Turkiy tillarning qiyosiy tarixiy grammatikasi



Yüklə 60,88 Kb.
səhifə1/14
tarix17.01.2023
ölçüsü60,88 Kb.
#79451
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Turkiy tillarning qiyosiy tarixiy grammatikasi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
O‘ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
O‘zbek tili ta‘lim yo‘nalishi 3 - bosqich 218 - guruh talabasi


ESHTO‘XTAROVA MUNIRANING
" TURKIY TILLARNING QIYOSIY - TARIXIY GRAMMATIKASI " fanidan


" TURKIY TILLAR TASNIFI " mavzusida yozgan
KURS ISHI

Ilmiy rahbar : N.Omonturdiyev
TERMIZ - 2021


MAVZU : TURKIY TILLAR TASNIFI


REJA:


I .Kirish
1.Turkiy tillar shakllanishi va taraqqiyoti.
II . ASOSIY QISM
2. 1 Turkiy tillarni davrlashtrish muammosi .
2 . 2 Turkiy tillar tasnifi va Mahmud Koshg‘ariy tasnifining ahamiyati
2.3 XIX asr oxiri va XX asrda turkiyshunoslar tomonidan qilingan tasniflar.
2.4 Turkiy tillar tasnifiga oid tadqiqotlar tahlili
III . XULOSA.
IV . ADABIYOTLAR RO’YXATI


KIRISH


Turkiy tillar — hozirgi va qadimgi turkiy xalqlar va elatlarning tillari. Asosan Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, XXR, Afgʻoniston, Eron, Tojikistonda, shuningdek, Bolgariya, Ruminiya, Ukraina, Germaniya, Kipr, Shimoliy Makedoniya, Albaniya, AQSh, Saudiya Arabistoni va boshqa bir qancha mamlakatlarda tarqalgan. Oʻtgan asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra turkiy tillarda soʻzlashuvchilarning umumiy soni 130 million kishidan ortiq.
Keyingi yillarda turkologiya sohasida bir qator yangi tadqiqotlar yuzaga keldi. Eng qadimgi sog`d, ко`k turk (o`rxun-enasoy, turkiy run), eski uyg`ur (turk) yozuvlaridagi yodgorliklarni o`rganishga oid izlanishlar olib borilmoqda. Ko`k turk xoqonligi davrida yaratilgan Bug`ut mangutoshi, uning tiklanish tarixi, yodgorlikda saqlanib qolgan sug`dcha bitik talqini, so‘g`d tilidagi arablar istilosi bilan bog`liq nazariy qarashlar, ko`k turk bitiklari, ko`k turk yozuvining o`ziga xos jihatlari, imlo xususiyatlari ko`k turk xatida bizgacha yetib kelgan To`nyuquq, O`ngin, Kul tegin, Bilga xoqon, Suji bitiklarining matni talqini, turkiy yozma yodgorliklar asosida rasmiy uslubning yuzaga kelishi, taraqqiyot bosqichlari, hujjat turlari haqida muhim ma`lumotlar qayd etilgan .
Tillarni qiyosiy-tarixiy metod asosida tadqiq qilishning mahsuli sifatida tilshunoslikda geneologik tasnif maydonga keldi. Bu tasnifga ko`ra, tillar bir umumiy manbadan kelib chiqqanligi, o’xshashligi, qarindoshligiga qarab oilalarga ajratiladi.Turkiy tillarning hozirgi holatini ilmiy jihatdan o'rganish uchun ularning uzoq tarixiy taraqqiyot yo`llarini nazariy bilish zarur.Til taraqqiyotining turli davrlarida amal qilgan qonunlarni va shu qonuniyatlarga muvofiq tilda voqea bo’lgan fonetik, leksik, grammatik o’zgarishlarni o’rganishga qiziqish qadimgi davrlardayoq boshlandi.Tillarning taraqqiyot tarixini o'rganishdagi eng muhim masalalardan biri —tasnifdir. Tasnif uchun turkiy tillarning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari, o'zaro munosabatlari aniqlanishi lozim.
Ma'lumki, turkiy tillarning tasnifi muammosi tillarni davrlashtirish muammosi bilan ham bog'liq. N.A.Baskakovning aytishicha, tasnif ma'lum darajada tillar tarixini davrlashtirish demakdir. Chunki tasnifda ham, davrlashtirishda ham bir xil tamoyilga, ya'ni tarixiylik tamoyiliga asoslanadi.
Umuman, urug` va qabila tillari taraqqiyotiga ana shu nuqtai-nazardan qaralganda hozirgi turkiy tillar taraqqiyoti jarayonlarini quyidagi davrlarga bo`lib o`rganish mumkin:

Yüklə 60,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin