22-mavzu. Ayrim kimyoviy elementlar geokimyosi. Reja


-jadval Plagioklazlarning izomorf qatori



Yüklə 198,23 Kb.
səhifə5/15
tarix25.12.2023
ölçüsü198,23 Kb.
#195992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
22-mavzu. Ayrim kimyoviy elementlar geokimyosi.

2-jadval
Plagioklazlarning izomorf qatori



Mineral

Tarkibi

Anortit molekulasining chegaraviy miqdori, %

Alьbit

Na[Al Si308]

0-10

Oligoklaz




10-30

Andezin




30-50

Labrador




50-70

Bitovnit




70-90

Anortit

Ca[Al2Si208]

90-100



Qo’llanilishi - alyuminiy ajratib olishda, soda tayyorlashda, yuqori sifatli tsement ishlab chiqarishda kompleks xom ashyo sanaladi. Ulardan yo’l-yo’lakay nodir ishqorli metallar va galliy ajratib olinishi mumkin.
Orolli silikatlar. Granatlar. Granatlarga tarkibi murakkab bo’lgan orolli silikatlar kiradi. Ularning umumiy tarkibini quyidagicha ifodalash mumkin A3B2[Si04]3, bunda A2+ = Mg, Fe, Sa, Mn; V3+ = A1, Fe, Cr, Ti, Zr, V. Nomi lotincha granatus so’zidan kelib chiqqan bo’lib, bu minerallarning kristallari anor mevasi donalarini eslatadi. Tarkibi va rangi bo’yicha granatlarning bir necha xillari ajratiladi: grossulyar (lotincha Grassularia - krijovnik), andradit (portugal mineralogi d'Andrad sharafiga), alьmandin (Kichik Osiyodagi Alabanda aholi manzili bo’yicha), spessartin (Bavariyadagi Spessart aholi manzili bo’yicha), pirop (yunoncha pyropos - olovsimon), uvarovit (graf S. S. Uvarov sharafiga) va b. Granatlar uzluksiz izomorf qatorlarni hosil qiladi, masalan, pirop - alьmandin - Mg3Al2[Si04]3 - Fe3Al2[Si04]3 yoki grossulyar - andradit Ca3Al2[Si04]3- Ca3Fe2[Si04]3.
Kelib chiqishi: asosan metamorfik, mintaqaviy metamorfizm jarayonlari tufayli vujudga keladi. Kristalli slanetslarda, gneyslarda, migmatitlarda, eklogitlarda hamda kontakt metamorfizmi mahsulotlari - skarnlarda uchraydi. Ba’zi granatlar (pirop) magmatik kelib chiqishga ega. Ular portlash trubkalaridagi kimberlitlarda hamda pegmatitlarda uchraydi. Granatlar sochilmalarda to’planishi mumkin.
Qo’llanilishi - asosan zargarlikda; yog’ochlarni va qattiq jinslarni silliqlash uchun abraziv material sifatida foydalaniladi.
Varaqli silikatlar va alyumosilikatlar. Varaqli silikatlarga strukturasida kremnekislorodli tetraedrlar ikki qatlamli (kaolinit, serpentin), uch qatlamli (gidroslyuda, montmorillonit, talьk) yoki to’rt qatlamli (xloritlar) paketlarni hosil qiluvchi minerallar kiradi. Ular gidroksil guruhi, qo’shimcha anionlar va suvga ega. Paketlar orasidagi suv miqdori keng miqyosda o’zgarishi mumkin. Bu ba’zi qatlamli silikatlarning suvda ko’pchishiga olib keladi.
Varaqli silikatlar va alyumosilikatlar kremnekislorodli [Si4O10]4 yoki alyumokislorodli [(Si,Al)4O10] qatlamlardan tashkil topgan bo’lib, ulardagi tetraedrlar uchta umumiy uch bilan bog’langan.
Varaqli silikatlar uchun Si4+ ning A13+ ga keng izomorf o’rin almashishi, ortiqcha manfiy zaryadlar paketlar orasida suv molekulalari bilan birgalikda joylashgan Sa2+, Na+, K+ bilan kompensatsiyalashuvi xarakterli. Varaqli silikatlarda asosiy kationlar bo’lib Mg, Al, Fe, Ca, Ni hamda K va Na hisoblanadi. Ular uchun umumiy radikal [Si4O10]4 yoki [(Si,Al)4O10 kabi ifodalanishi mumkin.
Varaqli strukturalarga minerallarning tabletkasimon kri­stallari, tangachasimon agregatlari, ba’zan yashirin kristalli shakli xarakterli. Varaqli silikatlar, ayniqsa mayda tangachali agregatlarda biri ikkinchisidan qiyin farqlanadi. Bu minerallar uchun ularning mukammal va juda mukammal ulanishi xarakterli bo’ladi. Ularning qattiqligi, odatda, yuqori emas.
Varaqli silikatlar guruhiga qatlamli, varaqli yoki tangachali tuzilishga ega bo’lgan ko’plab minerallar kiradi. Tog’ jinslarida eng ko’p tarqalganlari slyudalar (ayniqsa biotit va muskovit), gidroslyudalar, xususan vermikulit hamda talьk, asbest, kaolinit, montmorillonitdir.
Slyudalar alyumosilikatlar guruhiga kiradi va jins hosil qiluvchi komponentlar sifatida magmatik va ba’zi metamorfik jinslar tarkibiga kiradi. Slyudalarning tabiiy xossalari bir-biriga yaqin: ular juda yupqa, egiluvchi va tarang plastinkalarga juda oson parchalanadi.
Gilli minerallar guruhi kremnekislorodli tetraedrlar va alyumokislorodli oktaedrlardan iborat bo’lgan varaqli silikatlar tarkibiga kiradi. Tabiatda gil minerallari orasida kaolinit, gidroslyuda, montmorillonit keng tarqalgan.
Kelib chiqishi. Varaqli silikatlar turli yo’llar bilan hosil bo’ladi. Ularning asosiy massasi orolli, zanjirli, tasmali hamda karkasli silikatlarning gidroliz mahsulotlari sanaladi. Bular gidrotermal o’zgargan jinslar va tashqi jarayonlarning minerallaridir. Ular kontakt-metamorfik (skarnlar) va metamorfik jarayonlarda (slanetslar, gneyslar) ham vujudga keladi.
Magmatik yo’l bilan ham hosil bo’lgan varaqli silikatlar granitlarda, granitli va ishqorli pegmatitlarda keng tarqalgan. Metamorfik genezisdagilari esa turli slanetslar, gneyslar va rogoviklarni tashkil etadi.
Qo’llanilishi. Biotit rubidiy va tseziy ajratib olishda ishlatiladi. Muskovitning dielektrik xossalari tufayli elektronika sanoatida, radiotexnikada, asbobsozlikda; issiqbardosh material sifatida; moylovchi materiallar va avtomobil shinalari ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Geologiya fanida kaliy-argon va rubidiy-strontsiy usullari bilan tog’ jinslarining mutlaq yoshini aniqlashda foydalaniladi. Muskovitning yirik shaffof varaqlari azaldan derazalarni oynalashda ishlatilgan.

Yüklə 198,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin