Silikatlar
Silikatlar
(lot. silex chaqmoqtosh) —
silikat kislotalarning tuzlaridan iborat
murakkab moddalar. Kristallar shaklidagi
silikatlar tabiiy birikmalar ichida juda koʻp
uchraydi. Tabiiy silikatlar ning kimyoviy
tarkibi va tuzili shi juda murakkab
boʻlganligidan ularni faqat rentgen analizi
yordamida oʻrganish mumkin.
Silikatlarning struktura nazariyasiga
koʻra, barcha kristall shakldagi Silikatlar
asosini [SiOJ4~ tarkibli tetraedrlar tashkil
qiladi. Tetraedrning markazida Si4+ ioni
boʻlib, uni 4 ta kislorod ioni qurshab
olgan. Silikatlar tabiatda turli sharoitlarda
hosil boʻlishi mumkin. Silikatlar otqindi va
metamorfik togʻ jinslarni tashkil etuvchi
minerallardir; baʼzi Silikatlar (mas, gillar,
seolitlar) nurash natijasida hosil boʻladi.
Silikatlarning xossalari ularni tashkil
etuvchi tetraedrlarning xiliga, tarkibida
suv boryoʻkligiga va boshqa omillarga
bogʻliq. Koʻpchilik Silikatlar kimyoviy
jixatdan barqaror; ular kislotalar taʼsiriga
chidamli. Ularning rangi tarkibidagi
kationlar tabiatiga boglik,. Silikatlarning
qattiqligi Mos shkalasi boʻyicha 4 dan 7
gacha, zichligi 2—4 g/sm³. Silikatlarda
izomorfizm xrdisasi keng tarqalgan;
shunga kura, turli Silikatlar oʻzaro izomorf
aralashmalar (maye andaluzit, sillimanit,
kianit va b) hosil qiladi. Silikatlar tabiatda
keng tarqalgan boʻlib, Yer pusti
massasining 3/4 qismini tashkil etadi.
Barcha maʼlum minerallarning taxminan
1/3 qismi Silikatlardir. Silikatlarning
sanoat miqyosidagi ahamiyati katta.
Ularning baʼzilari xom ashyo, ruda
(nikelning silikatli rudalari, berilliy, litiy
Silikatlar va h.k.), baʼzilari nometall
foydali qazilma (mas, slyuda, talk, gil,
dala shpatlari, asbest) va qurilish
materiali (granit, bazalt va boshqalar),
qimmatbaho va ziynat toshlari (zumrad,
topaz, granat, berill va boshqalar) sifatida
ishlatiladi. Silikatlar parchalanishi
natijasida kvars (qum) SiO2 hosil boʻladi;
alyumosilikatlar parchalanganida esa,
kum va kaolin H4Al2Si20 hosil buladi.
Tabiiy Silikatlar bilan bir qatorda sunʼiy
Silikatlarning ham ahamiyati juda katta.
Tabiatdagi deyarli barcha silikatlar,
shuningdek, tabiatda uchramaydigan yoki
kam uchraydigan Silikatlar sunʼiy usulda
olingan. Sunʼiy Silikatlar tarkibi va tuzilishi
jihatdan maʼlum darajada bir xil
boʻlganligi uchun ularning xossalarini
oʻrganish osonroq. Sunʼiy Silikatlar dan,
ayniqsa, shisha, sement, keramika, sir,
olovbardosh materiallar va boshqalarning
ahamiyati muhim.
Komil Tojiyev.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Silikatlar&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
Bu sahifa oxirgi marta 11-May 2023, 00:52 da
tahrir qilingan.
•
Matndan
CC BY-SA 4.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Silikatlar&oldid=3694890
"
dan olindi
Dostları ilə paylaş: |