7. Mavzu: Tasmali uzatmalarni loyihalash
Reja:
Tasmali uzatma to`g`risida umumiy ma’lumotlar.
Tasmali uzatmalarni hisoblash asoslari.
Yassi tasmali uzatmalarni loyihasi
Ponasimon tasmali uzatma loyihasi
Tasmali uzatmalar yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlardan va ularga taranglik bilan kiydirilgan tasmadan tashkil topadi.
Yetaklovchi shkivdvn xarakat va energiya yetaklanuvchi shkivga tasma orqali tasma bilan shkiv orasida xosil bo`ladigan ishqalanish kuchi xisobiga uzatiladi. Tasmaning tarangligi, qamrov burchagi xamda ishqalanish koeffitsienti qancha katta bo`lsa, tasmali uzatmaga shuncha katta nagruzka qo`ysa bo`ladi. Odatda, taranglik tasmaning elastik deformatsiyasi hisobiga hosil qilinadi. Biroq, vakt o`tishi bilan tasma cho`zilib qolganligidan uning tarangligi kamayadi. Tasmali uzatma quyidagi afzalliklarga ega:
1. Tasmali uzatma xarakatni uzoq masofaga (15 metrgacha)
uzatish imkonini beradi.
2. Uzatma tekis va shovqinsiz ishlaydi.
3. Tasmali uzatma qo`llanilganda detallar o`ta nagruzkada
ishlashdan saqlangan bo`ladi, chunki nagruzkaning qiymati ortib ketganda tasma shkivlar ustida sirpanib nagruzkani uzatmaydi.
4. Uzatma detallari oddiy va arzon.
Tasmali uzatma quyidagi kamchiliklarga ega:
1. Tasmaning shkivlarda sirpanishi natijasida uzatish soni
doimiy bo`lmaydi, ya`ni: u const
2. Tasmaning chidamliligi nisbatan kichik.
3. Tasmaning tarangligidan valga tushadigan kuch katta.
4. Tasma bilan shkivlarning tutash sirtlarini moy tushishidan saqlash kerak, chunki moy uzatmaning ishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Tasmali uzatmalar bir necha belgilar bo`yicha tasniflanadi.
1. Tasmaning tarangligini xosil qilish usuliga qarab:
a) oddiy
b) taranglovich moslamali
2. Vallarning o`zaro joylashishiga qarab:
a) ochiq uzatmalar
b) ayqash uzatmalar
v) yarim ayqash uzatmalar
3. Tasmaning turiga qarab:
a) yassi tasmali
b) konussimon tasmali (ponasimon)
v) doiraviy tasmali uzatmalar
Yassi tasmaning ko`ndalang kesim shakli to`g`ri to`rtburchakdan
iborat bo`lib , uning afzalligi elastiklik xususiyati yax-
shiligidadir. Ponasimon tasmaning qo`ndalang kesimi teng yonli trapetsiya shaklida bo`ladi. Ponasimon tasmalar GOST 1284-89 bo`yicha 7 ta profilda tayyorlanadi. Bu profillar O, A, Б, В, Г, D, E harflari bilan belgilanib, ko`rsatilgan tartibda ponasimon tasmalarning ko`ndalang kesim yuzalari ortib boradi. Ya`ni, A profilli tasmaning ko`ndalang kesim yuzasi D profilli tasmaning ko`ndalang kesim yuzasidan kichkina bo`ladi.
Ponasimon tasma quyidagi afzalliklarga ega:
1. Nisbatan ko`proq quvvatni uzatadi, sababi tasma bilan
shkiv ariqchasi tutash sirtida ishqalanish kuchi katta bo`ladi.
2. Tasmadan valga tushadigan kuch kichik bo`ladi, chunki tasma-
ning tarangligini kichikroq olish mumkin.
3. O`qlar orasidagi masofa kichik bo`ladi.
4. Uzatish soni katta bo`ladi.
Ponasimon tasmani kamchiligi, uning elastiklik xususiyati
yassi tasmaga nisbatan yo`lonligidadir. Bu esa uning hizmat muddatini ki
chik bo`lishiga olib keladi. Ponasimon tasmaning tuzilishini ko`rib
chiqamiz.
1 - Bir necha qavat rezinalangan ip – to`qima
2 - Ip – to`qima yoki po`lat simlardan iborat kord-shnur.
3 - Siqilishga ishlaydigan rezina qism
4 - Rezinalangan qoplama
Tasmali uzatma geo`letriyasi bilan tanishamiz:
Tasmali uzatmani loyixalashda avvalo yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlarning diametrlari qabul qilinadi, so`ngra uzatmaning qolgan o`lchamlari aniqlanadi.
Markazlararo masofa quyidagicha aniqlanadi:
A=2 ( D D ) (1)
Kamrov burchagi quyidagicha topiladi:
va (2)
Burchak kichkina bo`lganligi uchun sinusning qiymatini argumentga teng deb olish mumkin:
(3)
Demak:
(4)
Tasmaning uzunligi quyidagicha topiladi:
(5)
Tasmali uzatmadagi kuchlar va kuchlanishlar bilan tanishamiz.
F0 -tasmaning dastlabki tarangligi.
F1 -tasma yetakchi tarmogining tarangligi.
F2- yetaklanuvchi shkivdagi aylanma kuch. Bu kuch foydali xisoblanadi.
Ma`lumki tasma shkivga taranglik _bilan kiydiriladi. Uzatma ishga tushirilganda tasmaning yetakchi tarmogi qo`shimcha tortiladi, yetaklanuvchi tarmoq esa bo`shashadi. Ya`ni:
F1-F =F -F (6)
Demak, yetakchi tarmoq ishga tushgandan keyin qancha taranglashsa, yetaklanuvchi tarmoq shunchaga bo`shashadi.
Tasma tarmoqlaridagi tarangliklar ayirmasi uzatilayotgan nagruzkani beradi. Ya`ni:
F =F1-F (7)
(7) va (6) ni birgalikda yechsak:
(8)
(9)
Uzatmani loyixalashda dastlabki taranglik kuchidan xosil bo`ladigan kuch quyidagicha qabul qilinadi:
(10)
bu erda, - dastlabki kuchlanish
S - tasmaning ko`ndalang kesim yuzasi
uchun quyidagilar tavsiya qilinadi:
Yassi tasmalar uchun: 1,0...2,0
Ponasimon tasmalar uchun: 0,12...0,15
Tasmali uzatmalarda quyidagi kuchlanishlar xosil bo`ladi:
1.Tasmaning yetakchi tarmogi tarangligidan xosil bo`ladigan kuchlanish quyidagicha aniqlanadi:
(11)
2.Tasmaning yetakchi shkiv ustida egilishidan xosil bo`ladigan kuchlanish quyidagicha aniqlanadi:
(12)
bu erda, - tasmaning qalinligi
D1 - yetaklovchi val diametri
E - tasmaning elastiklik moduli
3. Markazdan qochma kuch ta`siridan xosil bo`ladigan kuchlanish quyidagicha aniqlanadi:
bu erda, - tasmaning zichligi , kg m
V - tasmaning tezligi m s
Tasmadagi eng katta kuchlanish esa quyidagicha aniqlanadi:
So`nggi yillarda tasmali uzatmalarda tasmaning yangi turi—tishli tasmalar ishlatila boshladi. Bunday tasmali uzatmalar mavjud tasmali uzatmalarga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega.
Masalan, ularda sirpanish hodisasi sodir bo`lmaydi, gabarit o`lchamlari kichik, val va tayanchga tushadigan kuchlar katta emas, foydali ish koeffitsiеnti yuqori (0,94 ... 0,98) va katta (12 ...20) uzatish soni bilan ishlay oladi.
Ayrim hollarda 500 kVt gacha bo`lgan quvvatni 80 m|s tеzlik bilan uzata oladi. Tishli tasmalar ponasimon tasmalar kabi ma'lum uzunlikka ega bo`lib, bir butun qilib tayyorlanadi. Tasmadagi tish trapеtsiya shaklida bo`lib, unga mo`ljallangan shkiv sirtida ham shunga o`xshash tishlar bo`ladi. Shkivning tuzilishi tishli g’ildiraklarga o`xshash bo`lganligidan ularning gеomеtrik o`lchamlarini bеlgilaydigan asosiy paramеtr sifatida modul m= qabul qilingan (ON—6—0,7—5—63). Tish profilining burchagi 2 =50°, tasmadagi tishlarning soni esa 32 ... 160 oralig’ida bo`ladi. Tasma nеoprеn no`lli matеrialdan tayyorlanib, orasiga mеtall sim qo`yilgan bo`ladi. Aytarli katta bo`lmagan quvvat bilan ishlash uchun mo`ljallangan tasmalarda simning o`rniga mimatola yoki poliamiddan tayyorlangan shnurlar ishlatiladi. Ayrim hollarda nеoprеn o`rniga poliurеtan dеb ataladigan plastmassadan foydalaniladi.
Modulning tavsiya etilgan qiymati va tasmaning qolgan paramеtrlari haqidagi ma'lumotni quyidagi jadvaldan olish mumkin.
Tasmaning chidamliligi tish sirtida hosil bo`ladigan ezuvchi va uning asosidagi siljituvchi kuchlanishlar vositasida baholanadi. Bulardan uzatmalarni hisoblashda siljituvchi kuchlanish asos qilib olingan. Shuning uchun ham mavjud uzatmadagi tasmaning mustahkamligi quyidagicha tеkshiriladi:
(1)
bu еrda, F — aylana kuch; — nagruzkaning dinamikaviy koeffitsiеnti, uzatmaning vazifasi va yuklanishning ta'sir etish xaraktеriga bog’liq ravishda 1,1... 1,8 oralig’ida olinadi; - kichik shkiv bilan ilashishda bo`lgan tasma tishlarining soni:
YaSSİ TASMALİ UZATMALAR
Ponasimon tasmalar ixtiro etilgunga qadar asosan yassi tasmali uzatmalar ishlatilgan. Bu uzatmalarning tuzilishi oddiy, katta tezlik bilan harakatlanuvchi uzatmalarda ishlatish mumkin, FİK hamda tasmaning ishlash muddati nisbatan katta. Sanoatda turli ko`rinishdagi yassi tasmali uzatmalar ishlatiladi.
Yassi tasmalarni tayёrlash uchun ishlatiladigan materiallar
Yassi tasmalarning ko`ndalang kesimi eniga qaraganda sezilarli darajada kichik to`g’ri to`rtburchak shaklida bo`ladi. Bu xil tasmalar sanoatda, mashinasozlikda kO`p ishlatilib, har xil materiallardan tayёrlanib eni 1200 mm gacha bo`lishi mumkin.
Tasma uchun ishlatiladigan materiallar O`zgaruvchan kuchlanishlarga, yeyilishga chidamli bO`lib, ishqalanish koeffitsienti nisbatan yuqori bO`lishi kerak. Hozirgi vaqtda tasmalar asosan charm, ip gazlama, jun, sintetik materiallardan tayёrlanadi.
Rezinalangan tasmalar. Bu turdagi tasmalar 30 m/s gacha tezlik bilan harakatlanadigan uzatmalarda ishlatiladi. Bu tasmalar vulkanizatsiyalangan rezinalar ёrdamida bir-biriga ёpishtirilgan bir necha qavat gazlamadan iborat. Tasmaning gazlama qismi asosiy kuchlanishda ishlaydi, rezina esa gazlamani bir butun qilib ёpishtiradi va zarur ishqalanish koeffitsienti hamda egiluvchanlikni taminlaydi.
Tasmadagi gazlama qavatlar soni 2 – 9 ta bO`lishi mumkin. Bu turdagi tasmalarning kamchiligi shuki, ular moy, kerosin, benzin kabi moddalarning tasiriga chidamsiz.
Charm tasmalar. Bu turdagi tasmalar O`zgaruvchan yuklanishli, tezligi 40 – 45 m/s gacha bO`lgan kam hamda O`rtacha quvvat uzataoladigan uzatmalarda ishlatiladi. Tasmaning eni 20…300 mm. Charm nisbatan qimmat hamda kamёb bO`lganligi uchun kam ishlatiladi.
Jun tasmalar. Bu tasmalar quvvati O`rtacha va katta bO`lgan uzatmalarda ishlatiladi. Bu tasmalar egiluvchan bO`lganligi tufayli O`zgaruvchan yuklanishli uzatmalarda ishlatish tavsiya etiladi.
Sintetik tasmalar (GOST 17-96984) poliamid S-6-qorishmasi singdirilgan kapronli matoga poliamid asosida tayёrlangan kauchuk plenka, ёpishtirish yO`li bilan tayёrlanadi. Bu xil tasmalarning mustahkamligi yuqori, ishlash muddati uzoq, ishqalanish koeffitsienti nisbatan katta. Qalinligi 0,8; 0.1mm bO`lgan sintetik tasmalarni 60,90 N/mm kuchlar bilan uzish mumkin.
Yassi tasmalar ko`pincha uzun lentalar tarzida tayёrlanadi va rulon qilib O`ralgan holda saqlanadi. Shuning uchun uzatmalarda tasmalardan foydalanishda keragicha uzunlikda tasma qirqib olinib, ikki uchi ulanadi. Tasmalarning uchlari elimlash, tikish yO`li bilan hamda metall ulagichlar vositasida ulanadi
Ponasimon tasmali uzatmalar
Bu xil uzatmalarda ko’ndalang kesimi ponasimon shakldagi tasmalar O’ziga mos shaklli shkiv ariqchalariga O’rnashgan bO’ladi. Bunda shkiv ariqchalarining chuqurligi tasma kO’ndalang kesimining balandligidan kattaroq bO’lishi kerak, chunki tasma shkiv ariqchalariga joylashganda uning pastki sirti bilan shkiv orasida ochiq joy ∆ qolishi lozim. Tasmaning ёn ёqlari shkivdagi ariqchaning ёn ёqlariga butun yuzasi bilan ёpishgan bO’ladi. Bunda tasmaning sirtqi tomoni shkivning tashqi diametridan chiqib turmasligi kerak, agar bu shart bajarilmasa, shkiv ariqchalarining qirralari tasmani tezda ishga yaroqsiz holatga keltirib qo’yishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |