Metall va qotishmalarga termik va kimyoviy-termik ishlov berish asoslari



Yüklə 84,5 Kb.
səhifə1/12
tarix01.04.2023
ölçüsü84,5 Kb.
#92095
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Metall va qotishmalarga termik va kimyoviy-termik ishlov berish




VI BOB.
METALL VA QOTISHMALARGA TERMIK
VA KIMYOVIY-TERMIK ISHLOV BERISH ASOSLARI
6.1. Termik ishlov berish nazariyasi
Temir-uglerodli qotishmmarning ichki strukturasi va xossalarini
o‘zgartirish uchun ularni qizdirish va sovitish bilan bogMiq boMgan
jarayonlar termik ishlov berish deb ataladi. Termik ishlov berishdan
maqsad temir-uglerodli qotishmalarga ishlatish jarayonida talab qilinadigan xossalar berishdan iborat. Termik ishlov berish natijasida
mexanik xossalarining yaxshi tomonlari, yaxshi fizik-kimyoviy xossalar bilan qo‘shilib ketadi; qotishmaning magnitlanish xossasi yaxshilanadi, korroziyagabardoshligi ortadi. Ba’zi termik ishlov berishni
yaxshilovchi oraliq operatsiya hisoblanadi.
Termik ishlov berishning istalgan jarayoni temperatura-vaqt koordinatalarida tasvirlanishi mumkin (6.1 a - rasm). Qotishmani maksimal qizdirish temperaturasi (tmax), qizdirilgan temperaturada tutib
turish vaqti hamda qizdirish (Fq) va sovitish ( Vc) tezliklari termik ishlov berish parametrlari hisoblanadi.
Termik ishlov berish asosida metall va qotishmalarni qizdirish
hamda sovitish jarayonida sodir boMadigan faza va struktura o‘zgarishlar yotadi. Bu o‘zgarishlar ma’lum kritik nuqtalar bilan xarakterlanadi. Qotishma I xona temperaturasidan boshlab 727°C gacha asta-sekin
qizdirilganda, unda faza o‘zgarishlar boMmaydi (6.1 b - rasm). 727°C
temperaturada perlit austenitga aylanadi (a nuqta). Diagrammadagi a
nuqta pastki kritik nuqta deb ataladi va Ac, (sovitishda Ar,) bilan belgilanadi, S va G harflar o‘zgarishlar mos ravishda poMatni qizdirish
yoki sovitishda ro‘y berilishini, bu harflar indeksidagi bir raqami PSK
chizigMni hosil qiluvchi nuqtalami bildiradi. Qotishma I yanada qizdirilganda ferrit donalari austenitda erivdi,
Austenitning erishi yuqori kritik nuqta deb ataluvchi a nuqtada (S
chizigMda) tugaydi, qizdirishda Ac3, sovitishda Ar3 bilan belgilanadi.
6.1-rasm. Temir-sementit holat diagrammasining «po‘lat» bo‘limi:

Yüklə 84,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin