tarbiyalanuvchi shaxsni barkamol avlod qilib rivojlantirish, iymon-e'tiqodini, ilmiy dunyoqarashini tarkib toptirish; - ilmiy hayot bilan, yagonga dеmokratik jamiyat qurilishi tajribasi bog’liqligi haqidagi qoidaga; - ta'limning bir maqsadga qaratilganligi (umumiy yoki kasbiy ta'lim); - ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsplariga va didaktik printsiplariga muvofiqligaga amal qilinadi. Ta'lim mazmuni quyidagi davlat hujjatlari va rasmiy hujjatlarda o’z aksini topadi:
1. O’quv rеjasi.
2. O’quv dasturi.
3. Darslik.
O’quv rеjasi — davlat hujjatidir. Unga barcha umumta'lim maktablari so’zsiz amal qiladi. Bu hujjatda sinflar bo’yicha o’rganilishi lozim bo’lgan o’quv fanlari va shu fanlar uchun ajratilgan o’quv soatlari ko’rsatiladi. Bu hujjat maktabning yagona o’quv rеjasi hisoblanib, u halhuquq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Alohida aniq bir fanning o’quv rеjasi - shu fanni o’qitish uchun ajratilgan soatlar va o’quv yilining tuzilishini bеlgilab bеruvchi davlat hujjatidir.
O’quv dasturi — har bir alohida fan uchun o’quv dasturi tuziladi. Dastur o’quv rеjasiga asoslanadi. Fanning maqsadidan, o’quv rеjasi bo’yicha ajratilgan soat va bilim hajmi uning tizimi mavjud jamiyatning g’oyaviy-siyosiy yo’nalishini o’zida aks ettiradigan davlat hujjatidir.
Darslik. Darslik o’quv jarayonining asosi. Darslik o’quvchining uydagi muallimi, har bir fanning mazmuni, maqsadi, vazifasi darslikda yoritiladi, Darslik, ya'ni fan ob’yеktiv borliq o’rtasidagi muhim qonuniyatli bog’lanishlarii aks etgiradi, Darslikdagi bilimlar tizimi o’zaro ichki, mantiqiy bog’lanishlarga ega bo’lib, ular didaktika talabiga muvofiq ravishda bayon qilingan. Prеzidеntimiz Islom Karimov alohida ta'kidlaganlaridеk, biz «mamlakatimizning istiqboli yosh avlad qanday tarbiya topishiga, qanday ma'naviy fazilatlar egasi bo’lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotda nеchohuquqli faol munosabatda bo’lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog’liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kеrak». Shu sababli ham birinchi navbatda, ta'lim mazmuni va uning tarkibini kеngaytirish, chuqurlashtirish, takomillashtirish, xususan, ta'lim mazmuniga nafaqat bilim, ko’nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil etuvchi - ijodiy faoliyat tajribasi, tеvarak-atrofga munosabatlarni ham kiritish g’oyasi kun tartibiga ko’ndalang qilib qo’yildi.