A.N.Samoylovich fonetik va morfologik xususiyatlarini hisobga
olgan holda tasniflaydi va har bir guruhga asosiy fonetik xususiyatlaridan kelib chiqib nom beradi.
1. R-guruh: hazar va bulg‘or kabi o‘lik tillar va chuvash tili. Taxar, ura, pul, tau//gu, sarы, qalan // yulna;
2.D- guruh: O‘rxun-Enisey yodgorliklari yozuvi tili, eski uyg‘ur tili kabi o‘lik tillar hamda jonli tillardan karagas, salar, tuva, sariq uyg‘ur, shor, xakas va yoqut – toquz, adaq/azaq. pol, tag‘, sariq, qalg‘an.
3. Tau guruh: oltoy, qirg‘iz. qumiq, qorchoy, balqar, karaim, tatar, boshqird, qozoq, no‘g‘ay- tog‘uz, ayaq, bol//bul, tau, sarы, qalg‘an.
4. Tag‘lыq guruh: eski o‘zbek adabiy tili, hozirgi uyg‘ur, hozirgi o‘zbek va tuva tillari- toquz, ayaq, bol, tag‘, sarыq, qalg‘an.
5. Tag‘lы guruhi: o‘zbek tilining Xorazm shevasi kiritilgan- doquz, ayaq, bol, tag‘, sarы, qalg‘an.
6. Ol guruh: turkman, ozarbayjon, usmonli turk, gagauz tillari kitilgan. doquz, ayaq, ol, dag‘, sarы, qalan. guruh tomonidan berilgan. tasnifi turkiy tillarning hududiy yaqinligiga qarab tuzilgan.
Albatta, bu tasnif ham hozirgi turkiy tillarning butun tarixiy taraqqiyot jarayonida, bir tomondan, qadimgi negiz (asos) tillar bilan, ikkinchi tomondan, manchjur, xitoy, fors-tojik, rus, hatto fin-ugar tillari bilan uzluksiz munosabatda yuz bergan tovush qiyofasi, lug`at boyligi va grammatik qurilishidagi o`zgarishlarni to`la aks ettirib bergan emas. Chunki eradan oldingi asrlardan to hozirgi davrlargacha Sibir, Markaziy va O`rta Osiyo, Sharqiy Ovro`pa hududlarida hayot kechirgan turli turkiy urug` va qabilalar ittifoqlari va elatlar uzluksiz jangu jadallar, bosqinlar, g`oliblik va mag`lubliklar natijasida necha marta qo`shilib, necha marta parchalangan, ayrim qabila va qabilalar ittifoqi g`olib qabila va qabilalar ittifoqi tarkibiga singib ketgan va h. Bu, shubhasiz, ularning tillarida ham o`z ifodasini topgan.
N,A.Baskakovning tasnifida har bir turkiy tilning fonetik, leksik, grammatik belgilarigina hisobga olinmasdan, balki har bir turkiy xalqning tarixiy shakllanish jarayonini, uning genezisini ham hisobga olinadi. Shu tamoyillarni hisobga olgan holda u turkiy tillarni quyidagicha tasnif qiladi. Dastlab ularni ikki tarmoqqa ajratadi:
Dostları ilə paylaş: |