iborat. Korund (A1203), shpinel, rutil va magnetit shunday oksidli minerallardir. Korund va shpinelning toza shaffof kristallari qimmatbaho toshlar hisoblanadi. Magnetit va rutildan temir va titan olinadi.
Sulьfidlar oltingugurt bilan bog’langan metal ionlaridan tarkib topgan. Sulьfidlar guruhidagi minerallar sanoat uchun juda muhim hisoblanadi.
Sulьfatlar strukturasining asosi sulьfat-ion (SO42-) hisoblanadi.
Fosfatlar strukturasining asosini fosfat-ion (RO43-) tashkil etadi. Ularning orasida apatit [Ca5(PO4)3] keng tarqalgan mineral hisoblanadi. Odamning va ko’pchilik hayvonlarning tishlari apatitning mikroskopik kristallaridan tarkib topgan. Firuza (CuAl6[PO4]4[OH]85H2O) fosfatlar guruhidagi siyrak uchraydigan mineral.
Minerallar ulanishi, qattiqligi, rangi, chizig’ining rangi, shakli, magnitliligi, eruvchanligi va zichligi bo’yicha aniqlanadi.
Minerallarning tabiiy xossalari ularning kimyoviy tarkibi va minerallar strukturasidagi kimyoviy bog’lanishning turi bilan belgilanadi.