22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə14/24
tarix29.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#104836
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
XALQARO LOGISTIKA RIVOJLANISHINING MUAMMOLARI

Tashqi savdo shartnomasi – bu tashqi savdo operatsiyasining tomonlar o‘rtasida erishilgan bitimdan guvohlik beruvchi asosiy tijorat hujjatidir. Tashqi savdo shartnomasining predmeti tovar oldli-sotdisi, pudrat ishlarini bajarish, ijara, litsenziyalash, sotish huquqini taqdim qilish, konsignatsiya va boshqalar bo‘lishi mumkin [5, 130-bet].
Tashqi savdo shartnomasining tuzilishi va mazmuni, qoidaga ko‘ra, kelishuv predmetining spetsifikasi va kontragentlarning yaqinlik darajasiga bog‘liq ravishda individual xarakterga ega bo‘ladi. Shunga qaramasdan, shartnomaning asosiy moddalari ma’lum bir ketma-ketlikda joylashadi:
– shartnomaning tomonlari va predmetini aniqlash;
– shartnomaning predmetining miqdor va sifat tavsiflari;
shartnomaning qiymati;
– yetkazib berish muddati va sanasi;
– shartnomaning bazis shartlari;
– to‘lov shartlari (naqd pulda yoki chek bilan to‘lash, bank ko‘chirmalari, inkasso, akkreditiv, kredit hisobiga);
– jarima choralari;
– o‘rash va tamg‘alash shartlari;
– kafolatlar;
– sug‘urta shartlari;
– fors-major va arbitraj holatlari.
Tashqi savdo shartnomasining maxsus masalalari (masalan, texnik shartlar, o‘rash va tamg‘alashning xarakteri) shartnomaning asosiy matniga kiritilishi yoki ilovalar ko‘rinishida rasmiylashtirilishi mumkin, bu ilovalar shartnomaning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.
Xalqaro logistika pozitsiyalaridan tashqi savdo shartnomasining muhim moddasi “Shartnomanig bazis shartlari” punkti bo‘lib hisoblanadi. Shartnomani tuzishda tomonlar tovarni sotuvchidan iste’molchiga yetkazib berish bilan bog‘lanadigan ko‘p sonli majburiyatlarni o‘zaro aniq taqsimlab olishlari lozim (tashish, yo‘lda sug‘urtalash, bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqalar). Yetkazib berishning bazis shartlari shartnomanig tomonlarining huquq va majburiyatlarini tushunishini unifikatsiyalash uchun ishlab chiqilgan. Ular sotuvchi va xaridorning tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlarini belgilaydi, tovarning tasodifan halokatga uchrashi yoki shikastlanishi xavfining sotuvchidan xaridorga o‘tish momentini belgilaydi, tovarlarni yetkazib berish operatsiyalarini soddalashtiradi. Bazis shartlari xalqaro savdoda umum tomonidan tan olingan bo‘lib hisoblanadi, va qoidaga ko‘ra, alohida mamlakatlar, portlar, savdo tarmoqlarining tijorat amaliyotida tarkib topgan savdo urf-odatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Xalqaro savdo palatasi tijorat atamalarini talqin qilishga nisbatan umumiy yondashuvni ishlab chiqish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirgan. U 1936 yildan buyon “Atamalarni talqin qilishning xalqaro qoidalari” ni («Inkoterms») nashr qiladi, uning oxirgi tahriri 2010 yilda chiqqan.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin