22-mavzu. Ayrim kimyoviy elementlar geokimyosi. Reja



Yüklə 198,23 Kb.
səhifə10/15
tarix25.12.2023
ölçüsü198,23 Kb.
#195992
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
22-mavzu. Ayrim kimyoviy elementlar geokimyosi.

Amaliy ahamiyati. Angidrit, gips, barit va mirabilit qurilish maqsadlarida foydalaniladi.
Barit burg’ilashda og’irlashtiruvchi sifatida, pirotexnikada turli tuzlar va preparatlar tayyorlashda, charm sanoatida, shakar ishlab chiqarishda, fotoqog’oz tayyorlashda xom ashyo sanaladi.
Angidrit va gips qurilish ishlarida biriktiruvchi material (tsement); qishloq xo’jaligida o’g’it sifatida ishlatiladi.


4.6. Karbonatli minerallar

Karbonatlar orasida azurit, ankerit, aragonit, dolomit, kalь­tsit, magnezit, malaxit, rodoxrozit, siderit, smitsonit, tserussit keng tarqalgan.


Karbonatlar karbon kislotasining tuzlari hisoblanadi, cho’kindi va metamorfik jinslarda jins hosil qiluvchi mineral sifatida keng tarqalgan. Karbonatlar kristall strukturasining asosi bo’lib yassi kompleks anionlar xizmat qiladi va ular bir-biri bilan bog’lanib zanjirli, qatlamli yoki karkasli strukturalar hosil qilishi mumkin (28-rasm). Ularning kristall panjaralarida mineralning erishi vaqtida ham parchalanmaydigan mustaqil elementlar qatnashadi. Eng ko’p tarqalgani kalьtsit, magnezit, dolomit, natrit hisoblanadi.

2 8-rasm. Kabonat-ionning tuzilishi.
Kelib chiqishi. CHo’kindi, biogen va xemogen; gidro-termal - tomirlarda; magmatik - karbonatitlarda va kontakt-metamorfik - skarnlarda hosil bo’ladi. Malaxit oksidlangan mis ma’danlarida eng keng tarqalgan mineral hisobla-nadi va faqat mis sulьfidi konlarining oksidlanish zonasida, ayniqsa, ohaktosh-larda to’plangan yoki birlamchi ma’danlar karbonatlarga boy bo’lgan joylarda uchraydi. Malaxit odatda azurit, kuprit, sof mis bo’yicha psevdomorfoza hosil qiladi.
Qo’llanilishi - qurilish toshlari, ohak, tsement ishlab chiqarishda xom ashyo; metamorfik o’zgargan ohaktoshlar - marmarlar - juda ajayib qoplama material hisoblanadi; metallurgiya sanoatida flyus sifatida; kimyo sanoatida soda ishlab chiqarishda; island shpati esa optik asboblarda foydalaniladi.
Malaxitning zich oqma turlaridan turli bezak buyumlar tayyorlanadi. Malaxitning mayda burdalaridan yashil bo’yoq ishlab chiqariladi.



Yüklə 198,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin