Bilga qag’an



Yüklə 131,27 Kb.
səhifə5/6
tarix16.12.2023
ölçüsü131,27 Kb.
#182727
1   2   3   4   5   6
Qadimgi turkiy til morfologiyasi ot so’z turkumlari-fayllar.org

al-(ol) – alыm (qarz – qarz berganga nisbatan)
bər (ber) - bәrim (qarz-qarzga nisbatan)
kəd-(kiy) – kәdim (kiyim)
soq-(ur- so’y) – soqum (so’qim)
өl-(o’l) - өlүm (o’lim)
oqta-(o’q ot-) – oqtam (otim)
2. –n, -in, -ыn, -үn, -un qo’shimchasi. Negizga qo’shilish tartibi –m niki singari bo’lib, fe’l bildirgan harakat natijasida paydo bo’lgan predmetni anglatadi:
aq-(oq) – aqыn (sel)
tər-(ter-) - tərin (jamoa)
bul-(top-) – bulun (asir)
tүg- (tug) – tүgүn (tugun)
kishә- (tushovla) - kishən (tushov, kishan)
3. –ma, -mə qo’shimchasi. Qalin negizga –ma, ingichka - varianti qo’shiladi. Fe’l anglatgan harakat natijasida paydo bo’lgan va shu harakatni bajaradigan predmetni ifodalaydi:
yəl (el-) - yəlmə (tez otliq otryad)
tiz (tiz-) - tizmə (bog’ich)
kəs (kes) - kəsmə (kokil)
tut (tut, saqla-) – tutma (sandiq)
4. –g’, -g, ыg’, -ig, -ug’, -үg, -ыq, -ik, -uq, -үk qo’shimchasi. Bu qo’shimchaning ham negizga qo’shilish tartibi –m, -n qo’shimchalarniki singari bo’lib, fe’l bildirgan harakatni bajaruvchi va shu harakat bilan bog’liq predmetni anglatadi:
qap- (yop-) - qapыg’ (darvoza)
bil- (bil-) – bilig (ilm)
tut- (tut-) – tutug’ (garov)
kөr- (ko’r-) - kөrүg (josus, razvedkachi)
bit (yoz) – bitik (xat)
5. –q, -k qo’shimchasi. Bu qo’shimchaning oldida paydo bo’ladigan unlida uyg’unlik yo’q. Fe’l anglatgan harakat natijasida paydo bo’lgan predmetni ifodalaydi:
yaz- (yomonlik qil) – yazuq (gunoh)
tilə- (tila) - tilək (tilak, orzu)
qыl- (qil-) – qыlыq (xulq)
6. –ch qo’shimchasi. Bu qo’shimcha mavhum ot yasaydi:
өkүn (o’kin-) - өkүnch (pushaymonlik)
saqыn- (o’ylamoq, eslamoq) – saqыnch (o’ylash, eslash)
7. –chu, -chү qo’shimchasi. Qalin negizga –chu, ingichkasiga –chү varianti qo’shiladi.
abыn- (ovin-) – abыnchu (ovinchoq)
ərin (әrin-) - ərinchү (ayb)
8. –t qo’shimchasi. Fe’ldan anglashilgan harakatni predmetlashtiradi:
өl- (o’l-) - өlүt (qatl)
adыr- (ayir-) – adыrt (farq)
9.-ы, -i, -u, -ү qo’shimchasi. Bu qo’shimcha variantlarining qo’shilishi negizning qalin-ingichkaligiga va tarkibidagi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog’liq. Harakat natijasini anglatadi:
өtүn- (o’tin-) - өtnү (qarz)
yaz- (yoz-) – yazы (cho’l, dala)
10. –a, -ə qo’shimchasi. Qalin negizga –a, ingichkasiga -ə varianti qo’shiladi. Fe’ldan anglashilgan harakat natijasida vujudga kelgan predmetni bildiradi:
uv- (maydala-) – uva (umoch)
11. –g’a, -ga qo’shimchasi. Negizga qo’shilish tartibi yuqoridagi qo’shimchaniki singaridir. Fe’l bildirgan harakatga ega shaxsni anglatadi:
bil- (bil-) - bilgə (olim)
өg- (angla-) - өgə (ongli, farosatli kishi)
12. –qыch, -g’ыch, -kich, -gich, -quch, -kүch, -g’uch, -gүch qo’shimchasi. Qaysi variantining ishlatilishi negizning qalin-ingichkaligi, oxirgi tovushning jarangli-jarangsizligi va oxirgi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog’liq. Bu qo’shimcha qurol nomi yasaydi:
ach- (och-) – achqыch (ochqich, kalid)
yul- (yul-) – yulg’uch (ombir)
13. –qu, -g’u, -ku, -gү qo’shimchasi. Qaysi variantining ishlatilishi negizning qalin-ingichkaligi, jarangli-jarangsizligiga bog’liq. Bu ham qurol nomi yasaydi:
bыch-(kes-)- bыchg’u (kesadigan asbob)
qana-(qon chiq-) – qanag’u (qon oladigan asbob)
14. –qыn, g’ыn, -kin, -gin, -qun, -g’un, -kun, -gun qo’shimchasi. Qaysi variantining qo’shilishi negizning qalinligi va ohiridagi bo’g’indagi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog’liq jaranglilik-jarangsizlilik uyg’unligi buzilishi mumkin. Fe’ldan anglashilgan harakatni bajaruvchi yoki shu harakatga mahkum shaxs ma’nosini bildiradi.

Yüklə 131,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin