22-mavzu. Ayrim kimyoviy elementlar geokimyosi. Reja


Silikatli va alyumosilikatli minerallar



Yüklə 198,23 Kb.
səhifə3/15
tarix25.12.2023
ölçüsü198,23 Kb.
#195992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
22-mavzu. Ayrim kimyoviy elementlar geokimyosi.

4.2. Silikatli va alyumosilikatli minerallar

Silikatlar sinfiga litosferani tashkil etuvchi va son jihatdan eng ko’p bo’lgan minerallar kiradi. Ularning umumiy soni 800 taga yaqin bo’lib, yer po’sti massasining 90 % ga yaqinini tashkil etadi. Silikatlar ko’pchilik tog’ jinslari, ayniqsa magmatik va metamorfik jinslarni hosil qiluvchi asosiy minerallar hisoblanadi.


Silikatli minerallar orasida eng ko’p tarqalganlari avgit, aktinolit, andaluzit, berill, bronzit, vezuvian, vollastonit, gedenbergit, gipersten, diopsid, dioptaz, jadeit, kaolinit, kianit (disten), kordierit, lazurit, leytsit, montmorillonit, nefelin, olivin, pirofillit, dala shpatlari, rogovaya obmanka, rodonit, serpentin, sillimanit, sodalit, spodumen, stavrolit, talьk, titanit (sfen), topaz, tremolit, turmalin, xlorit, xrizokolla, tseolitlar, tsirkon, tsoizit, egirin va boshqalar hisoblanadi.
Silikatlar tarkibida asosiy elementlardan biri kremniy sanaladi. Silikatlar strukturasida har bir kremniy ioni Si4+ atrofida kislorodning O2- to’rtta ioni joylashgan bo’ladi. Bu kremnekislorodli anionli guruhning [Si04]4+ fazoviy joylashishi markazida Si4+, uchlarida esa 02- joylashgan tetraedr deb faraz qilinishi mumkin.
Aynan shu kremnekislorodli tetraedr barcha silikatlar strukturasi uchun asos sanaladi. Kremnekislorodli tetraedrlar si­likatlar strukturasida bir-biridan alohida joylashgan yoki kislorodning umumiy ioni orqali bir-biri bilan uchlari orqali tutashgan bo’lishi mumkin. SHu tariqa oddiy va ancha murakkab bo’lgan karkasli, orolli, zanjirli va varaqli strukturalar vujudga keladi.
Karkas strukturali alyumosilikatlar [Si3A108] yoki [Si2Al208] turdagi murakkab umumiy radikalga ega bo’lgan alyumo- va kremnekislorodli tetraedrlarning uch o’lchamli uzluksiz karkasidan iborat bo’ladi. Tetraedrlardagi kislorodning barcha atomlari umumiy bo’lgan karkas strukturasi asos hisoblanadi va karkas faqat kremnekislorodli tetraedrlardan tuzilgan holda u kvarts karkasi sifatida neytral bo’ladi. Alyumosilikatlarda karkas strukturalarining borligi va turli-tumanligi ularda alyumokislorodli tetraedrlarning mavjudligi bilan bog’liq bo’lib, bunda ortiqcha manfiy zaryad turli kationlar bilan kompensatsiyalangan bo’ladi.
Tashqi sharoitlarda beqaror bo’lgan karkasli alyumosilikatlar parchalanadi, gidratatsiyalanadi va natijada slyudalar, gidroslyudalar va gilli minerallar vujudga keladi. Ular tarkibi bo’yicha uch guruhga: dala shpatlari, felьdshpatidlar va tseolitlarga bo’linishi mumkin.
Dala shpatlari eng ko’p tarqalgan jins hosil qiluvchi minerallar hisoblanadi. Ular yer po’sti massasining 50 % dan ortiqrog’ini tashkil etadi. Dala shpatlari ko’pchilik magmatik va metamorfik jinslarning asosiy tarkibiy qismidir. Dala shpatlari keng izomorf qatorlarni: Na[AlSi308] - K[AlSi308] - Ca[Al2Si308] hosil qiladi, odatda tarkibida Sr2+, Va2+ ga ega bo’ladi. Tarkibi bo’yicha dala shpatlari ikkita katta guruhga: kaliy-natriyli dala shpatlari (KDSH) yoki oddiy kaliyli dala shpatlari, va natriy-kalьtsiyli dala shpatlari yoki plagoklazlarga bo’linadi.
Barcha dala shpatlarining xossalari o’zaro juda yaqin. Ular yaxshi shakllangan prizmasimon kristallar sifatida turli donali kristalli agregatlarni tashkil etadi. Ko’pchiligining rangi oq. Dala shpatlari ikki yo’nalishda, biri mukammal va ikkinchisi o’rtacha ulanishga ega. Qattiqligi 5-6 orasida o’zgaradi.
Kaliyli dala shpatlari K-Na izomorf seriyadagi dala shpatlarining sezilarli darajada tarqalgan vakillari hisoblanadi. Ularning tarkibini umumiy shaklda (K,Na)[AlSi308] orqali ifodalash mumkin.

Yüklə 198,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin