Kelib chiqishi. Ko’pchilik sulьfidlar gidrotermal genezisga ega. Ba’zilari bevosita magmadan kristallinishi mumkin. Ularning bir qismi ekzogen jarayonlar tufayli, masalan, ma’danli konlarning oksidlanish zonasida hamda cho’kindi yo’llar bilan vujudga keladi. Gidrotermal yo’l bilan ham hosil bo’ladi. Ularning miqdori ko’p emas, yer po’sti tarkibining 0,15 % yaqinini tashkil etadi, xolos. Eng keng tarqalgan sulьfidlar temir (pirit - FeS2), mis (xalьkopirit - CuFeS2), qo’rg’oshin (galenit - PbS), rux (sfalerit - ZnS) minerallari va boshqalardir.
Qo’llanilishi. Sulьfat kislota ishlab chiqarishda ishlatiladi va metallar ajratib olishda muhim ma’danlar hisoblanadi.
4.5. Sulьfatli minerallar
Sulьfatlar guruhidagi minerallar orasida angidrit, anglezit, barit, volьframit, gips, molibdenit, tselestin, sheelit muhim ahamiyatga ega.
Sulьfatlar - sulьfat kislota tuzi bo’lib, yer yuzasi sharoitlarida hosil bo’ladi. Bu sinfdagi minerallar orasida yer po’stida yetarli darajada barqaror bo’lganlari kam. Sulьfatlarning asosiy strukturasi bo’lib tetraedrik anionli guruh hisoblanadi, turli kationlar, suv molekulasi va b. yordamida bir-biri bilan birikib, turli: orolli, karkasli, zanjirli, qatlamli strukturalarni hosil qiladi. Sulьfatlar qattiq va mustahkam emas, ular mukammal ulanishi, och tusi bilan xarakterlanadi.
Angidrit yaxlit donali massalar holida uchraydi va moviysimon-oq rangga, shishasimon yaltiroqlikka, uncha yuqori bo’lmagan qattiqlikka (3-3,5), zichlikka (3 ga yaqin), mukammal ulanishga va varaqsimon sinishga ega bo’lgan kristalli mineral sanaladi. Tabiiy sharoitlarda suv yutib, gipsga oson aylanadi va hajmini oshiradi (30% gacha). SHu nomdagi jinslarda tog’ jinsini hosil qiluvchi komponent sanaladi.
Kelib chiqishi. Barit gidrotermal konlarda ancha ko’p uchraydi. CHo’kindi jinslarda kamroq miqdorda, asosan konkretsiyalar shaklida tarqalgan. Angidrit va gips evaporit havzalarida kimyoviy cho’kish yo’li bilan hosil bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |