22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari


O’zbekiston Respublikasidagi tashkilotlarning jahon logistika tarmog‘iga integratsiyalanishi



Yüklə 115,04 Kb.
səhifə23/24
tarix28.11.2023
ölçüsü115,04 Kb.
#169186
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari-fayllar.org

1.2. O’zbekiston Respublikasidagi tashkilotlarning jahon logistika tarmog‘iga integratsiyalanishi
Hozirgi kun shart-sharoitlarida O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri uning savdo va transport majmualarini jahon logistika kengligiga tezlashtirilgan integratsiyalash, tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining erkin ko‘chishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘lib hisoblanadi.
2015–2018 yillarda O’zbekiston Respublikasida logistika tizimini rivojlantirish dasturi va tranzit potensialini rivojlantirish davlat dasturi amalga oshirilgan, ular ko‘p jihatdan bir-birini to‘ldiradi. Chunki tovarlarni tranzit qilish va xalqaro transport logistikasi davlatda infratuzilma ob’ektlarining umumiy jamlanmasi bo‘lishini talab qiladi – bu transport-logistika markazlari, avtomobil yo‘llari tarmog‘i (xalqaro avtomobil yo‘laklarining uchastkalarini ham o‘z ichiga olgan holda, yo‘l yoqasidagi servis ob’ektlaridir.

8.7.1. O’zbekistondagi avtomobil yo‘llari
O’zbekiston Respublikasida xalqaro logistikani rivojlantirishning muhimligi ko‘p jihatdan uning hududida logistik infratuzilmaning muhim elementi – umum foydalanadigan avtomobil yo‘llari tarmog‘ining borligi bilan belgilanadi. Respublika hududida 1 km2 ga to‘g‘ri keladigan avtomobil yo‘llarining zichligi 0,4 km ni tashkil qiladi (masalan, Rossiyaning Evropa qismida bu ko‘rsatkich 0,2 km ga teng).
Respublikamizdagi jami avtomobil yo‘llar tarmog‘i 184 ming km uzunlikda bo‘lib, undan 42695 kilometri – umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridir. Bundan tashqari, shahar ko‘chalari (7126 km), tuman markazlari ko‘chalari (12529 km), qishloq aholi punktlari ko‘chalari (64839 km), ichki xo‘jalik yo‘llari (32066 km) hamda korxona va tashkilotlarning idoraviy yo‘llari (24745 km) ham mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi "Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ("O‘zavtoyo‘l" DAK) tugatilib, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkil etildi.
Avtomobil yo‘llarini boshqarish bo‘yicha maxsus vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organi sifatida Davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib: avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnik siyosatni olib borish; avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash; avtomobil yo‘llarining xalqaro tranzit yo‘laklarini shakllantirish; avtomobil yo‘llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish va boshqa vazifalar belgilangan.
O’zbekiston Markaziy Osyiening markazida, sharqdan, shimoldan va janubdan keladigan savdo yo‘llarining chorrahasida joylashganligi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarining shakllanishini shartlagan (Transevropa transport yo‘laklari tarkibida). Respublika hududi bo‘ylab «E-40» kategoriyali xalqaro avtomobil yo‘llaridan O’zbekiston orqali o’tadigan Qo’ng’irot- Nukus - Dashxovuz - Buxara –Navoi- Samarkand- Jizzax -Toshkent marshrutlari mavjud.
Transport oqimlarining O’zbekiston Respublikasining nisbatan tor geografik maydonidagi tranzit yo‘laklar doirasida konsentratsiyalanishi yuklarni qayta yuklashning avtomobil transportidan foydalanish nuqtai-nazaridan bir-biridan optimal masofada joylashgan terminalli transport tugunlariga to‘planganligi mamlakatni xalqaro logistika tarmog‘iga integratsiyalash bilan, dunyoda yuk oqimlarining o‘sib borishi kontekstida mamlakatning tranzit potensialidan samarali foydalanish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasida logistika tizimini rivojlantirish dasturi qabul qilingunga qadar mamlakatda xalqaro logistikaning yana bir muhim infratuzilmaviy elementini shakllantirish jarayoni boshlangan: yuklarni jo‘natuvchidan qabul qilib oluvchiga yetkazib berish logistik sxemalarini amalga oshirish jarayonida, jumladan xalqaro yetkazib berishlar zanjiri tarkibida amalga oshirish jarayonida bajariladigan transport-ekspeditorlik xizmatlari va hamrohlik qiluvchi boshqa xizmatlarni amalga oshiradigan bir nechta transport-logistika markazlari (TLM) yaratilgan va jihozlangan. Ushbu transport-logistika markazlarida ombor infratuzilmasi yaratilgan, ularga muhandislik tarmoqlari, kirish-chiqish yo‘llari, kommunikatsiya vositalari o‘tkazilgan.

Yüklə 115,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin