I l l BOB. ALG EBR A IK SIST EM A L A R
3.1. Binar algebraik operatsiyalar
Algebraik operatsiya tushunchasi. M aktab
matematika
kursida sonlar ustida qo'shish, ayirish, k o ^ a y tirish , boMish kabi
amallar o‘rganiladi. Bu amallar bir qator xossalarga ega.
M asalan,
musbat butun sonlar to ‘plamida sonlarni qo‘shish va ko‘paytirish
amali bajariladi, chunki bu amallarni
bajarishdan chiqqan natija
son musbat butun son boMadi. Shuningdek, qo‘shish va
ko'paytirishda sonlarni o ‘rni almashishi bilan natija o‘zgarmaydi.
8 + 3 =
11.
3 + 8 =
11.
8 + 3 = 3 + 8
6 x 7 = 42,
7 x 6 = 42,
6 x 7 = 7 x 6
M usbat butun sonlar to ‘plamida
ayirish va boMish amallari
hamma vaqt bajarilmaydi, chunki
sonlarni ayirish natijasida
ba’zida manfiy, boMish natijasida kasr son hosil boMadi.
Shuningdek, ushbu to ‘plamda sonlarni ayirish va boMishda
sonlarni okrnini almashtirish mumkin emas.
9 - 6 = 3 ;
6 - 9 = - 3 ;
3 * - 3
8 :2 = 4;
2 :8 = 0,25;
4 * 0 ,2 5 ;
Demak, musbat butun sonlar to cplamida sonlarni qo ‘shish va
ko‘paytirish o‘rin almashtirish xossasiga bo‘ysinadi,
ayirish va
boMish esa ushbu xossaga bo‘ysinmaydi.
Amallar va ularning xossalarini faqat sonlar to ‘plami uchun-
gina emas, balki boshqa matematik
obyektlar uchun ham qarash
mumkin. Masalan, to‘plamlar, mulohazalar, almashtirishlar.
T o4plamlar ustida tocplamlarning birlashmasi,
kesishmasi amallari
bajariladi va bu amallar o‘rin almashtirish xossasiga bo'ysinadi.
AUB=BUA; АПВ=ВП А
Sonlar, to'plam lar, mulohazalar va shu kabi matematik
obyektlar ustida amallar bajarish jarayonida birorta to‘plamning
ixtiyoriy ikkita elementiga shu to cplamning
uchinchi bir elementi
mos qo‘yiladi. Sonlar va matematik obyektlar ustida bajariladigan
amallar algebraik operatsiya deb yuritiladi.