Turkiy tillarning qiyosiy tarixiy grammatikasi



Yüklə 60,88 Kb.
səhifə4/14
tarix17.01.2023
ölçüsü60,88 Kb.
#79451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Turkiy tillarning qiyosiy tarixiy grammatikasi

a) tukyu (V–VIII asrlar);
b) qadimgi uyg`ur (VIII–IX asrlar);
v) qadimgi qirg`iz (IX–X asrlar).
Bu davr turkiy tillarning mo`g`ul tillaridan ham to`la ajralib chiqish davri bilan xarakterlanadi. VI asrlarga kelib Xunn davlati yemirilgach, o`sha yerlardagi turkiy qabilalar bulg`or va hazar qabilalar ittifoqiga singib ketdi. Bu paytlarda qadimgi sharqiy Xunn hududlarida ham kuchli ko`chmanchi Tukyu imperiyasi vujudga kelgan bo`lib, ular Amudaryo sohillaridan Hindistonning shimoliy chegaralarigacha bo`lgan hududlarni egalladi. Lekin bu imperiya u qadar uzoq yashamay, 580–584 yillarda parchalanib, markazi Yettisuv bo`lgan g`arbiy va markazi Mo`g`uliston shimoli bo`lgan Sharqiy Tukyu davlatlariga ajraldi. VII asrlarda Sharqiy Tukyu xitoy va uyg`urlar, VIII asrlarda butun G`arbiy Tukyu arablar tomonidan istilo qilingach, Yettisuv hududida Qorliq, Sirdaryo sohili va Orol bo`ylarida O`g`iz davlatlari vujudga keldi. Xullas, VIII asr oxirlarida turli turkiy qabilalarni o`zida mujassamlashtirgan sharqda uyg`ur, markaziy va O`rta Osiyoda o`g`iz, qorliq, g`arbda esa Xazar va Bulg`or davlatlari vujudga keldi.
VI–VIII asr turkiy qabilalar va davlatlar haqida, ayniqsa, Sharqiy Tukyu davlati tili haqida boy yozma yodgorliklar mavjud. Sharqiy Sibirdan topilgan Kultegin, Guduluxon, Bilga qoon, Tun`yukuk, Kuli chura xotirasiga qo`yilgan qadimgi O`rxun, Yenisey (inesoy, enasoy) yozma yodgorliklari buning yaqqol timsolidir.
Masalan, bu davr turkiy tillar fonetikasining xarakterli belgilari shundaki, qadimgi r, l undoshlari qoldiqlari o`z izlarini deyarli yo`qotib (chuvosh tili kabi ayrim tillarni hisobga olmaganda), ularning o`rnini
r ~ t // d ~ s // z ~ y (d`at – d`as – d`ay – yay (yoz)) undoshlari;
n // ң ~ s // z ~ y (qon – qoң, qanda – qayda, anig` – azig` – ayig`, yan – yaz – yay kabi) undoshlari egalladi.
Turkiy tillar taraqqiyotining o`rta turk davri (X–XV asrlar) taraqqiyot jarayonining eng murakkab, shunga qaramay, hozirgi mavjud tillarning har birining o`ziga xos tovush qiyofasi, lug`at boyligi va grammatik qurilishi jihatidan tashkil topish hamda mustaqil rivojlanish davri bo`ldi. Til taraqqiyotining bu davrini ham shartli ravishda ikki faslni Qoraxoniylar (X–XII asrlar) va mo`g`ullar (XII–XIV asrlar) fasliga bo`lish mumkin.
Tarixiy yodgorliklarning guvoh berishicha, X asrda Yettisuv vohasida qorliq qabilalar uyushmasi kuchayib, markazi Bolaso`g`un, keyinchalik Koshg`ar bo`lgan qudratli turkiy Qoraxoniylar davlatini vujudga keltirdi. Ular sharqda barcha mayda qabilalarni o`z davlatiga birlashtirib, g`arbda Amu va Sir vodiysiga Somoniylar hukmronligidagi qorliq-uyg`ur, Sirning quyi oqimida o`g`iz-qipchoq qabilalar uyushmalari joylashgan Markaziy va O`rta Osiyo hududlarida o`z hukmronligini kengaytirdi. Natijada Qoraxoniylar davlatida sharqda qorliq-uyg`ur lahjalari asosidagi, g`arbda esa o`g`iz-qipchoq lahjalari asosidagi eronlashgan va arablashgan ikki turkiy til vujudga keldi.
Bu davr tili haqida yozma manbalar yetarli bo`lib, ulardan birinchisi M.Koshg`ariy “Devon”idir. Koshg`ariy ma`lumoticha, bu davr qabila va qabila tillari ikki tarmoq – shimoliy va janubiy tarmoqlarga bo`linib, shimoliy tarmoqqa: pecheneg, qipchoq, o`g`iz, yamak, boshqird, basmil, qay, yabg`u, tatar, qirg`iz, janubiy tarmoqqa g`arbdan sharqqa tomon chigil, to`xsi, yag`mo, irg`oq, choruq, jumul, uyg`ur, tabg`ach qabila va qabila tillari kiritiladi. Qoraxoniylar davri adabiy tilining yana bir qimmatli yodgorligi Bolaso`g`unlik Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u bilik” asarlaridir. Bundan tashqari XII–XIII asrlarda yaratilgan Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat”, uning shogirdi Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” asarlari o`sha davr turkiy adabiy tili va madaniyati durdonalaridir. Sharqiy va g`arbiy adabiy til an`analari, keyinchalik hatto XIV–XV asrlarda “Qissasi Rabg`uziy”; “Qissasi Yusuf” asrlari orqali davom ettirildi.
XI asrda Qoraxoniylar davlati o`zaro nizolar natijasida o`z mavqeini yo`qotgan. Bu davrda o`g`iz qabilalari ittifoqiga mansub bo`lgan Saljuqiylar harakati va sulolasi vujudga kelib, ular janubi - g`arbda Armanistonning shimoli va Kichik Osiyo hududlarigacha bo`lgan yerlarni o`z hukmronligi ostiga olgan. O`g`uz lahjasi asosidagi bu davr tili haqida ham “O`g`uznoma” va “Kitobi dodam Qo`rqut” yodnomalari orqali qimmatli til manbalari saqlangan.
Qadimgi qipchoq qabilalar uyushmasi tili haqida deyarli yozma yodgorliklar saqlanmagan. XI–XII asr qipchoq tili haqida M.Koshg`ariy lug`ati va o`sha davrdagi atoqli otlar hamda joy nomlari orqaligina ba`zi ma`lumotlarni olish mumkin.
Turkiy tillar taraqqiyotining mo`g`ul fasli aslida XIII asrlarda Sharqiy Sibir, Markaziy va O`rta Osiyo, Urolning g`arbiy hududlaridagi yerlarning mo`g`ullar tomonidan istilo qilinishi davridan boshlanadi, lekin aslida mo`g`ul istilosi sharqda XI asrlardan boshlangan edi.
Sharqda Go`bi sahrosida yashovchi kambag`al, madaniy qoloq ko`chmanchi mo`g`ullar haqida H.Vamberi: “Ular til va qiyofasi jihatidan turklarga qarindoshdir. Ushbu xalq orasida 549 (1154) yilda dunyoga bir qahramon keldi. Bu qahramonning ismi Temurchi bo`lib temir kabi kuchli, qat`iy bahodir edi. Shu imtiyozlari tufayli yoz vatandoshlarining ibtidoiy tabiatidan foydalanib kuch to`pladi va butun Osiyoni ostin-ustun qildi. U jahon tarixi maydoniga 40 yoshida chiqdi. O`zining hamqavmlari va turk xalqlari bilan urushlarda g`olibona harakat qilib, Chingiz laqabini oldi. Chingiz – toza, quvvatli ma`nosidadir”.
”.
Akademik Bartold esa " Mo`g`ullar istilosi mo`g`ullarning o`ziga nisbatan turklar taqdiriga kuchli ta`sir qildi. Chunki butun mo`g`ullar istilo qilgan yerlarda davlat tili turkiy til bo`lib qoldi, deganda haqli edi. Sababi mo`g`ullar bu davrda uyg`ur yozuvini o`zlashtirib, davlat ishlarini shu yozuv va turkiy tilda olib borar edi. - degan fikrlarni aytib o‘tadi.
XIII–XV asrlarda kelib, mo`g`ul imperiyasi yemirilgach, ular hukmronlik qilib turgan barcha yerlar Temur va temuriylar tasarrufiga o`tdi. Bu davrda bir qancha turkiy adabiy tillar, jumladan, eski o`zbek adabiy tili ham shakllandi va rivojlandi. Bu davr tili haqida yozma manbalar yetarli darajada bo`lib, Durbek, Atoyi, Lutfiy asarlari, ayniqsa, A.Navoiy davri yozma adabiyoti buning yorqin misolidir.

Yüklə 60,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin