Bilga qag’an



Yüklə 131,27 Kb.
səhifə4/6
tarix16.12.2023
ölçüsü131,27 Kb.
#182727
1   2   3   4   5   6
Qadimgi turkiy til morfologiyasi ot so’z turkumlari-fayllar.org

6. O’rin-payt kelishigi -da; -dә; -ta; -tә variantlarga ega. Masalan: tayg’an kәltә tiriltim. (T), Altun yыshda oluruң (T)
Qadimgi matnlarda ba’zan o’rin, chiqish va jo’nalish kelishiklari almashtirib qo’llangan: qag’anda bədizchi kəlүrtim (KT), Qыrqыzda yantыmыz (T).
7. CHiqish kelishigi -dыn; -din; -tыn; -tin -dan; -dәn; -tan; -tәn qo’shimchalari bilan hosil qilingan. Qadimgi turkiy tilning oxirgi davrlariga xos yodnomalarda uchraydi. Әldin, әlkә, balыqdыn, balыqqa, ulushdыn, ulushqa.
Otlarning yasalishi. Qadimgi turkiy tilda ot, otlashgan so’z yoki sifatdan ot yasovchi quyidagi qo’shimchalar bor:
1. -chы, -chi qo’shimchasi. Qalin negizga –chы ingichkasiga –chi varianti qo’shiladi. Bu ko’shimcha kasb va biror yumush egasini bildiruvchi ot yasaydi:
bәdiz (naqsh) – bәdizchi
yog(aza) – yog’chы (azani boshqaruvchi)
an (ov) – anchы (ovchi)
2. –lыq, -lik, -luq, -lүk qo’shimchasi. Lablanmagan unlili qalin negizga –lыq, ingichkasiga –lik varianti qo’shiladi. Lablangan unlili qalin negizga –luq, ingichkasiga –lүk varianti qo’shiladi:
ach (och) – achlыq (ochlik)
yәmish (meva) – yәmishlik (mevazor)
kүn (kun) – kүnlүk (kunlik)
3. –qan (xan), -kən qo’shimchasi. Bu qo’shimcha laqab, unvon, geografik va astronomik nomlar tarkibida uchraydi. Qalin negizga –qan (xan), ingichkasiga –kən varianti qo’shiladi:
tәңri (tangri) – tәңrikәn (xujojo’y)
yәti (etti) – yәtikәn (Etti qaroqchi)
qadыr (qiyin, qattiq) – Qadыrqan (joy nomi)
4. –qaq, -kək, -g’aq, -gək qo’shimchasi. Bu qo’shimcha otga qo’shilganda mahdudlik, chegaralanganlik va fe’lga qo’shilganda qurol, vosita ma’nosini bildiradi. Jarangsiz undosh bilan tugatgan qalin negizga –qaq, ingichkasiga –kək varianti qo’shiladi.
ər (әr) – әrkək (nar)
toz (chang) – tozg’aq (gul changi)
or- (o’r) – org’aq (o’roq)
qach (qoch) – qachqaq (qochoq, qochqok)
5. –qu, -kү, -g’u, -gү qo’shimchasi. Bu qo’shimchaning ham negizga qo’shilish tartibi bundan oldingi qo’shimchaniki singari bo’lib, mavhumlik ma’nosini bildiradi:
6. –tam, -təm,-dam, -dəm qo’shimchasi. Bu qo’shimchaning ham negizga qo’shilish tartibi bundan oldingi ikki qo’shimchaga o’xshashdir. Otdan ot yoki sifat yasaydi:
әr (әr) – әrdәm (odob, etuklik)
tәngri (tangri) – tәngridәm (ilohiy, osmoniy)
kүn (quyosh) –kүndәm (quyoshli)
7. –tash, -təsh, -dash, -dəsh qo’shimchasi. Bu qo’shimcha hozirgi o’zbek tilidagi –dosh ning o’zidir. Negizga qo’shilish tartibi bundan oldingi qo’shimchaniki singaridir:
qa (idish) – qadash (tug’ishgan)
8. –sh qo’shimchasi. Bu qo’shimcha undosh bilan tugagan so’zlarga birikkanda, oldiga tor unli qo’shiladi:
bag’ (bog’, boylam) – bag’ыsh (bo’g’in)
tәrk (tez) – tәrkish (tezlik)
9. –suq, -sүk qo’shimchasi. Birinchi varianti qalin negizga, ikkinchisi ingichka negizga qo’shiladi. Otdan ot yoki sifat yasaydi:
bag’ыr (jigar) – bag’ыrsuq (ichak)
tan (hayrat) – tansuq (ajoyib)
10. –sush, -sүsh qo’shimchasi. Bu qo’shicha – sush, -sүsh qo’shimchasi bilan bir manbaga ega. CHunki turkiy tillarda q (k) sh mosligi bor. bu qo’shimchaga bitta misol bor:
suv (suv) – suvsush (ayron; go’ja singari ovqatlarning suvi)
Qadimgi turkiy tilda fe’ldan ot yasovchi tubandagi qo’shimchalar bor:
1. –m, -im, -ыm, -үm, -um qo’shimchasi. Bu qo’shimcha undosh bilan tugagan negizlarga qo’shilganda, oldida bir tor unli paydo bo’ladi. Bu unlining sifati negizning qalin-ingichkaligiga va tarkibidagi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog’liq. Fe’ldan anglashilgan harakat bilan bog’liq predmetni bildiradi:

Yüklə 131,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin