Tasmali silikatlar va alyumosilikatlar (amfibollar). Amfibollar guruhidagi silikatlar tasmali silikatlarga kiradi. Nomi yunoncha amfibolos – ikki ma’noli, noaniq so’zidan kelib chiqqan, murakkab o’zgaruvchi tarkibli va boshqa to’q rangli minerallar, ayniqsa piroksenga o’xshashligi tufayli shunday nomlangan. Amfibol kristallari ko’ndalang kesimda psevdogeksagonal shakldagi ignasimon ko’rinishga ega. Ba’zan qisqa ustunsimon kristallari uchraydi. Rangi to’q yashildan qoragacha. Amfibollar prizma bo’yicha mukammal ulanishga ega.
Amfibollarning orasida tremolit va aktinolit keng tarqalgan. Tremolitning formulasi: Ca2Mg5 [Si4O11]2 [ON]2, aktinolit unga o’xshagan tarkibga ega: Sa (Mg, Fe)5 [Si4O11]2 [0H]2, ammo uning strukturasida temir bor va magniyning miqdori birmuncha past. SHuning uchun ham aktinolit tremolitga nisbatan qoramtirroq bo’ladi.
Kelib chiqishi bo’yicha amfibollar ko’p hollarda magmatik va metamorfik hisoblanadi.
Er po’stida amfibollarning ulushi 8 % ga boradi. Ammo ularning amaliy ahamiyati yuqori emas. Asosan issiq, kislota va ishqorbardosh material sifatida ishlatiladi. Ba’zi xillari (nefrit) bezak toshi sifatida foydalaniladi.
Gil minerallari orasida paligorskit tasmali silikatlarga mansub.
Kelib chiqishi. Otqindi tog’ jinslarida uchraydigan tremolit barcha boshqa amfibollar singari tipik epimagmatik, nisbatan past haroratli mineral sanaladi. Aktinolit barcha boshqa amfibollar singari nisbatan past haroratlarda barqaror. Ko’p hollarda uncha katta bo’lmagan chuqurliklarda hosil bo’lgan kristalli slanetslarda uchraydi.
Qo’llanilishi. Amaliy ahamiyatga egamas.
4.3. Oksidlar va gidrooksidlar
Oksidlar va gidroksidlar sinfiga metallar va yarimmetallarning kislorod, gidrooksil guruh yoki suv bilan birikmalaridan shakllangan minerallar kiradi. Bunday birikmalarni 30 ga yaqin kimyoviy elementlar hosil qilishi mumkin. Ular tabiatda juda keng tarqalgan va litosferaning tuzilishida katta ahamiyatga ega. Oksidlar va gidroksidlar sinfidagi 200 ga yaqin minerallar ma’lum. Ular litosferaning 5 % va yer po’stining 17 % ni tashkil etadi. Kremniy oksidlari Si02 eng keng tarqalgan. Temir oksidlari va gidrooksidlari keyingi o’rinlarda turadi.
Oksidlar va gidrooksidlarning tabiatda keng tarqalgan minerallari kvarts, anataz, braunit, volьframit, gausmanit, gematit, getit, gibbsit, diaspor, ilьmenit, kassiterit, kvarts, korund, kuprit, limonit, magnetit, manganit, opal, pirolyuzit, psilomelan, rutil, xrizoberill, xromit, tsinkit va boshqalar hisoblanadi.
Ta’riflanayotgan sinfdagi deyarli barcha minerallar kristalli strukturaga ega, ammo amorf birikmalari ham mavjud. Kimyoviy tomondan ko’rilayotgan minerallar oddiy va murakkab oksidlarga bo’linadi. Oddiy oksidlar uchun izomorfizm kam xarakterli, ulardagi qo’shimchalar miqdori odatda 1 % dan oshmaydi. Murakkab oksidlarda izomorf o’rin almashish ancha keng tarqalgan.
Oksidlar va gidroksidlarning aksariyat qismi yer po’stining eng ustki qismida kechadigan ekzogen jarayonlarda atmosferadagi erkin kislorod ishtirokida hosil bo’ladi. Ammo ular endogen sharoitlarda magmatik, gidrotermal va metamorfik yo’llar orqali ham hosil bo’lishi mumkin, masalan, gidrogyotit va opal singari.
Bu sinfdagi eng ko’p tarqalgan mineral bo’lib kvarts sanaladi. Uning kristall panjarasini asosini karkas turkumidagi mustahkam kremnekislorodli tetraedrlar tashkil etadi. SHu xususiyati bo’yicha uni silikatlar guruhiga ham kiritish mumkin.
Kvarts ko’pincha yaqqol tomonlarga ega bo’lgan psevdogeksagonal kristallarni hosil qiladi. Toza kvarts rangsiz va shaffof mineral. Bunday kvarts tog’ billuri deyiladi. Kam miqdordagi qo’shimchalar kvartsga turli ranglar berishi mumkin. Sariq rang (tsitrin) ozroq temir qo’shimchasi bilan bog’liq. Ametistning binafsha rangi ham temir qo’shimchasi vujudga keladi. Pushti kvarts titan ko’shimchasiga ega. Tutunsimon kvartsning qoramtir rangi alyuminiy yoki kristalldagi defektli struktura bilan bog’liq. Eng keng tarqalgan kulrang yoki sut rangli kvarts flyuid qo’shimchalariga (suyuqlik va gazlar bilan to’lgan bo’shliqlar) ega.
Kvarts strukturasida kremnekislorodli tetraedrlar mustahkam kovalent bog’lanishga ega va cheksiz uch o’lchamli karkas hosil qiladi. Kvartsning kimyoviy aloqalari barcha yo’nalishlarda bir xil mustahkam. SHuning uchun ham kvartsda ulanish yo’q. Zarba ta’sirida kvarts hech bir qonuniyatsiz turli yo’nalishlarda parchalanib ketadi. Kvartsning sinish yuzasi shishaning sinishini eslatadi. Bunday sinish turi chig’anoqsimon sinish deyiladi.
Oksidlar va gidrooksidlar orasida temir, marganets va alyuminiy birikmalari ko’p uchraydi. Temir birikmalari gematit, magnetit, getit, gidrogetit, limonit, marganets birikmalari pselomelan, pirolyuzit va manganit, alyuminiy birikmalari esa gidraargillit, byomit va diaspor kabi minerallardan iborat.
Dostları ilə paylaş: |