85
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR MEHNATINING MAZMUNI
Oktyabrova Mahbuba Shokirjon qizi
Surxondaryo v. Denov t. 10-DMTT tarbiyachisi
Annotatsiya: Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning oʼziga hos hususiyatlarini
e`tiborga olib tashkil etiladi. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnati
haqida so`z yuritilgan.
Kalit so`zlar: maktabgacha yosh, bolalar mehnati,tarbiyachi, mehnat tarbiyasi
THE CONTENT OF THE WORK OF PRESCHOOL CHILDREN
Abstract: Work is organized taking into account the specific characteristics of children of
each age group. This article talks about the work of preschool children.
Key words: preschool age, child labor, educator, labor education
СОДЕРЖАНИЕ РАБОТЫ ДОШКОЛЬНИКОВ
Аннотация: Работа организована с учетом индивидуальных особенностей детей
каждой возрастной группы. В данной статье рассказывается о работе детей
дошкольного возраста.
Ключевые слова: дошкольный возраст, детский труд, воспитатель, трудовое
воспитание.
Insonning psixik rivojlanishi, uning shaxs sifatida shakllanishi oʼzini oʼzi
anglashining yaʼni oʼzini jismoniy, maʼnaviy hamda ijtimoiy mavjudot sifatida anglashning
qapop topishi bilan bog`liq.
Oʼzini- oʼzi anglashning rivojlanishi har bir bolada oʼziga xos tarzda kechadi. Oʼzini-oʼzi
anglashi bolaning oʼz hohishlari va umuman, faoliyati motivlarini anglashi bilan bogliq
boʼladi. Oʼz faoliyatining motivlarini anglashi, bolaga oʼzini-oʼzi anglashning keyingi
bosqichiga oʼtishga, yaʼni oʼz harakatlarini ajrata olishga yordam beradi.
Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirishda mehnat tarbiyasining o‘rni
beqiyosdir. Insonning kundalik turmush tarzi mehnat va faoliyat bilan bog`liqdir. Shu
sababli, mehnat butun moddiy va ma'naviy boyliklarning ijtimoiy taraqqiyotining negizidir.
Mehnat tarbiyasi shaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas qismidir. Shuningdek,
bolaning har tomonlama shakllanish vositasi, uning shaxs sifatida ulg`ayish omili hamdir.
Muntazam qilingan mehnat jarayonidagina bola o‘z aqlini, irodasini, hissiyotini, xarakterini
rivojlantirishi mumkin.
86
Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning oʼziga xos hususiyatlarini e`tiborga olib tashkil
etiladi, unga to`g`ri rahbarlik qilgandagina yetarli natijaga erishish mumkin. Maktabgacha
tarbiya yoshidagi bolalar mehnatining oʼziga xos tomonlari ko`pgina olimlar tomonidan olib
borilgan ilmiy ishlarda keng oʼrganilib chiqilgan.
Bolalar mehnatining muhim belgisi uning maʼlum maqsadga qaratilganligidir. Kichik
bogcha yoshdagi bolalarning mehnati biror jarayonga oid harakat boʼlib, u faqat kattalarning
rahbarligi natijasidagina amalga oshirilishi mumkin.
Bola kubiklarni bir joydan ikkinchi joyga, mashinadan stolga, stoldan-mashinaga
ko`chiradi. Tarbiyachi boshqa stol ustidagi kubiklarni ajratib, uni mashinada shkafga olib
borish kerakligini aytadi. Bola kubiklarni mashinasida shkafga tashiy boshlaydi va tartibli
qilib joylab qo`ya boshlaydi. «qatnov» bir necha marta takrorlanib barcha kubiklar joyiga
yig`ishtirib qo`yiladi. Bolalar faoliyatida maqsad paydo boʼladi. Keyingi galda bolaning oʼzi
oʼynayotgan oʼrtoqlariga oʼynab boʼlgandan keyin oʼyinchoqlarini mashinada joyiga olib
borib qoʼyishni aytadi.
Katta guruh bolalarida mustaqil maqsad qoʼyish qobiliyati moddiy samara beradigan
mehnat turlarida muvaffaqiyatli rivojlanadi: gulzorda, ekinzorda ishlash, oʼyinchoqlar
yasash va boshqalar.
Faoliyatni rejalashtirish mehnat tarbiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bolalarni kuzatish ular faoliyatining tartibsiz rejasiz
ekanligini ko`rsatadi. Bolalar bunday harakatlar
orqali biror natijaga erishish uchun juda koʼp vaqt
va kuch sarflaydilar, shu bilan bir vaqtda oʼz
ishlaridan qoniqmaydilar. Tarbiyachi bolalarni oʼz
faoliyatlarini
tahliliy
rejalashtirib
olishlariga
oʼrgatishi va ular faoliyatiga rahbarlik qilishi lozim.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning ishiga baho berib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy
munosabatni tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Bolalar kuchlari yetadigan ishlarni
bajarayotganlarida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishlari turgan gap. Lekin bunda bolalarni
mehnatga jalb qilmaslik kerak, bolalarning bajaradigan ishlarini kattalarning o‘zlari bir
pasda qilib qo‘yishlari mumkin degan ma’no kelib chiqadi. Sharq xalqida bir maqol bor:
Dostları ilə paylaş: |