Metall va qotishmalarga termik va kimyoviy-termik ishlov berish asoslari


/-d iffu zion yumshatish; 2 -to ‘la yumshatish; 5-izoterm ik yumshatish; 4-chala



Yüklə 84,5 Kb.
səhifə4/12
tarix01.04.2023
ölçüsü84,5 Kb.
#92095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Metall va qotishmalarga termik va kimyoviy-termik ishlov berish

/-d iffu zion yumshatish; 2 -to ‘la yumshatish; 5-izoterm ik yumshatish; 4-chala
yumshatish; 5-sferoidlovchi yumshatish; 6-rekristallazitsion yumshatish.
Diffuzion (gomogenlovchi) yumshatishdan poMat va shakldor quymalarning kimyoviy ko‘p jinsligini kamaytirish uchun foydalaniladi.
Ayniqsa, legirlangan poMatdan olingan quymalar bir xil tuzilishga ega
emas. Tuzilishining bir xil emasligi, karbidli va dendritli likvatsiyalar
tufayli boMadi, chunki karbidlar hosil boMadigan joylarda yoki dendritlarning o‘rta qismida legirlovchi elementlar to‘planadi. Quymalaming
kimyoviy tarkibini bir xillashtirish uchun, ular yuqori temperaturagacha qizdiriladi, bunda elementlar atomlarining harakati juda tezlashadi.
Natijada atomlar kimyoviy elementlar ko‘p to‘plangan joylardan kamroq joylarga suriladi. Bunday diffuziya tufayli quymaning hajmi
bo‘yicha kimyoviy tarkibi tekislanadi.
PoMat 1000-1100°C temperaturagacha qizdiriladi, shu temperaturada
10-20 soat mobaynida tutib turiladi, so'ngra 600-650°C gacha sekin sovitiladi (6.3-rasm, 1-egri chiziq). Diffuzion yumshatishda po‘lat
donachalari o‘sadi, bu nuqson mayda donacha hosil bo‘lguncha qayta
yumshatish (to‘la yumshatish) bilan yo‘qotiladi. Po‘lat yuqori mexanik
xossalarga ega bo‘ladi.
To‘la yumshatishdan (6.3-rasm, 2-egri chiziq) (donalarni) donachalarni maydalashtirish va ichki kuchlanishlarini yo‘qotish maqsadida
evtektoidgacha bo‘lgan po‘latlar uchun, asosan pokovka va quymalarga
issiqlayin bosim ostida ishlov berilgandan keyin foydalaniladi. Bunga
po‘latni yuqori kritik nuqta As3 dan 30-50°C yuqori temperaturada qizdirib, sekin sovitish bilan erishiladi. To‘la yumshatishda poMatning
qattiqligi va mustahkamligi kamayadi, strukturasi birmuncha yaxshilanadi va plastinkasimon perlit hosil bo‘ladi.
Po‘lat Ac3 temperaturadan yuqori temperaturada qizdirilganda perlit
austenitga aylanadi. Bu quyidagicha sodir boiadi: boshlang‘ich bosqichda
austenitning mayda kristallari paydo bo‘ladi, ular esa temperatura ko‘tarilishi bilan o‘sadi. Temperatura Ac3 dan ozgina (30-50°C ga) ko‘tarilganda austenitning hosil boMgan kristallari hali mayda boMadi. Keyinchalik Aci dan past temperaturagacha sovitilganda ferrit-perlit turdagi bir
jinsli mayda donali struktura hosil boMadi. Bunda bitta austenit donasi
(donasi) chegarasida bir necha perlit donalari hosil boMadi. Ular o‘zlari hosil boMgan austenit donalaridan ancha mayda boMadi.
Uglerodli poMatlardan tayyorlangan detallarni qizdirish temperaturasi holat diagrammasida (6.4-rasm), legirlangan poMatlar uchun ma’-
lumotnoma jadvallarida keltirilgan, ularning kritik nuqtalari Ac3 holatiga qarab aniqlanadi.
Chala yumshatish quyidagidan iborat poMat SK chizigMdan 30-40°C ga
yuqoriroq temperaturagacha, taxminan 750-760°C gacha qizdiriladi. Asbobsozlik uglerodli poMatlar uchun yumshatish birdan-bir termik ishlov
berish usuli hisoblanadi. Bunda donador (donali) perlit hosil boMadi, natijada poMatning ishlanuvchanligi yaxshilanadi va kuchlanish kamayadi.
106

Yüklə 84,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin