Filtrlar 8-amaliy mashgʻulot



Yüklə 171,64 Kb.
səhifə1/3
tarix17.02.2023
ölçüsü171,64 Kb.
#84689
  1   2   3
Filtrlar


Filtrlar
8-amaliy mashgʻulot
Filtrlash (lotincha soʻz - filtrum) deb bir xillik boʻlmagan sistemalarni gʻovakli toʻsiqlar yordamida ajratib olishga aytiladi. Filtrlash jarayonida suyuqliklardan koʻp fazali changlar aralashmalarini ajratish mumkin. Ushbu apparatlarda changli gazni tozalash jarayoni tozalanuvchi gazni gʻovaksimon materialdan oʻtkazish va bunda gaz oʻtib ketib, uning tarkibidagi chang zarralari esa materialda ushlanib qolinishiga asoslangandir. Filtr materiallari turli strukturaga ega boʻlib, ular asosan quyidagi turlariga boʻlinadi:
1) Gʻovaksimon egiluvchan toʻsiqlar:
- tabiiy, sintetik yoki mineral tolalardan toʻqilgan matolar; toʻqilmagan tolali materialdan tayyorlangan - kigizlar, qogʻozlar, kartonlar, tolali bordonlar, tolali oʻramlar; sergʻovak listlar – gʻalvirak rezina, penopoliuretan, membranali filtrlar.
2) Yarim qattiq gʻovaksimon toʻsiqlar:
- tayanch moslamalarga yoki ikki tayanch orasiga qisilgan tolalar, qirindilar qatlami, toʻqilgan setkalar.
Z) Qattiq gʻovaksimon toʻsiqlar:
- donasimon materiallar – keramika, plastmassa, preslangan yoki yaxlitlangan metall kukunlari, gʻovaksimon shishalar yoki plastmassalar, uglegrafit materiallari va shu kabilar; tolasimon materiallar - metall va shisha tolalardan shakllangan qatlamlar, metall setkalar, teshilgan listlar.
Gazlarni tozalash jarayonida chang zarralari filtr materialiga yaqinlashadi va u bilan toʻqnashadi. Shunda chang zarralari materialning gʻovakliklarida ushlanib qoladi, gaz esa oʻtib ketadi. Tozalash jarayoni davomida zarralar qatlami qalinlashib boradi va qalinlashgan zarralar qatlamining oʻzi ham filtrlash jarayoniga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Qatlam qalinlashgan sari filtrning qarshiligi ortib boradi, ya’ni havoning oʻtishi qiyinlashadi. Buning natijasida filtrning gʻovakligi kamayib, uning qarshiligi ortib boradi. Shunda uni almashtirish yoki regeneratsiya qilish lozim boʻladi.
Filtrlar qaysi maqsadda ishlatilishiga, hamda gazlarni chiqish va kirish konsentratsiyalariga qarab, ular shartli ravishda 3 sinfga boʻlinadi:
1. Chuqur tozalovchi filtrlar (yuqori samaradorli yoki absolyut filtrlar), ularning tozalash darajasi 99% ni tashkil etadi. Tozalanuvchi gaz konsentratsiyasi - 1mg/m2 dan yuqori boʻlmasligi lozim. Bunday filtrlar ishlab chiqarishda ajralib chiquvchi oʻta zaharli zarralarni tozalashda ishlatiladi, shuning uchun filtrlar ishlatilgandan soʻng regeneratsiya (qayta tiklanmaydi) qilinmaydi.
2. Havo filtrlari - ventilyatsiya (shamollatish) va sovitish tizimlarida qoʻllanadi. Filtrlash jarayoni gaz tezligi yuqori - 2,5 - 3 m/sek va tozalanuvchi gaz konsentratsiyasi - 50 mg/m3 gacha boʻlganda qoʻllaniladi. Filtrlar ishlatilgandan soʻng regeneratsiya qilinishi yoki qilinmasligi mumkin.
3. Sanoat filtrlari – sanoatda koʻplab ajraluvchi changli gazlarni tozalashda va changlarni konsentratsiyasi - 60 g/m3 gacha boʻlganda ishlatiladi. Filtrlar ishlatilgandan keyin regeneratsiya qilinadi.
Matoli filtrlar. Sanoatda bunday filtrlar keng tarqalgan. Keyingi paytda yuqori haroratga va agressiv muhitga chidamli matolarni yaratilishi bunday filtrlarni ishlatish imkonini oshirmoqda. Eng koʻp ishlatiladigan filtrlarga yengsimon filtrlar kiradi. Ushbu filtr korpusi metall shkaf koʻrinishida ishlangan boʻlib, ichki qismi vertikal toʻsiqlar bilan ajratilgan seksiyalardan iborat. Har bir seksiyada yengsimon filtrlar majmuasi joylashtirilgan. Filtrlarning yuqori qismi qisilgan boʻlib, maxsus ramaga osilgan. Rama silkituvchi mexanizmga ulangan. Yengsimon filtrning pastki qismida chang yigʻish bunkeri joylashtirilgan. Filtrlarda changni toʻplanishiga qarab silkitish navbatma navbat har bir seksiyada alohida oʻtkaziladi. Ajralgan changlar bunkerning pastki qismidan shnek yordamida chiqarib yuboriladi.




Yüklə 171,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin