85 maktabgacha yoshdagi bolalar mehnatining mazmuni



Yüklə 378,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix08.06.2023
ölçüsü378,02 Kb.
#126808
1   2   3
maktabgacha-yoshdagi-bolalar-mehnatining-mazmuni

89 
Bola mehnatning ahamiyati va madaniyatini tushunib yetish uchun pedagog 
kattalarning mehnati, bolalarning oʼzlari bajaradigan mehnat turlarini kuzatish yuzasidan 
tabiatga sayr uyushtiradi. Bolalarning har xil mehnat jarayonida ishtirok etishi, kattalar 
mehnati bilan tanishtirish ularning tevarak atrofdagi hayot, kishilarning oʼzaro munosabatlari 
toʼg`risida narsalar va ularning hususiyatlari, materiallarga ishlov berish usullari, qurilmalar 
va asboblar toʼgʼrisida muayyan taassurotlarga ega boʼlishlariga yordam beradi. 
Mehnat bolalardan diqqat, oʼtkir zehn, topqirlik, ijodkorlik qobiliyatlarini egallashni talab 
etadi. Mehnat jarayonida bolalar ayrim ish turlarini (bir- varaq qogʼozni buklash, biror bir 
shaklni andozaga qarab qirqish, kerakli uzunlikni oʼlchash kabi harakatlarni) anglatuvchi bir 
qancha tushuncha va atamalardan foydalanishga, bajarilgan ishdagi izchillikni berishga toʼgʼri 
keladi. Bu bola nutqini yangi soʼzlar bilan boyitadi, fikrlashi, dunyoqarashini shakllantirishga 
imkon beradi. Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning oʼziga xos hususiyatlarni hisobga 
olgan, unga toʼgʼri nazorat yoki rahbarlik qilgandagina ijobiy natija berishi mumkin. 
Maktabgacha yoshdagi bolani oʼziga oʼzi xizmat qilishidan tashqari uy uchun foydali 
boʼlgan mehnatga ham oʼrgatish kerak. Bola ota-onalar rahbarligida oʼz yoshiga. kuchiga 
yarasha asta-sekin oddiy, yengil, ammo foydali mehnatni bajarishni oʼrganadi. Bunda, birinchi 
navbatda, oiladagi kattalarning shaxsiy namunasining ahamiyati katta. 
Ikki yashar oʼgʼilchasining uy mehnatida yordam berishini bilgan dadasi tashqaridan kirib, 
joʼrttaga hamma eshitsin deb, baland ovoz bilan oʼchoqqa olov yoqish uchun oʼtin olib kelish 
kerak ekanligini aytadi. Buni eshitgan oʼgʼli kattalarga imo-ishora bilan murojaat qilib, oʼzi 
oʼtirgan bolalar stulidan pastga tushirib qoʼyishlarini iltimos qiladi va stuldan tushib katta 
qadamlar bilan tashqariga chiqib ketadi. U jiddiy tus bilan bitta tarashani koʼtarib kelib, oʼchoq 
oldiga qoʼyadi va yengil nafas olib, qoʼlini-qoʼliga artadi, hammaga bir nazar tashlab chiqadi, 
kattalarning «barakalla» sini eshitib, ishini davom qildirishga ketadi. 
Bu bolaning oʼziga ishonchini orttiradi, kuchiga kuch qoʼshadi, uni ilhomlantiradi. Baʼzi bir 
mehnatsevar, sergʼayrat ota-onalar oʼgʼli yoki qizi qoʼlidan ish kelmaydigan noʼnoq, 
mehnatdan oʼzini olib qochadigan ishyoqmas boʼlib oʼsayotganini koʼrib hayron boʼladilar. 
“Bu kimga oʼxshadi ekan?” deb ajablanadilar. Holbuki, farzandining uquvsiz yoki yalqov 
boʼlishiga ota-ona ham sababchi boʼladi. “Hali bu yosh, suyagi qotgani yoʼq. Ish boʼlsa 


90 
qochib ketmas, katta boʼlganda qilar”, deb uni avaylaydilar. Bu xunuk oqibatlarga olib 
kelishi tabiiydir. Bolani yoshligidan boshlab mehnatga oʼrgatib borish muhimdir.
Bolalar mehnatining muhim belgisi uning ma’lum maqsadga qaratilganligidir. Kichik 
bog‘cha yoshidagi bolalarning mehnati biror jarayonga oid harakat bo‘lib, u faqat 
kattalarning rahbarligi natijasidagina amalga oshirilishi mumkin. Maktabgacha tarbiya 
yoshi davrining o‘ziga xos tomonlaridan biri bolalar mehnatining o‘yin bilan bog‘liqligidir.
O‘yin jarayonidagi biror harakat doimo biror mehnat jarayonini aks ettirishga yo‘naltirilgan 
bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, mehnat jarayonini bajarishda uni o‘yin shakliga aylantirishadi. 
Shu bilan birga o‘zining xususiyati, mazmuni, yuzaga kelish sababiga ko‘ra mehnat va o‘yin 
bir-biridan farq qiladi. Mehnatga maqsad qo‘yiladi, uni amalga oshirish, natijaga erishish 
uchun shart-sharoit yaratiladi, vositalar izlab topiladi. O‘yinda esa bolalar kattalarning 
mehnat faoliyatiga taqlid qiladi. O‘yinda mehnat singari biror aniq natijaga erishilmaydi, 
ammo u mehnat singari bolalarga quvonch bag‘ishlaydi, ular o‘zlarida qoniqish hissini 
sezadilar. Kichik bog‘cha yoshidagi bolalar mehnatining asosiy turi o‘z-o‘ziga xizmatdir. 
Bu kichik bolalar uchun ancha mashaqqatli ish. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarni 
mehnatning bu turiga o‘rgatishda ko‘pincha o‘yin vaziyatlaridan foydalaniladi. Avvaliga 
bolalar o‘yin obrazi orqali mehnatga o‘rgatiladi. Shu orqali bolalar ishonch bilan harakat 
qilishni o‘rganadilar. Asta-sekin bu yoshdagi bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikma, 
malakalari shakllanib boradi. 
Bog‘cha 
yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko‘ra bu davrni uch qismga ajratish mumkin: 
Birinchi davr–bu 3–4 yosh oralig‘ida bo‘lib, bola emotsional jihatdan o‘z–o‘zini 
boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog‘liqdir. Ikkinchi davr–bu 4–5 yoshni tashkil 
qilib axloqiy o‘z – o‘zini boshqarish. Uchinchi davr esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik 
xususiyatining shakllanishi bilan xarakterlanadi.
Axloqiy tushunchalar manbai bo‘lib 
ularning ta’lim – tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan kattalar, shuningdek, tengdoshlari ham 
bo‘lishi mumkin. Axloqiy tajribalar asosan muloqot, kuzatish, 
taqlid qilish jarayonida
, shu 
bilan birga kattalarning, ayniqsa onalarning maqtovi va tanqidlari orqali o‘tadi va 
mustahkamlanadi. Bola doimo baho, ayniqsa maqtov olishga harakat qiladi. Bu baho va 
maqtovlarning bola shaxsidagi muvaffaqiyatga erishishga harakat xususiyatining 


91 
rivojlanishida, shuningdek, uning shaxsiy hayoti, hamda kasb tanlashida ahamiyati juda 
katta.
Bog‘cha yoshidagi davrda bolalarda muloqotning yangi motivlari yuzaga keladi. U shaxsiy 
va ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy muloqot motivlari bu –bolaning tashvishga 
solayotgan ichki muammolari bilan bog‘liq, ishbilarmonlik motivlari esa u yoki bu ishni 
bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan motivlardir. Bu motivlarga asta – sekinlik bilan bilim, 
ko‘nikma va malakalarni egalash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qish motivlari qo‘yiladi. Bu 
motivlar ilk bolalik davridan boshlanib yuzaga keladigan bolalarning tabiiy qiziquvchanligi 
o‘rnida paydo bo‘ladi. O‘zini ko‘rsatish motivlari ham bu yoshda yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Bu motiv asosan bolalarning syujetli – rolli o‘yinlarda asosiy rolni egallashga boshqalar 
ustidan rahbarlik qilishga, musobaqaga kirishishga qo‘rqmasligida, nima bo‘lganida ham 
yutishga harakat qilishlarida ko‘rinadi. Maktabgacha yosh davri bolalari uchun kattalar 
beradigan baholari juda muhim. Bog‘cha yoshining oxirlariga kelib, ko‘pchilik bolalarda 
aniq bir axloqiy qarashlar tarkib topadi, shuningdek, odamlarga munosabat bilan bog‘liq 
bo‘lgan shaxsiy sifatlar ham shakllanadi. Kishilarga nisbatan diqqatli, mehribon bo‘lish 
xususiyatidir. Katta yoshdagi bolalar ko‘p hollarda o‘z xatti – harakatlari sababini 
tushuntirib 
bera 
oladilar. 
.
Hayot va kuzatishlar shunday xulosaga olib keldiki, bolaning yosh xususiyatlarini eʼtiborga 
olib, ishni bajarish jarayonida tez-tez dalda berib turmoq kerak. Bola ishni sekin bajarsa, uni 
shoshiltirmaslik agarda ish bajarishda qoʼpol harakatlar qilsa, unga taʼna qilmaslik kerak. 
Baʼzan shunday hollarni ham uchratamizki, bola bironta ishni nomaʼqul qilsa, ayrim ota-
onalar buni bolaga har doim eslatib, uning ish bajara olmasligini taʼna qilib, kamsitib, bolani 
ishdan sovutadilar.
Bolalarni mehnatni sevish ruhida tarbiyalash - butun insoniyatni tarbiyalash 
demakdir. Shu boisdan yosh avlodni mehnatga to`gri munosabatda bo‘lish ruhida 
tarbiyalash barcha ta'lim-tarbiya muassasalari faoliyatining asosiy negizi bo‘lib qolmoqda. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Nishonova Z, Alimova G. Bolalar psixologiyasi va o‘qitish metodikasi. T., 2007 y. 


92 
2. Nishonova Z.T. «Bolalar psixologiyasi» o`quv qo`llanma. – T., 2006 y. 
3. Norbosheva M. Bolalar Psixologiyasi. T., 2002 yil
4. Xasanboyeva O.U «Maktabgacha ta'lim pedagogika». T.., «Ilm ziyo» 2006.

Yüklə 378,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin