Zanjirlisilikatlar.Bunday minerallar ko’p marta takrorlanuvchi, bir-birlari bilan uzluksiz zanjirlar yoki tasmalar shaklida tutashgan tetraedrlardan tarkib topgan bo’lib, ularning orasida: a) [Si206]4radikalli zanjirli silikatlar; b) [Si4010]6 radikalli tasmasimon silikatlar ajratiladi. Ba’zi tasmali silikatlarda Si4+ A13+ bilan o’rin almashgan bo’lib, unda alyumosilikatli radikallar [(Si,Al)4010]6 hosil bo’lgan turlari ajratiladi.
Piroksenlar guruhidagi minerallar eng keng tarqalgan zanjirli silikatlar hisoblanadi. Piroksenlar odatda qisqa prizmatik kristallarni hosil qiladi.
Minerallar strukturasida kompensatsiyalanmagan elektr zaryadi bo’lishi mumkin emas. SHuning uchun ham tetraedrlarning zanjirlari va tasmalari qatorida mineral strukturasiga boshqa kationlar ham kiradi. Bu kationlar kremnekislorodli tetraedrlarning manfiy zaryadlarini neytrallaydi va mustahkam ion bog’lanish hisobiga kremnekislorodli tetraedrlarni zanjirli yoki tasmali umumiy strukturaga biriktiradi.
Piroksenlar guruhiga kiruvchi yana bir mineral diopsid hisoblanadi. Uning formulasi CaMgSi2O6. Diopsid strukturasida temir atomi yo’q. SHuning uchun ham u och tusli. Ko’pchilik minerallarning rangi temirning mavjudligi bilan belgilanadi. Temirga boy bo’lgan minerallar qora rangli bo’ladi.
Piroksenlar guruhidagi gedenbergit to’q yashil rangga ega. To’q rang temirning mavjudligi bilan bog’liq CaFeSi2O6.
Zanjirli silikatlarda har bir tetraedr boshqa ikkitasi bilan kislorodning umumiy atomi orqali bog’langan.
Kelib chiqishi.Ular asosan olivin va piroksenlarning gidrotermal o’zgarishi tufayli vujudga keladi, o’taasosli jinslarning nurash qobiqlarida hosil bo’lishi mumkin.
Qo’llanilishi - issiqlik va kislotabardosh materiallar ishlab chiqarishda; ziynat toshi sifatida foydalaniladi.
Asbestning eng qimmatli navi tolalarining uzunligi 8 mm dan ortiq bo’lganlari sanaladi va u yonmaydigan gazlamalar, avtomobillar uchun tormoz tasmalari, asbestorezinali buyumlar va boshqalar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Asbestotsement buyumlar, issiqlik saqlovchi quvurlar, panellar va h.k. tayyorlashda tolalarining uzunligi 2-8 mm bo’lgan asbest qo’llaniladi. Mayda asbestli tolalar teploizolyatsiya qoplamalari, olovbardosh bo’yoqlar, shtukaturka eritmalari va boshqalar olishda foydalaniladi.
Talьk meditsinada (sepki dori, pastalar); kosmetikada (pudralar, pomada, grim); qog’oz, to’qimachilik, rezina sanoatlarida xom ashyo sifatida foydalaniladi. Undan olovbardosh va yorug’likka chidamli bo’yoqlar ishlab chiqariladi.