Soliqlar va soliq to‘lovlari qonunchilikda belgilangan miqdorda va tartibda sotish narxlari va tariflariga kiritiladi. O’zbekiston Respublikasiga karantin ostidagi materiallarni olib kirishga eksporter mamlakatning davlat karantin xizmati organlari yoki o‘simliklarni himoya qilish organlari tomonidan berilgan, olib kiriladigan mahsulotning karantin holatini shahodatlaydigan karantin (fitosanitariya) sertifikati bor bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi. O’zbekiston Respublikasiga karantin ostidagi materiallarni olib kirishga eksporter mamlakatning davlat karantin xizmati organlari yoki o‘simliklarni himoya qilish organlari tomonidan berilgan, olib kiriladigan mahsulotning karantin holatini shahodatlaydigan karantin (fitosanitariya) sertifikati bor bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi. O’zbekiston Respublikasida soliqlarni to‘lash O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Soliq stavkalari (bazaviy va pasaytirilgan) va unifikatsiyalangan soliq stavkalari O’zbekiston Soliq Kodeksi bilan belgilangan. Chet davlarlarning hududida bo‘lish bilan yuklar va yo‘lovchilarni xalqaro tashishlarni amalga oshiradigan avtotransport vositalari tashishni amalga oshirish bilan bog‘lanadigan turli soliqlar va yig‘imlarni to‘lashda milliy qonunchilikka amal qiladi (xalqaro shartnomalarda boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan hollarda) [19, 89-bet].
8.5. Xalqaro logistikaning bojxona ta’minotining asoslari
Logistikada ishlab chiqarish, transport, ombor, axborot, moliya va tijorat tarkib toptiruvchilar o‘zaro organik bog‘lanishda bo‘ladi. Agar gap xalqaro logitika doirasida tashqi savdo oqimlarini boshqarish xususida boradigan bo‘lsa, u holda ularning tutashmasida yana bojxona elementi ham vujudga keladi, u logistikaning o‘zining tamoyillari, uslublari va instrumentlariga ega bo‘lgan mustaqil tarmog‘ini tashkil qiladi.
Bojxona logistikasibojxona tarif va notarif tartibga solish tizimiga asoslanadi, uning faoliyat ko‘rsatish tamoyili tashqi savdo bitimining barcha ishtirokchilarining manfaatlari yo‘lida tovarlarning bojxona chegaralari orqali ko‘chishi va keyinchalik iqtisodiy aylanmaga kiritilishi bilan bog‘lanadigan protseduralarni amalga oshirishga ketadigan vaqt sarflari va moliyaviy sarflarni optimallashtirish bo‘lib hisoblanadi [20, 167-bet]. Jahon iqtisodiyotining globallashish jarayoni iqtisodiy kenglikda tovar, axborot, moliya oqimlarining miqdor va sifat jihatidan o‘sishini chaqiradi va ularni o‘z vaqtida yetkazib berish muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Shunday qilib, manfaatdor shaxslar qatoriga faqatgina tovarni jo‘natuvchi va qabul qilib oluvchi emas, balki tashuvchi, ekspeditor, ombor terminalining sohibi, bojxona organlari va boshqa davlat boshqarish organlari kiradi. Shu sababli logistik yondashuvda yagona tovar o‘tkazuvchi tizimni transport, ombor, axborot, bojxona elementlariga ajratish bilan alohida tarkib toptiruvchilarga ajratish juda qiyin.
Xalqaro logistik zanjirning har bir ishtirokchisi o‘zining iqtisodiy maqsadlariga qarab intiladi, ularni logistik tizimni qurishning umumiy maqsadiga transformatsiyalaydi. Masalan, davlat pozitsiyasidan logistik yondashuvning qo‘llanilishi tashqa savdo aylanmasi va bojxona to‘lovlari hajmining ortishiga olib kelishi lozim. Eksporterlar va importerlarning fikriga ko‘ra, samarali xalqaro logistika tizimlarini qurish moliyaviy xarajatlar va vaqt sarflarini optimallashtirish imkonini beradi. Logistik autsorserlar logistik yondashuvni amalga oshirishdan eksport-import oqimlari hajmlarining ortishi, va shundan kelib chiqqan holda, daromadlarning ortishi tufayli manfaatdor bo‘ladi.