23 Eronning iqtisodiy geografik orni tabiy resurslari aholisi va
23 Eronning iqtisodiy geografik orni tabiy resurslari aholisi va xojaligi.
Eron Islom Respublikasi (forscha: جمهوری اسلامی ایران - Jomhuri ye Eslāmi ye Irān), qisqacha Eron (forscha: ایران - Irān) — Gʻarbiy Osiyodagi mamlakat. Poytaxti — Tehron shahri. Maydoni 1 648, 95 km², aholisi soni 86 835 152 kishi (2023). Pul birligi — Eron riali. Maʼmuriy jihatdan 31 ta ustonga boʻlinadi. Yirik shaharlari: Mashhad, Karaj, Tabriz, Sheroz, Isfahon, Ahvoz. Gʻarbdan Iroq (Kurdiston viloyati), shimoli-sharqdan Armaniston, Ozarbayjon va Turkiya bilan, shimoldan Turkmaniston, sharqdan Afgʻoniston va Pokiston bilan chegaradosh. Eron hududi shimol tomondan Kaspiy dengizi, janubdan Hind okeanining Fors va Ummon koʻrfazlari bilan yuviladi. Eron qadimiy qoʻlyozmalarga koʻra qariyb besh ming yillik boy tarixga ega. Ushbu mamlakat hududidagi ilk davlat — Elam, eramizdan avvalgi 3-mingyillikda Eronning hozirgi Xuziston ustoni hududida vujudga kelgan. Amaldagi konstitutsiyasi 1979-yil 2—5-dekabrdagi referendumda tasdiqlangan, keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Konstitutsiya boʻyicha davlatning oliy rasmiy shaxsi — Eron Islom Respublikasi Rahbari (1989-yildan Said Ali Xomanaiy). Undan keyingi oliy rasmiy shaxs — prezident (2021-yildan Ibrohim Raisiy). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Islomiy Kengash majlisi (parlament), ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.Eron bolalarni qatl qilish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadi. Eron Old Osiyo togʻligi mintaqasining sharqiy qismida joylashgan va Eron togligining gʻarbiy qismini egallagan. Eron shimolda Kaspiy dengiziga tutash, janubda Fors va Ummon qoʻltiqlari bilan oʻralgan (ushbu qoʻltiqlardagi Keshm, Xoʻrmuz, Xark va boshqalar orollar Eronga tegishli). Sohillari pasttekislik, ayrim joylari mangra chakalakzorlari bilan qoplangan. Yer yuzasining yarmidan koʻprogʻi togʻli. Mamlakat hududining chekkalarida Shimoliy Eron, Sharqiy Eron va Janubiy Eron togʻlari joylashgan. Eron togʻlari orasida Elburs togʻlari (Damovand choʻqqisi Eronning eng baland nuqtasidir, 5604 m) va Turkmaniston Xuroson togʻlari alohida ajralib turadi. Eronning janubiy gʻarbida Zagros togʻ tizmasi joylashgan. Chekka tizmalar oralarida 1000–2000 m balandlikdagi yassitogʻliklar bor. Eronning gʻarbida, Armaniston togʻligida soʻngan vulkanlar, ichki yassitogʻliklarda choʻl va landshaftli botiqlar mavjud. Eronning janubiy sohilini Garmsar tekisligi egallagan. Eron neft va gaz zaxiralariga boy. Toshkoʻmir, temir va xrom rudalari, noyob elementlar, polimetall va mis rudalari, boksit, oltingugurt, surma, barit, tuz konlari va boshqalar bor. 2015-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Eron aholisi 78 million 408 ming 412 kishini tashkil etadi. 2011-yilda mamlakatda oʻtkazilgan aholi sonini sanash va roʻyxatga olish natijalariga koʻra, Eron aholisi soni 75 million 149 ming 669 kishini tashkil etgan edi[4]. Aholining oʻrtacha zichligi — 42 kishi/km² ga. 1979-yildan beri Eron aholisi ikki baravarga oʻsdi va 2006-yilga kelib 70 495 782 kishini tashkil etdi. Soʻngi yillarda ushbu rekord oʻsish templari susaygan. 2009-yilning may oyi holatiga koʻra, Eron aholisining 60 % dan oshigʻi 30 yoshga toʻlmagan edi. Aholi orasidagi savodxonlik 85 % dan oshiq va ushbu koʻrsatkich yildan-yilga yaxshi tomonga oʻzgarmoqda. Mamlakat aholisining 70 % dan koʻprogʻi shaharlarda istiqomat qiladi. Eronda tugʻilganlarning 4 milliondan oshigʻi Erondan tashqarida yashaydi. Ularning asosiy qismi 1979-yilda mamlakatda yuz bergan Islom inqilobi dastidan qochganlardir. Ushbu qochqinlar hozirda asosan AQSH, Kanada, Avstraliya va Yevropa mamlakatlarida istiqomat qiladi va deyarli barchasi ushbu mamlakatlar fuqaroligini olgan. 1996-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Eronning oʻzida 1 milliondan oshiq qochqinlar mavjud boʻlgan. Ularning asosiy qismi urush va qiyin iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat tufayli Afgʻoniston va Pokistonning Vaziristoniga kiruvchi viloyatlardan kelgan. Eronda 30 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Aholisining 75 % dan oshigʻini eroniy tillar va eroniy xalqlar guruhiga kiruvchi xalqlar: forslar, kurdlar, lurlar, mozandaronlar, gilaklar, balujlar, tolishlar, baxtiyoriylar, pushtunlar, tojiklar va boshqalar tashkil etadi. Turkiy tillar va turkiy xalqlar guruhiga kiruvchi ozarbayjonlar va turkmanlar, shuningdek boshqa millatlardan, arablar, armanlar, ossuriyaliklar, gruzinlar, loʻlilar va boshqalar ham yashaydi. Ushbu millatlarning 65 % dan oshigʻini forslar, taxminan 15 % ozarbayjonlar, 10 % kurdlar, 6 % lurlar, 2 % arablar, turkmanlar 2 %, boshqalar 3 %. Eron aholisi dindorlarining asosiy qismi musulmonlardir, yaʼni aholining 98 % ni musulmonlar tashkil etadi. Ulardan 89 % islomning shia mazhabiga, 9 % islomning sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladi. Eronda davlat dini — islom dinining shia mazhabidir. Bahrayn, Iroq va Ozarbayjondagi kabi, Eronda mamlakat dindorlarining yarmidan koʻpi shialik mazhabiga eʼtiqod qiluvchilardir. Eronda ushbu mazhab uchun muqaddas sanaladigan ikki shahar joylashgan. Bular: Mashhad va Qum shaharlaridir. Eron — neft sanoati rivojlangan agrar industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi 21,3 %, sanoat 32,7 % (jumladan, neft va gaz qazib olish 18,7 %)ni tashkil etadi. Sanoatida neft, gaz, koʻmir, xrom, qoʻrgʻoshin, rux, mis, marganets va temir rudalari qazib olish katta ahamiyatga ega. Yiliga oʻrtacha 85 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Neftni qayta ishlash, neft kimyosi korxonalari bor. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati rivojlangan. Hunarmandchilik (gilam toʻqish, metall buyumlar tayyorlash) bilan ham shugʻullaniladi. Qishloq xoʻjaligi mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmogʻi hisoblanadi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Asosiy oziq-ovqat ekini — bugʻdoy; shuningdek, arpa, sholi, dukkakli don ekinlar ekiladi. Bogʻdorchilik (oʻrik, shaftoli, anjir, pista, xurmo, behi, anor, sitrus mevalar, yongʻoq va boshqalar), tokchilik, sabzavotchilik va polizchilik bilan mamlakatning hamma qismida shugʻullaniladi. Paxta ekiladi, qand lavlagi, shakarqamish, tamaki yetishtiriladi, choy oʻstiriladi. Chorvachiligida qoʻy, echki, qoramol, eshak, tuya, ot, xachir boqiladi. Parrandachilik rivojlangan. Pillachilik bilan shugʻullaniladi. Fors qoʻltigʻi va Kaspiy dengizida baliq ovlanadi. Pul birligi — rial. Transport yoʻlining uz. 7,3 ming km. Ichki yuklarning asosiy qismi avtomobil transportida tashiladi. Avtomobil yoʻllarining uz. 167 ming km. Dengiz savdo floti tonnaji 8345 ming t dedveytni tashkil etadi. Fors qoʻltigʻidagi asosiy portlari: BandarAbbos, BandarHumayniy, Bushir, Xark, Obodon, BandarMohshahr; Kaspiy dengizida — Enzeli, Novshahr, Amirobod. Tehron, Sheroz, Isfahon, BandarAbbos, Obodon, Tabrizda xalqaro aeroportlar bor. Eron chetga neft va neft mahsulotlari, gilam, gaz, paxta, meva, teri, metall buyumlar chiqaradi; chetdan oziq-ovqat, mashina va jihozlar, sanoat xomashyosi oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Italiya, Kuvayt, BAA va boshqalar mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. Eronda xorijiy sayyohlik rivojlangan. Eron Islom Respublikasi Osiyoning Janubi-G‘arbida joylashgan mamlakat. Eron bilan shimoli-g‘arbdan chegaralanuvchi Turkiyadan, sharqdagi Afg‘oniston va Pokistondan, g‘arbdagi Iroqdan maydon jihatidan ustun turadi. Agar Yevropa davlatlari bilan taqqoslasa, u holda Angliya, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Shvesariyani birga qo‘shib olganda Eron xududiga teng bo‘ladi. Osiyo davlatlaridan faqat Xitoy va Hindiston maydondan kichik. G‘arbdan Iroq (1458 km) va Turkiya bilan (499 km), shimolda Turkmaniston (992 km), Ozarbayjon (611 km) va Armaniston bilan (35 km), Sharqda Afg‘oniston (936 km) va Pokiston (909 km) bilan, janubda Fors ko‘rfazi va Ormuz bo‘g‘ozi suvlari bilan, shimolda Kaspiy dengizi suvlari bilan yuvilib turadi. Chegarasining umumiy uzunligi 5440 km, sohilbo‘yining uzunligi 2440 km (Kaspiy dengizi sohillarining uzunligi 740 km). Eron xududining umumiy maydoni 1.648.000 km ², shu jumladan quruqlik maydoni 1.636.000 km ². Mamlakat poytaxti – Tehron. Eron rivojlanishning kapitalistik yo‘lini tanlagan rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Neftdan kelayotgan katta daromadga tayanib mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar o‘tkazildi. So‘nggi yillarda Eron xo‘jaligini rivojlantirishda katta yutuqlarga erishdi, endilikda qoloq mamlakatdan agrar-industrial mamlakatga aylandi.Neft savdosidan tushayotgan katta miqdordagi chet el valyutasini Eron sanoatini rivojlantirishga sarflamoqda. Sanoatning yangi tarmoqlari tashkil qilindi, jumladan neftkimyo, mashinasozlik, avtomobilsozlik, aviatsiya, harbiy, metallurgiya sanoatlari rivojlandi. Eron rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam beruvchi mamlakatga aylandi. U deyarli Tehron darvozasidan boshlanib g‘arbdan sharqqa 400 km ga cho‘zilib, kengligi 250 km ga yetadi. U bir qator sho‘rxok cho‘kmalaridan tashkil topgan. Ularning balandligi 600-800 m. Eron foydali qazilmalarga boy. Qidirib topilgan neft zahiralari 8,9 mld.t ni tashkil etadi (kapitalistik dunyoning 12-13% nefti va Yaqin va O‘rta Sharqning 20% nefti). Yirik neft konlari mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida to‘plgan: Neftsefid, Xeftgel, Agajari, Masjid–Sulaymon va boshqalar. Mamlakat markazidagi neft koni Qumli, shimoldagi neft konlari Eron Ozarbayjonida joylashgan. Shuningdek, Eronda katta tabiiy gaz zahiralari bor (dunyo zaxirasining 15%). Yirik gaz koni Pazenan. Eronda boshqa energiya resurslaridan ko‘mir, umumiy zahirasi 5,5 mld t. Sanoat ahomiyatiga ega bo‘lgan konlar mamlakat shimolida Shemshek, Abek, Zirab va boshqalar. Bu konlarning ko‘miri yuqori quvvatligi bilan farq qiladi (7000-8000 kal/kg). Shunigdek, ko‘mir Eron Ozarbayjonida Hurosonda mamlakat g‘arbida Xamadon rayonida, markazda Kashan va Isfaxon yaqinida janubda Karmona rayonida bor. Eron metalurgiyasini rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan temir ruda konlari Kermon rayonida – Zerandda bor. Eronda umumiy temir ruda zahirasi 5 mld.t.Eron foydali qazilmalar orasida temir rudasi, xrom, mis, magniy, nikel, kobolt, rux, marganes, volfram, molibden, qo‘rg‘oshin, qalay, simob, kumush, oltin, platina, qazilmalari bor. Karmonada, Xuroson, Isfaxon, shuningdek Eron Ozorbayjonida, Elbrus tog‘ tizmasida uran va boshqa radiaktiv metallar topilgan. Eronda nometall qazilmalardan oltingugurt(Dashti-Kabir, Qurdiston), osh tuzi, kaliy tuzi, biryuza koni qurilish va bezatish materiallari (granit, marmar, glina, gips, ohaktosh) zahiralari bor.