22-mavzu. Ayrim kimyoviy elementlar geokimyosi. Reja



Yüklə 198,23 Kb.
səhifə4/15
tarix25.12.2023
ölçüsü198,23 Kb.
#195992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
22-mavzu. Ayrim kimyoviy elementlar geokimyosi.

Kelib chiqishi - nordon va ishqorli magmatik jinslarda, ularning pegmatitlarida jins hosil qiluvchi mineral hisoblanadi. Metamorfik jinslar gneyslar va kristalli slanetslar tarkibiga kiradi.
Qo’llanilishi - keramika buyumlari ishlab chiqarish uchun xom ashyo; amazonitdan bezaktosh sifatida foydalaniladi.
Plagoklazlar - alьbitdan (NaAlSi308) anortitgacha (CaAl2Si208) o’zgaruvchi tarkibli alyumosilikatli minerallar. Nomi yunoncha plagios - qiyshiq va klasis - yoriq so’zlaridan kelib chiqqan, ya’ni «qiyshiq parchalanuvchi» ma’nosini anglatadi. Ulanish tekisliklari orasidagi burchak to’g’ri burchakdan kichik (86° ga yaqin). Kaliyli dala shpatlaridan tarkibida kaliyning deyarli bo’lmasligi bilan farq qiladi. Plagioklazlar orasida alьbit, oligoklaz, andezin, labrador, bitovnit, anortitdan iborat oltita mineral ajratiladi. Bu qatorda alьbitli komponentlarning (NaAlSi308) kamayib va anortitli komponentlarning (CaAl2Si208) ortib borishi kuzatiladi (2-jadval).
Kelib chiqishi - magmatik va metamorfik tog’ jinslari, pegmatitlar, gidrotermal va sochilma konlarda kuzatiladi.
Qo’llanilishi - qurilish va bezak toshlar sifatida foydalaniladi. Dekorativ plagioklazlar, ayniqsa labrador va oligoklaz ziynat toshlar sifatida ishlatilishi mumkin.
Felьdshpatoidlar (namischa Feldshpat - dala shpati va yunoncha oid - o’xshash) - tarkibi bo’yicha dala shpatlariga yaqin bo’lgan karkasli alyumosilikatlardir. Ular dala shpatlaridan kremnezyom miqdorining pastroqligi va ishqorlar miqdorining ko’proqligi bilan farq qiladi.
Kelib chiqishi. Felьdshpatoidlar yuqori ishqorli magmatik jinslarda dala shpatlari bilan birgalikda kristallanadi. Bundan tashqari, ular metasomatik o’zgrishlarda va mintaqaviy metamorfizm jarayonlari tufayli hosil bo’lishi mumkin. Gidrotermal eritmalar ta’sirida felьdshpatoidlar parchalanib slyudalar va gilli minerallar hosil bo’ladi. Yer yuzasi sharoitlarda ularning parchalanishi tufayli kaolinit hosil bo’ladi.

Yüklə 198,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin