22-mavzu. Ayrim kimyoviy elementlar geokimyosi. Reja


Minerallarning mexanik xossalari



Yüklə 198,23 Kb.
səhifə14/15
tarix25.12.2023
ölçüsü198,23 Kb.
#195992
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
22-mavzu. Ayrim kimyoviy elementlar geokimyosi.

Minerallarning mexanik xossalari. Minerallarning ulanishi deganda minerallarning muayyan yo’nalishlarda silliq yuzalar - ulanish tekisliklari bo’ylab parchalanishi tushuniladi. Minerallar turli ulanishga ega: ba’zilari bir necha yo’nalishlarda juda oson ajralib ketadi, boshqalarida esa bu xususiyat yaxshi kuzatilmaydi yoki umuman yo’q. Ulanish minerallarning muhim diagnostik belgisi bo’lib xizmat qiladi va qattiqlik ko’rsatkichi bilan birgalikda tabiiy materiallarning mexanik xossalarini baholashda yordam beradi.
Parchalanishining osonligi va unda hosil bo’ladigan yuzalar xarakteri bo’yicha ulanishning bir qancha turlari ajratiladi: juda mukammal, o’rtacha, mukammal emas, juda mukammal emas yoki ulanish mavjud emas.
Yuqorida aytib o’tilgandek, minerallar bir necha ulanish yo’nalishlariga ega bo’ladi. Turli yo’nalishlar bo’yicha ulanishning mukammallik darajasi tulicha bo’lishi mumkin. Masalan, dala shpatlari bir yo’nalishda mukammal, boshqa yo’nalishda esa o’rtacha ulanishga ega bo’ladi. Ulanish yo’nalishlari orasidagi burchak turli minerallarda bir-biridan farq qiladi.
Ulanish yo’nalishlarining soni, ular orasidagi burchak, ulanishning mukammallik darajasi minerallarni aniqlashda bosh diagnostik belgilardan biri hisoblanadi.
Minerallarning sinishi – mineralning parchalanishida hosil bo’ladigan yuzalar ko’rinishidir. U ayniqsa nomukammal va juda nomukammal ulanishga ega bo’lgan minerallarni o’rganishda juda asqotadi. Minerallar sinish yuzasining ko’rinishi ham muhim diagnostik belgilar qatoriga kiradi.
Minerallarda chig’anoqsimon, notekis, tekis, zirapchasimon, tuproqsimon sinish turlari ajratiladi.
Minerallaning sinishi ulanishi kabi xarakterli xususiyati hisoblanadi va muayyan mineral individida aniqlanadi.
Minerallarning qattiqligi - bu ularning boshqa jism ta’siriga ko’rsatadigan qarshiligi bo’lib, tirnash orqali aniqlanadi. Qattiqlik qiymati oshib borishi tartibida joylashtirilgan o’nta mineraldan: talьk, gips, kalьtsit, flyuorit, apatit, dala shpati, kvarts, topaz, korund va olmosdan iborat bo’lgan Moos shkalasi bo’yicha baholanadi (3-jadval).
Qattiqlikni aniqlash tirnab ko’rish orqali amalga oshiriladi va tekshirilayotgan namunada tirnash izi qoldiruvchi mineral - shkalada mos keladigan etalonning tartib raqami bilan ifodalanadi. SHunday qilib aniqlanayotgan mineralning taxminiy qattiqligi topiladi.
Minerallarning zichligi. Minerallarning zichligi kimyoviy tarkibi va strukturasi, elementlarning atom massasi, ularning ion radiusi va valentligiga bog’liq bo’ladi. Minerallarning zichligi ularning diagnostik xarakteristikasidan tashqari mineral xom ashyoning sifatini baholashda amaliy ahamiyatga ega va undan ma’danni boyitishda foydalaniladi. Past zichlikka ega minerallar (2 dan 4 gacha) tabiatda eng ko’p tarqalgan.
Minerallarning zichligi muhim farqlovchi belgi sanaladi. U minerallarni tez va ishonchli aniqlashda samarali qo’llanilishi mumkin.
Minerallarning mo’rtligi va bolg’alanishi. Minerallarning diagnostik belgilari sifatida foydalanish mumkin bo’lgan mexa­nik xossalaridan mo’rtligi va bolg’alanishini ko’rsatib o’tish mumkin. Mo’rtlik deb bosim ostida yoki zarbadan moddaning burdalanish xossasiga aytiladi. Bolg’alanishi deganda moddalarning bosim ostida yupqa plastinkalarga yalpoqlanishi va plastik bo’lishi tushuniladi.



Yüklə 198,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin