O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligiga bag’ishlanadi
DUNYO
SIYOSAT
JAMIYAT
Qayta ishlangan va to’ldirilgan
10-nashr
Ushbu qo’llanma-ma’lumotnoma yoshlarning ommabop va muxtasar bilimlarga ega bo’lishlariga xizmat qiladi.
Qo’llanma o’qituvchilar, talabalar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari, abituriyentlar, turli kasb egalari va barcha bilimga qiziquvchilarga mo’ljallangan.
Ushbu qo’llanmani yaratilishiga (2000 yil) professor A.P.Parpiyevning g’oyasi asos bo’lgan.
Qo’llanmani ushbu nashrini tayyorlashda mamlakatimizning turli go’shalaridan taklif va istaklar bilan murojaat qilganlarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Ushbu kitobning 10 nashriga 127 o’zgartirish, to’ldirish islox qilish, aniqlik kiritish, yangilash amalga oshirildi.
Barcha ma’lumotlar rasmiy manbalarga asoslangan.
Kitobning adadi (tiraji) o’zgarishi bilan ma’lumotlar isloh qilinadi va yangilanib boriladi.
Tuzuvchi: Orif Ayupov, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Taqrizchilar: M.Isxoqov, tarix fanlari doktori, professor.
O.Ikromov, tarix fanlari nomzodi.
ISBN: 978-9943-6068-7-6
KBK: 66.2
UO’K: 316
D: 99 @ Orif Ayupov, @ @”Ziyo” nashriyoti, 2019.
O’zbekiston Respublikasi
Respublika hududi -448,97 ming kv. kilometr*
Davlat chegarasining Afg’oniston bilan uzunligi – 137 km., Qozog’iston – 2203 km., Qirg’isizton – 1099 km., Tojikiston – 1161 km., Turkmaniston bilan – 1621 km. Jami 6221 km. O’zbekiston dunyo suv havzasiga chiqish uchun ikki mamlakat hududidan o’tishi kerek bo’lgan jahondagi ikki davlatdan biri bo’ladi. Lixtenshteyn bilan birgalikda.
Aholisi – 34 mln. dan oshdi (fevral, 2020 yil)
Poytaxti – Toshkent shahri
O’zbeksiton Respublikasi tarkibida:
Qoraqalpog’iston Respublikasi
Viloyatlar – 12 ta
Barcha shaharlar – 119 ta**
Shahar pasyolkalari – 1071 ta
Qishloq aholi punktlari – 11015 ta
Mahallalar soni – 9756 ta
Valyutasi – so’m
Internet domeni – UZ
Xalqaro telefon ko’di - +998
Vaqt mintaqasi - +5
*O’zbekiston Respublikasi Hukumat portalidan olingan.
**Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarga bo’ysinuvchi shaharlar.
O’zbekiston aholisi
O’zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2019 yil oktyabr holatiga 33086,0 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 428,5 ming kishiga yoki 1,3 %ga o’sgan. Jumladan, shahar aholisi soni 16728,0 ming kishini (jami aholi sonidan ulushi 50,5%), qishloq aholisi soni 16358,0 ming kishini (49,5%) tashkil etdi.
Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko’rsatadiki, 2019 yil 1 oktyabr holatiga eng ko’p aholi soni Samarqand viloyatida 3833,1 ming kishini (respublika aholisi sonidagi ulushi 11,2%ni) va Farg’ona viloyatida 3711,2 ming kishini (11,1%), aksincha eng kam aholi soni Sirdaryo viloyatida 836,9 ming kishini (2,5%) va Navoiy viloyatida 986,4 ming kishini (3,0%) tashkil etdi.
Hududlar kesimida aholining eng yuqori o’sish sur’ati 2018 yilning mos davriga nisbatan Surxandaryo viloyatida 2,2%ni,
Dostları ilə paylaş: |