Mavzu: Tabiiy nometall materiallar Reja: Kirish. Asosiy qism: I. Nometall materiallar haqida tushuncha. II. Tabiiy nometall materiallar. III. Nometall materiallar, tabiiy nometall materiallar qo'llanilishi



Yüklə 57,09 Kb.
səhifə1/3
tarix22.12.2023
ölçüsü57,09 Kb.
#190328
  1   2   3
Tabiiy nometall. materiallar


Mavzu: Tabiiy nometall. materiallar
Reja:
Kirish.
Asosiy qism: I.Nometall materiallar haqida tushuncha.
II. Tabiiy nometall materiallar.
III. Nometall materiallar, tabiiy nometall materiallar qo'llanilishi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.


Kirish
Mashinasozlikda qoʻllaniladigan nometall materiallar va ular asosidagi asosiy fizik-mexanik, texnologik xossalarini hamda ularni ishlab chiqarish uchun xomashyo turlari, sifatlari, ularga qo'yiladigan talablar, qotishmalarni termik va kimyoviy-termik ishlashning, quyish ishi, bosim bilan ishlash, kesib ishlash va payvandlashning nazariy asosidir. Nometall materiallar haqida umumiy tushunchaga ega bo'lmay turib, xilma-xil xossali qotishmalar hosil qilish, bu qotishma- lardan tayyorlangan detal, asbob va boshqalarning xossalarini M00 tomonga oʻzgartirish mumkin bo'lmaydi.
Mashinasozlik va boshqa sohalarda qoʻllaniladigan metallshu- noslik faniga XIX asrning ikkinchi yarmidagina asos solindi. Bu fan shunchalik yosh bo'lishiga qaramay, hozirgi vaqtda keng taraqqiy etmoqda. Metallshunoslik fanini taraqqiy ettirishda rus olimlarining xizmati nihoyatda buyukdir. Ulug' rus olimi M. V. Lomonosov (1711-1765) metallarning oʻziga xos xususiyatlarini (yaltiroqlik va plastiklik xossalarini) jahonda birinchi bo'lib tavsiflab berdi va talab etilgan xossali qotishmalar hosil qilish yo'lini ko'rsatdi. Metallarning xossalari ularning atom-kristall tuzilishiga qarab o'zgaradi, element- larning D. I. Mendeleev (1834-1907) kashf etgan davriy sistemasi ana shu qonuniyat sabablarini izohlashga imkon berdi. D. I.
Mendeleev o'z asarlarida eritmalar va metall qotishmalari hosil qilish masalasiga katta e'tibor berdi. Rus olimi ye. S. Fyodorov (1853-1919) kristal- larda ion, atom va molekulalarning joylanish qonunlarini topdi. Rus olimi P.P.Anosov (1797-1871) poʻlat strukturasini o'rganish uchun mikroskopdan jahonda birinchi boʻlib foydalandi.
Mashinasozlikda qo'llaniladigan metallshunoslikning ilmiy asoslarini ulug' rus olimi D. K. Chernov (1839-1921) yaratdi. D.K.Chernov poʻlatning xossalari uning kimyoviy tarkibigagina emas, balki tuzilishiga ham bog'liq ekanligini ko'rsatdi. U kritik nuqtalar vaziyatining po'lat tarkibidagi uglerod miqdoriga bog'liq ekanligini aniqlab, temir-uglerod qotishmalari holat diagrammasini tuzish uchun asos yaratib berdi. Temir-uglerod diagrammasi bir qator olimlar: R.Austen, F.Osmond, A. Le-Sha-tele va boshqalarning ishlariga asos- lanib, XIX asrning oxirida tuzib chiqildi. Rus olimi N.S.Kurnakov (1860-1941) metallarning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va fizikaviy xossalari orasida bog'lanish borligini topdi va jahonda birinchi bo'lib, tarkib xossa diagrammalarini tuzdi. Uning kotishmalar nazariyasiga oid ishlari ham katta ahamiyatga egadir. Rus olimlaridan A. A.Baykov (1870- 1946) po'latgina emas, balki ba'zi rangdor metallarning qotish- malari ham toblanishi mumkinligini anikladi. U austenit (uglerodning y-temirdagi qattiq eritmasi) mavjud ekanligini ham isbotladi. A.A.Bochvar (1870-1947) yangi antifriksion (ishqalanishga chidamli) qotishmalar tayyorladi va ularga nisbatan qo'yiladigan talablarni asoslab berdi.
Metallshunoslik sohasidagi fundamental tadqiqotlar tufayli korroziyaga chidamliligi, issiqlikka chidamliligi, maxsus magnit xususiyatlari va mexanik shakldagi «xotirasi bo'lgan qotishmalar soni tez sur'atlar bilan o'sib bormoqda.
Materiallarning yangi turlari yaratilmoqda: Supero'tkazuvchilar, yarimo'tkazgichlar, amorf va kosmik qotishmalar. Bugungi kunda ilmiy- texnik taraqqiyot o'ta yuqori harorat va bosim sharoitida ishlaydigan yangi materiallarni yaratishni talab qiladi. Ushbu fanni o'rganish kelajakdagi jarayon muhandisining politexnik dunyoqarashini shakllantiradigan bir qator maxsus fanlarning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur shartdir.
Mashinasozlikdagi ilmiy va texnologik taraqqiyot ishlatiladigan tarkibly materiallar ro'yxatini sezilarli darajada kengaytiradi. Quyma temir, po'lat, rangli metallar va qotishmalar kabi klassik materiallar bilan bir qatorda yangi materiallar-texnik keramika, kompozit materiallar, supero'tkazuvchilar, yadro muhandisligi uchun materiallar, shishi tolali va boshqalar keng qo'llaniladi. Materialshunoslikning asosiy ob'ekti po'lat, quyma temir, rangli metall qotishmalari va nometall materiallardir.
XIX asr oxirida yillik po'lat ishlab chiqarish dunyo bo'yicha 3-4 min.tonnani, 2000 yil oxiriga kelib esa 1 mlrd. Tonnadan ortiqni tashkil yetdi.
Quyma temir va po'lat uchun jiddiy raqobatchi plastmassa bo'lib, uning yillik ishlab chiqarilishi hozirda 18-20 million tonnani tashkil yetadi, 1 tonna plastmassadan foydalanish 5-6 torna po'lat o'rnini bosadi. BMT ma'lumotlariga ko'ra, birgalikda olingan barcha noorganik materiallar hozirgacha metallarning atigi 6 foizini almashtirishga qodir. Keng ma'noda materiallar turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun boshlang'ich materiallardir . Umuman olganda quyidagi turdagi materiallar mavjud.
Keyinchalik qayta ishlanadigan xom ashyo (temir rudalari, neft, gaz); Yarim tayyor mahsulot – iste'mol uchun yaroqli mahsulotga aylanish uchun qayta ishlashning bir necha bosqichlaridan o'tgan qayta ishlangan material.Materialshunoslik-bu materiallarning tuzilishi va xususiyatlarini o'rganadigan va tarkibi, tuzilishi va xususiyatlari o'rtasidagi munosabatni o'rnatadigan, shuningdek tashqi ta'sirlardan (termal, mexanik kimyoviy) foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan sifatini yaxshilash uchun ularning xususiyatlariga ta'sir qilish usullarini ishlab chiqadigan fan.



Yüklə 57,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin