I - evtektoidgacha bo‘lgan poiat; II - evtektoidli po'lat; III - evtektoiddan keyingi po‘lat. Agar evtektoidli qotishma II qizdirilsa, perlit 727°C temperaturada S
nuqtada (PSK chizig‘i) austenitga aylanadi. Bunda Aci va Ac3 kritik nuqtalar bir-birining ustiga tushadi. Qotishma III zonada perlit 727°C temperaturada austenitga (nuqta) aylanadi. Qotishma III yanada qizdirilganda sementit (ikkilamchi) austenitda eriydi. SE chiziqda yotuvchi bi
nuqtada erish jarayoni tugallanadi. Bu nuqta Acm orqali belgilanadi.
Shunday qilib, temir-sementit diagrammasida PSK chizig‘ini hosil
qiluvchi kritik nuqtalar qizdirilsa Ac, va Arb GS chizig‘i bo‘yicha Ac3
va Ar3, SE chizig‘i Acm orqali belgilanadi. Kritik nuqtalarni bilish
poiatlarga termik ishlov berish jarayonini o‘rganishni yengillashtiradi.
Qizdirilganda poMatlarda boMadigan o‘zgarishlar Termik ishlov berishda poMatni qizdirish austenit olish uchun zarurdir. Po‘latni kritik nuqta Aci gacha qizdirganda, uning evtektoidgacha
bo‘lgan strukturasi perlit va ferrit donalaridan iborat boMadi. As3 nuqtada perlit mayda donali austenitga aylanadi. Aci dan Ac3 nuqtagacha
qizdirilganda ortiqcha ferrit austenitda eriydi va Ac3 nuqtada (GS
chizigM) bu o‘zgarish tugaydi. Ac3 dan yuqorida poMat strukturasi austenitdan iborat boMadi.
102
Qizdirilganda evtektoiddan oldingi poMat ham shunday o‘zgaradi, faqat
oldingisidan farqi shundaki, Ac, nuqtadan Acm nuqtagacha yanada qizdirilganda ortiqcha sementit (ikkilamchi) austenitda eriydi. Acm nuqtadan
yuqorida (SE chizigM) struktura faqat austenitdan iborat boMadi. Yangi hosil boMgan austenit, hatto bitta dona chegarasida ham, bir jinsli boMmaydi.
Oldin sementit plastinkalari boMgan joy da ferrit plastinkalari boMgan joy ga
nisbatan uglerod miqdori ancha ko‘p boMadi.
Kimyoviy tarkibini bir ^illashtirish hamda bir xil austenit olish
uchun evtektoiddan oldingi poMat yuqori kritik nuqta Ac3 dan keyin
ham qizdiriladi hamda diffuzion jarayonlar tugallanishi uchun bu temperaturada birmuncha muddat ushlab turiladi.
Perlitning austenitga o‘zgarish jarayoni tugagach, ko‘p miqdorda
mayda austenit donalari hosil boMadi. Bu donalar austenitning boshlangMch donalari deb ataladi. PoMat yanada qizdirilganda yoki ko‘proq
tutib turilganda austenit donalari (donlari) o‘sadi. U yoki bu termik ishlov berish natijasida poMatda hosil boMgan dona (donacha) oMchamlari
haqiqiy (donachalar) donachalar deb ataladi.
Uglerodli poMatda donachalarining (donalaming) o‘sishiga temperatura, qizdirish muddati, poMatdagi uglerod miqdori, poMatni suyuqlantirishda uni oksidlantirish usullari ta’sir qiladi. Marganesdan boshqa
legirlovchi elementlarning qo‘shilishi qizdirish vaqtida austenit donining o‘sishini tormozlaydi. Donaning o‘sishiga titan, vanadiy, molibden, volfram va xrom kabi karbid hosil qiluvchi elementlar katta
to‘sqinlik qiladi. Ular toblash temperaturalari intervalini kengaytiradi
va poMatni qizdirish sharoitini yengillashtiradi. Legirlangan poMatlarning uglerodli poMatlarga nisbatan afzalligi ham shundan iborat.