22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə20/24
tarix29.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#104836
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
XALQARO LOGISTIKA RIVOJLANISHINING MUAMMOLARI

«Yagona bekat» va «yagona darcha» tamoyillarini amalga oshirishga keladigan bo‘lsak, shuni qayd qilish lozim bo‘ladiki, bu shunchaki texnologiya emas, bu - jahon bojxona tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan strategiyadir.
Zamonaviy bojxona rasmiylashtirishini bojxona operatsiyalarini kompyuterlashtirishsiz va kompyuterlashgan zamonaviy tizimlarni yaratmasdan turib amalga oshirib bo‘lmaydi. Tovarlarni bojxona tranzitining bojxona protsedurasiga joylashtirish va uni nazorat qilish uchun O’zbekiston bojxona organlari kompyuterlashtirilgan maxsus tizimdan foydalanadi. Bugungi kunda u Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasi bojxona organlarining xuddi shunday tizimlari bilan hamkorlik qilmoqda. Bu uchta davlatning bojxona organlariga tovarlarning yo‘nalishi va kirib kelishi to‘g‘risida elektron xabarlar bilan almashinish asosida samarali axborot o‘zaro harakatlarini yo‘lga qo‘yish imkonini bergan.
Huquqiy nuqtai-nazardan yuklarni xalqaro tashishning alohida turi turli mamlakatlarning bojxona organlari va ularning bojxona ittifoqlarining nazorati ostida tashish bo‘lib hisoblanadi. Bunda tovarni jo‘natuvchi - jo‘natuvchi bojxona, yukni qabul qiluvchi esa – qabul qiluvchi bojxona bo‘lib hisoblanadi. Bunday tashishning shartlari xalqaro tashish shartnomasi bilan emas, balki marshrutdagi bojxona hududida amal qiladigan bojxona qonunchiligi me’yorlari bilan belgilanadi. Mamlakatlarni qamrab olish va maxsus bojxona hujjatlaridan foydalanish alomati bo‘yicha yuklarni bojxona nazorati ostida tashish protseduralari milliy (bitta mamlakatning bojxona hududi doirasida) va xalqaro (bir nechta mamlakatning va ularning ittifoqlarining bojxona hududida) protseduralarga bo‘linadi. Xalqaro protseduralar xalqaro konvensiyalar bilan global va mintaqaviy darajalarda o‘rnatiladi.
MDH mamlakatlarida avtomobillar bilan xalqaro tashuvchilar orasida ko‘proq ommaviylashgani MDP daftarchalarini qo‘llash bilan yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risida BMT bojxona konvensiyasi bo‘lib hisoblanadi. Mintaqaviy bojxona protseduralari orasida tashuvchilar uchun “ST” Evropa protsedurasi va «SAD» yagona ma’muriy hujjatidan foydalanadigan “umumiy tranzit” protsedurasi ko‘proq muhim bo‘lib hisoblanadi [19, 245-bet].
Bojxona Ittifoqining Bojxona Kodeksi kuchga kirishi munosabati bilan O’zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston bojxona hududlarida amal qiladigan yagona moliyaviy kafolatlar tizimini ishlab chiqish zarurati vujudga kelgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) doirasida bojxona logistikasining rivojlanishida 2007 yilda Dushanbe shahrida imzolangan bir qator MDH mamlakatlarining yagona bojxona hududini yaratish va Bojxona Ittifoqini shakllantirish to‘g‘risidagi Shartnoma muhim voqea bo‘lgan. Uning yuqori organi davlat boshliqlari va hukumat boshliqlari darajasidagi davlatlararo kengashlar, doimiy faoliyat yurituvchi tartibga soluvchi organ esa – Bojxona Ittifoqining komissiyalari bo‘lib hisoblanadi.
Bojxona Ittifoqining yuqori organi va Bojxona Ittifoqi komissiyasining faol ishlashi tufayli 2009 yilda tomonlar Yagona Bojxona tarifi, Bojxona Kodeksi, Bojxona Ittifoqi Sudining maqomini ham o‘z ichiga olgan holda, Bojxona Ittifoqining shartnoma-huquqiy bazasini shakllantirishni nihoyasiga etkazish bo‘yicha bir qator tadbirlarni amalga oshirganlar.
2010 yil 1 iyuldan boshlab yangi Bojxona Kodeksi Rossiya bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarda qo‘llanila boshlagan, 2010 yil 6 iyuldan boshlab esa ularga O’zbekiston Respublikasi qo‘shilgan. Yagona bojxona hududini shakllantirish nihoyasiga etgan, va uchta davlatning Bojxona Ittifoqi kuchga kirgan. Tez orada unga Qirg‘iziston va Tojikistonning qo‘shilishi kutilmoqda.
Bojxona Kodeksida «bojxona rejimi» tushunchasining o‘rniga «bojxona protsedurasi» tushunchasi kiritilgan, bu deganda bojxona maqsadlari uchun Bojxona Ittifoqining bojxona hududi yoki undan tashqarida tovarlardan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf qilish talablari va shartlarini belgilaydigan me’yorlar jamlanmasi tushuniladi. Shunday qilib, har bir bojxona protsedurasi ko‘p jihatdan bojxona to‘lovlarini hisoblash va to‘lash tartibini, shuningdek ularning miqdorini belgilaydi.
Qonunchilik tomonidan bojxona protseduralarining 17 ta turi o‘rnatilgan:

  1. tovarlar va xizmatlarni ichki iste’mol uchun ishlab chiqarish;

  2. eksport;

  3. bojxona tranziti;

  4. bojxona ombori;

  5. bojxona hududida qayta ishlov berish;

  6. bojxona hududidan tashqarida qayta ishlov berish;

  7. ichki iste’mol uchun qayta ishlov berish;

  8. vaqtinchalik olib kirish;

  9. vaqtinchalik olib chiqish;

  10. reimport;

  11. reeksport;

  12. boj to‘lamasdan savdo-sotiq qilish;

  13. yo‘q qilish;

  14. davlat foydasiga voz kechish;

  15. erkin bojxona zonasi;

  16. erkin ombor;

  17. maxsus bojxona protsedurasi [5, 156-bet].

Bajaradigan roli nuqtai-nazaridan bojxona protseduralarini shartli ravishda ikkita guruhga ajratish mumkin:
birinchi guruh – tovarlardan foydalanishning qandaydir bir shartlari yoki cheklashlarning yo‘qligi bilan tavsiflanadigan ichki iste’mol, eksport, reimport, reeksport uchun ishlab chiqarishning bojxona protseduralari;
ikkinchi guruh – tovarlardan faqatgina qat’iy belgilangan maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yadigan qolgan barcha bojxona protseduralari.
Bir qator bojxona protseduralari tovarlarning kelib chiqish mamlakatiga nisbatan qo‘shimcha talablarni qo‘yadi. Bojxona protsedurasini erkin tanlash va o‘zgartirish tamoyili sababli shaxs har qanday bojxona protsedurasini tanlash yoki uni boshqasiga almashtirish huquqiga ega. Tanlash tovar hali bojxona maqsadlari uchun maqomga ega bo‘lmagan paytda amalga oshiriladi. Bojxona protsedurasini tanlash huquqi, masalan, shaxs tovarlarni Bojxona Ittifoqining bojxona huduliga olib kirganda yoki ularni bu hududdan olib chiqqanda amalga oshiriladi. Bojxona protsedurasini boshqasiga o‘zgartirish faqatgina rejimning amal qilish davrida mumkin bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra, bunga sabab shaxsning Bojxona Ittifoqining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilgan tovarga nisbatan maqsadining o‘zgarishi yoki tanlangan bojxona protsedurasining amal qilish muddatining tugashi bo‘lib hisoblanadi.
Endi Bojxona Ittifoqi doirasida amal qiladigan bojxona protseduralarining mohiyatini qisqacha ko‘rib chiqamiz:
– ichki iste’mol uchun ishlab chiqarish: Bojxona Ittifoqining bojxona hududiga joylashtiriladigan xorijiy tovarlardan uning hududida hech qanday cheklashlarsiz foydalaniladi va tasarruf qilinadi;
– eksport – berilgan bojxona hududi chegaralaridan tashqarida doimiy joylashtirish uchun mo‘ljallangan tovarlarni Bojxona Ittifoqining bojxona hududining chegaralaridan tashqariga olib chiqish;
– bojxona tranziti: tovarlar jo‘natuvchi bojxona organidan qabul qiluvchi bojxona organigacha butun Bojxona Ittifoqining bojxona hududi bo‘ylab, shuningdek, Bojxona Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlat hududi orqali bojxona nazorati ostida, bojxona bojlari va soliqlarini to‘lamasdan, ta’qiqlar va cheklashlarni qo‘llash bilan (notarif va texnik tartibga solish choralaridan tashqari) tashiladi;
– bojxona ombori: xorijiy tovarlarni bojxona omborida bojxona nazorati ostida belgilangan muddat davomida bojxona bojlari va soliqlarini to‘lamasdan va notarif tartibga solish choralarini qo‘llamasdan saqlash. Ushbu protsedura yaroqlilik muddati va (yoki) ularni sotish muddati ular deklaratsiyalangan kunda 180 taqvim kunidan kam bo‘lgan xorijiy tovarlarga, shuningdek Bojxona Ittifoqi komissiyasinig qarori bilan belgilangan ro‘yxatga kiritilgan tovarlarga nisbatan qo‘llanilmaydi;
– bojxona hududida qayta ishlov berish – xorijiy tovarlardan Bojxona Ittifoqining bojxona hududida belgilangan muddatlarda, olib kirish bojxona bojlari va soliqlarini to‘lashdan to‘liq shartli ozod qilish bilan va notarif tartibga solish choralarini qo‘llamasdan, qayta ishlangan mahsulotlarni keyinchalik Bojxona Ittifoqining bojxona hududi chegaralaridan tashqariga olib chiqish bilan qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydalanish;
– bojxona hududidan tashqarida qayta ishlov berish – bojxona Ittifoqining tovarlari belgilangan muddatlarda, olib chiqish bojxona bojlari va soliqlarini to‘lashdan to‘liq shartli ozod qilish bilan va notarif tartibga solish choralarini qo‘llamasdan, qayta ishlangan mahsulotlarni keyinchalik Bojxona Ittifoqining bojxona hududiga olib kirish bilan Bojxona Ittifoqining zonalaridan tashqarida qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan bojxona protsedurasi;
– ichki iste’mol uchun qayta ishlov berish – xorijiy tovarlardan Bojxona Ittifoqining bojxona hududida belgilangan muddatlarda, olib kirish bojxona bojlari va soliqlarini to‘lamasdan, ta’qiqlar va cheklashlarni qo‘llash bilan, jumladan maxsus himoyalash, antidemping va kompensatsiyalash choralarini qo‘llash bilan bog‘lanadigan cheklashlarni qo‘llash bilan, qayta ishlangan mahsulotlarni keyinchalik qayta ishlash mahsulotlariga qo‘llaniladigan stavkalar bo‘yicha olib kirish bojxona bojlarini to‘lash bilan ichki iste’mol uchun ishlab chiqarish bojxona protsedurasiga joylashtirish bilan qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan bojxona protsedurasi;
– vaqtinchalik olib kirish – xorijiy tovarlardan Bojxona Ittifoqining bojxona hududida belgilangan muddatlarda, olib kirish bojxona bojlari va soliqlarini to‘lashdan shartli ozod qilish (to‘liq yoki qisman) bilan va notarif tartibga solish choralarini qo‘llamasdan, keyinchalik reeksport bojxona protsedurasiga joylashtirish bilan foydalaniladigan bojxona protsedurasi. Ushbu rejim – talab eng katta bo‘lgan rejim bo‘lib hisoblanadi;
– vaqtinchalik olib chiqish – tovarlar olib chiqish bojlarini to‘lashdan to‘liq ozod qilish bilan va notarif tartibga solish choralarini qo‘llamasdan, keyinchalik reimport bojxona protsedurasiga joylashtirish bilan Bojxona Ittifoqining bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan va belgilangan muddat davomida bojxona hududidan tashqarida foydalaniladigan bojxona protsedurasi;
– reimport – Bojxona Ittifoqining bojxona hududidan oldin olib chiqilgan tovarlar olib kirish bojxona bojlari va soliqlarini to‘lamasdan va notarif tartibga solish choralarini qo‘llamasdan qaytarib olib kiriladigan bojxona protsedurasi;
– reeksport – Bojxona Ittifoqining bojxona hududiga oldin olib kirilgan tovarlar yoki bojxona hududida qayta ishlov berish bojxona protsedurasiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash mahsulotlari olib chiqish bojxona bojlari va soliqlarini to‘lamasdan va (yoki) to‘langan olib kirish bojlari va soliqlarini qaytarib berish bilan va notarif tartibga solish choralarini qo‘llamasdan bu hududdan olib chiqiladigan bojxona protsedurasi;
– boj to‘lamasdan savdo-sotiq qilish – tovarlar boj to‘lamasdan savdo-sotiq qilinadigan do‘konlarda Bojxona Ittifoqining bojxona hududidan tashqariga chiqadigan jismoniy shaxslarga, yoki xorijiy diplomatik vakolatxonalarga, xularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek diplomatik agentlar, konsulliklarning mansabdor shaxslari va ularning ular bilan birga yashaydigan oila a’zolariga bojxona bojlari va soliqlarini to‘lamasdan va notarif tartibga solish choralarini qo‘llamasdan sotiladigan bojxona protsedurasi;
– yo‘q qilish – xorijiy tovarlar bojxona nazorati ostida olib kirish bojxona bojlari va soliqlarini to‘lamasdan va notarif tartibga solish choralarini qo‘llamasdan yo‘q qilinadigan bojxona protsedurasi. Tovarlarni yo‘q qilish deganda tovarlarni zararsizlantirish, to‘liq yo‘q qilish yoki ular o‘zlarining iste’mol xususiyatlari va (yoki) boshqa xususiyatlarini to‘liq yoki qisman yo‘qotadigan, iqtisodiy foydali usul bilan boshlang‘ich holatga qayta tiklanmaydigan boshqa biror holatga keltirish tushuniladi;
– davlat foydasiga voz kechish – xorijiy tovarlar bojxona to‘lovlarini to‘lamasdan va notarif tartibga solish choralarini qo‘llamasdan qaytarib bermaslik sharti bilan davlat tasarrufiga – Bojxona Ittifoqining a’zosining tasarrufiga o‘tkaziladigan bojxona protsedurasi;
– erkin bojxona zonasi bojxona protsedurasi – erkin iqtisodiy zonaning rezidenti tomonidan uning uchun belgilangan bojxona zonasida uning faoliyat ko‘rsatish muddati davomida xorijiy tovarlarni saqlash, foydalanish, shuningdek qayta ishlashga (jumladan, mos keluvchi operatsiyalarda Bojxona Ittifoqi hududida ishlab chiqarilgan tovarlardan foydalanish bilan) yo‘l qo‘yiladigan bojxona protsedurasi;
– erkin ombor – xorijiy tovarlar bojxona bojlari va soliqlarini undirmasdan va ularga nisbatan iqtisodiy siyosat choralarini qo‘llamasdan mos keluvchi hududiy chegaralarga yoki binolarga (joylarga) joylashtiriladigan va foydalaniladigan, Bojxona Ittifoqi hududida ishlab chiqarilgan tovarlar esa eksport bojxona rejimiga muvofiq olib chiqishda amal qiladigan shartlarda joylashtiriladigan va foydalaniladigan boj’ona protsedurasi;
– maxsus bojxona protsedurasi – Bojxona Ittifoqining bojxona hududida yoki uning segaralaridan tashqarida tovarlarning ba’zi bir kategoriyalaridan bojxona maqsadlari uchun foydalanish va (yoki) tasarruf qilishning talablari va shartlarini belgilaydi. Ushbu protsedura davlatlar – Bojxona Ittifoqining a’zolarining amaldagi qonunchiligi bilan, shartlarga muvofiq va Bojxona Ittifoqi komissiyasining qarori bilan belgilangan tovar kategoriyalariga nisbatan o‘rnatiladi [5, 174-bet].
Suni qayd qilish lozimki, amaldga bojxona protseduralari potensial jihatdan mamlakatda xalqaro logistikani rivojlantirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi, chunki ular logistik protseduralarning faol tarzda rivojlanishiga ko‘maklashishi ham, ularni sekinlashtirishi ham mumkin.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin