22-mavzu. Ayrim kimyoviy elementlar geokimyosi. Reja



Yüklə 198,23 Kb.
səhifə8/15
tarix25.12.2023
ölçüsü198,23 Kb.
#195992
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
22-mavzu. Ayrim kimyoviy elementlar geokimyosi.

Kelib chiqishi. Temir oksidlari gidrotermal, kontakt-meta­morfik, skarnli, metamorfogen va ekzogen yo’llar bilan hosil bo’ladi. Marganets oksidlari cho’kindi konlarda oolitlar va yaxlit yirik massalar shaklida kuzatiladi.
Alyuminiy oksidlari alyumosilikatlarning parchalanishidan va gidrolizidan, qisman gidrotermal jarayonlarda (nisbatan past haroratlarda) hosil bo’ladi, ammo asosan ekzogen jarayonlarda tropik va subtropik mamlakatlarda tub jinslarning nurashi tufayli vujudga keladi.
Qo’llanilishi. Oksidlar va gidrooksidlar qora, rangli va nodir metalli konlarning ma’danlarini tashkil etadi, ko’pchilik nometalli foydali qazilmalarni hosil qiladi hamda qimmatbaho va taqinchoq toshlar sifatida sezilarli rol o’ynaydi.
Temir oksidlari muhim temir ma’dani sifatida va bo’yoq tayyorlashda ishlatiladi.
Pirolyuzit-psilomelanli ma’danlar bilan bir qatorda po’lat eritishda ferromarganets va temirning boshqa qotishmalarini olish uchun muhim xom ashyo hisoblanadi.
Alyuminiy oksidlari eng yengil metal - alyuminiy eritib olinadigan glinozyomning manbai sanaladi. Bu maqsadlar uchun kremnezyom miqdori 10-5% dan ko’p bo’lmagan boksitlardan foydalaniladi. Korund va najdak abraziv material sifatida foydalaniladi. Qimmatbaho xillari zargarlikda, kvant elektronikasida, soatsozlikda va asbobsozlikda foydalaniladi.


4.4. Sulьfidli minerallar

Sulьfidlar sinfiga metallarning oltingugurtli birikmalari kiradi va ular alohida amaliy ahamiyatga ega. Aynan ular rangli minerallarning ma’dan hosil qiluvchisi hisoblanadi va ko’p hollarda o’zida oltin tutuvchi sifatida qaraladi.


Sulьfidlar shu sinfdagi barcha minerallar uchun xarakterli bo’lgan muayyan tabiiy xossalarga egadir. Ular odatda mayda va yirik kristalli zich yaxlit massalarni hosil qiladi, tomirchalar, uyachalar yoki alohida kristallar shaklida uchrashi mumkin. Odatda chizig’ining rangi qoramtir yoki qora, metalsimon yaltiroq bo’ladi, yuqori elektr o’tkazuvchan. Sulьfidlarning asosiy qismi yuqori zichligi (8,5 g/sm3 gacha) bilan xarakterlanadi.
Sulьfidlarlar sinfiga antimonit, argentit, arsenopirit, auripigment, bornit, galenit, kinovar, kobalьtin, kovellin, markazit, molibdenit, nikelin, pirit, pirrotin, realьgar, stannin, sfalerit, xalьkozin, xalьkopirit va boshqa minerallar kiradi.

Yüklə 198,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin