Bilga qag’an



Yüklə 131,27 Kb.
səhifə1/6
tarix16.12.2023
ölçüsü131,27 Kb.
#182727
  1   2   3   4   5   6
Qadimgi turkiy til morfologiyasi ot so’z turkumlari-fayllar.org


Qadimgi turkiy tilda ham ot turkumiga kiruvchi so’zlar ko’p. Semantik tomondan ham hozirgi turkiy tillardagi singari xususiyatlarga ega. Qadimgi turkiy tilda ot turkumiga mansub so’zlar kishi nomlarini (Bilga qag’an), hayvon nomlarini (qoy, bars, bөri), jism nomlarini (sub), qavm-qarindosh (өga), planeta (tangri, yыr) va h. nomlarni ifodalaydi.
Ot egalik, ko’plik va kelishik affikslarini oladi, boshqa turkumdagi so’zlardan morfologik va sintaktik usul bilan ot turkumidagi so’zlar yasaladi.
Ko’plik kategoriyasi. Qadimgi turkiy tilda ham otlar ko’plik va birlik formalarda qo’llangan. Otlar birlikda qo’llanganda maxsus ko’rsatkich bo’lmaydi. Ko’plik affiksini olmagan birlik sondagi ayrim otlar birlik, yakkalik ma’nolaridan tashqari, yana jins, tur, juftlik, jamlik va ko’plik ma’nolarini ham ifodalay oladi. Masalan: ilk (Kt) va boshqalar.
Qadimgi turkiy tilda otlarda ko’plik ifodalashning morfologik usuli sermahsuldir. Bular quyidagilardir:
1. –lar/-lər affiksi. Masalan: ag’ыlыqlarы (ung),, bər bəglər (Kt), əndəlar (Kt).
Bu forma VI-XI asrlarda faqat otlarga qo’shilib kelgan bo’lsa, XI asrlardan keyin esa boshqa so’z turkumlariga ham qo’shilib kela boshlagan.
-lar/-lər affiksining kelib chiqish to’g’risidagi har xil fikrlar mavjud. Ba’zi tilshunoslar bu affiks qadimgi mo’g’ul tilidagi «nar» so’zi bilan bog’liq desalar, ayrim tilshunoslar esa bu fikrga qo’shilmaydilar (jumladan, N.A.Baskakov). Biz ham keyingi fikrga to’liq qo’shilamiz.
-lar/-lər affiksini olgan so’zlar semantik tomondan hozirgi turkiy tillardan farq qilmaydi: Өgəm qatun ulыyu, өgələrim, əkələrim, kəliңүnim, qunchuylarыm buncha yəmə tirigi kүң boltachы ərti (Kultegin)
Bu affiksning hozirgi turkiy til va lahjalaridagi –nar, -tar singari birinchi undoshi farqli bo’lgan variantlari qadimgi turkiy tilda yo’q.
2. Otlarning ko’plik kategoriyasiga –t(d) shakli ham mansub. Bu forma ko’proq VII-XII asrlarda uchraydi. Masalan: noyan (knyazь) (Qb), noyad (knyazlar) (Qb), qaan (xon), qadd (Qb) (xonlar), tarqan (To’n), tarqat (Kt) va boshqalar.
Bu qo’shimchani olgan so’zlarga –lar (lər) formasi ham qo’shilib kelgan. Bu hodisa «Oltun yoruq»da uchraydi.
3. –an, әn qo’shimchasi. Bu qo’shimcha bilan ham ko’plik ma’nosi ifodalangan va –an varianti qalin negizga, -әn esa ingichkasiga qo’shiladi:
әr (әr) – әrәn (erlar)
og’ul (bola) – og’lan ( bolalar)
qalin negizga -lar, ingichka negizga –lәr varianti qo’llaniladi:
əkə (aka) - əkələr (əkələr)
beklərim, (bek) - bәklәr (beklar)

Yüklə 131,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin