Metall va qotishmalarga termik va kimyoviy-termik ishlov berish
PoMatni toblash turlari. Sovitish usuliga ko‘ra bitta, ikkita muhitlarda (uzlukli), bosqichli
va izotermik toblash xillari boMadi. Bitta muhitda toblash oddiy boMib,
shakli uncha murakkab boMmagan buyumlarni toblashda qoMlaniladi.
Evtektoiddan keyingi poMatlar, agar detal shakli oddiy boMsa, bitta
muhitda toblanadi. Uzlukli ^toblashda buyum aw al bitta muhitda
(masalan, suvda), so‘ngra moyda yoki havoda sovitiladi. Bosqichli
toblashda aw al tuzli vannada tez sovitiladi (vanna temperaturasi
martensit o‘zgarishlaming boshlanishiga mos keluvchi 240-250°C dan
ancha yuqoriroq boMadi), so‘ngra shu temperaturada tutib turiladi va
havoda sovitiladi. Sovitishdagi ozgina uzilish detaining butun kesimi
bo‘ylab temperaturaning tekislanishiga imkon beradi, bu esa toblash
jarayonida paydo boMadigan kuchlanishlami kamaytiradi.
Kesimi uncha katta boMmagan (8-10 mm) uglerodli poMatdan
yasalgan detallar bosqichli tarzda toblanadi. Toblash kritik tezligi
uncha katta boMmagan poMatlardan yasalgan buyumlarning kesimi katta
boMsa, bosqichli usulda toblanadi. Bosqichli toblashdagi kabi izotermik
toblashda detallar m artensit o‘zgarishlar boshlanadigan temperaturadan yuqoriroq darajagacha qizdirilgan muhitda sovitiladi, lekin
bu temperaturada uzoq muddat austenit toMa parchalanguncha ushlab
turiladi. Martensitga o‘xshamaydigan, lekin qattiqligi bo‘yicha troostitga yaqinroq turadigan, lekin ancha mustahkam va plastik struktura
hosil boMadi, keyin havoda sovitiladi.
Izotermik toblashning afzalligi shundan iboratki, katta qovushqoqlikka
erishiladi, darzlar paydo boMmaydi, tob tashlashlar minimal darajada
boMadi. Murakkab shaklli buyumlar izotermik usulda toblanadi.
Toblashda sovitish usuli ham muhim ahamiyatga ega, chunki bunda
katta ichki kuchlanishlar paydo boMib, detalni qiyshaytirishi mumkin. Shuning uchun sovitish muhitini to‘g‘ri tanlash bilan birga detalni
sovitish muhitiga botirish lozim. Masalan, cho‘ziq uzun buyumlar
(parma, metchik kabilar) qiyshaymasligi uchun qat’iy vertikal holatda
botirilishi lozim.