4.7. Galogen minerallar
Galogenidlarga galit, karnallit, kriolit, silьvin, flyuorit va boshqalar kiradi.
Galogenidlar sinfida galogenvodorodli kislotalar: HF, HC1, NVr tuzi sifatidagi taxminan 100 ta mineral mavjud. Ularning orasida eng keng tarqalganlari galit NaCl, silьvin KS1 va flyuorit CaF2 hisoblanadi. Jins hosil qiluvchi minerallar sifatida galogenidlar uncha katta ahamiyatga egamas, ammo ulardan kimyo va oziq-ovqat sanoatida, qishloq xo’jaligida, metallurgiyada (flyuslar) xom ashyo sifatida keng foydalaniladi.
Kelib chiqishi. Asosan ko’llar va dengiz lagunalarida cho’kindi xemogen yo’llar bilan hosil bo’ladi. Kamroq sho’rlangan hududlardagi tuproqlarda vujudga kelishi mumkin. Ba’zan vulkan faoliyatida bug’lardan cho’kish tufayli shakllanadi.
Qo’llanilishi - oziq-ovqat va kimyo sanoatida hamda natriy metali va natriy bilan qoplangan qotishmalar olishda foydalaniladi. Tuzli g’orlar va eski tog’ lahimlaridan davolash maqsadlarida foydalaniladi.
4.7. Sof minerallar
Sof elementlar sinfiga kiruvchi minerallar bir xil yoki tuzilishi va xossalari bo’yicha bir-biriga yaqin bo’lgan kimyoviy elementlarning atomlaridan iborat. Hozirgacha tabiatda sof holda uchrovchi minerallarning 30 dan ortiq turi ma’lum. Minerallarni hosil qiluvchi sof elementlar metallar, polumetallar va metallmaslar bo’lishi mumkin.
Sof elementlarga olmos, vismut, grafit, oltin, mis, margimush, platina, oltingugurt va kumush kiradi.
Sof holda uchrash asl metallar hamda mis uchun xosdir. Meteoritli sof temir va uning nikel va kobalьt bilan qotishmasi (temir va temir-toshli meteoritlar) ma’lum. Sof metallar toza holda ancha kam uchraydi. Ularni tabiiy yo’llar bilan kelib chiqqan qotishmalar deb qarash mumkin. Metallmas turlari orasida oltingugurt va uglerod ko’p uchraydi. Kam hollarda polumetallar - margimush, surьma, vismut kuzatiladi.
Sof elementlar uchun polimorfizm xarakterli bo’ladi. Masalan, uglerod grafit va olmos sifatida namoyon bo’lishi mumkin. Oltingugurt ham ikki modifikatsiyaga ega.
Dostları ilə paylaş: |