1. V.V.Radlov, S.Ye.Malov fonetik belgilarga asoslagan holda tasnif qiladi.
2.F.Ye.Korsh, A.N.Samoylovich. A.Remyuza fonetik-morfologik xususiyatlariga asoslagan holda tasnif qilgan.
3. O.Byotling. K.Menges, N.A.Baskakov til xususiyatlari va o‘zaro gentik aloqalariga asoslanadi.
4. A.Myuller. V.A.Bogorodskiy turkiy tillarda gaplauvchi xalqlarning geografik joylashuviga asoslagan xolda tasnif qilgan. Yevropada shuhrat topgan qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning ta`siri XIX asrning oxiri XX asrning birinchi yarmida turkiy tillarni qiyosiy o`rganish va tasnif qilish sohasida g`arb turkshunos tilshunoslari bilan bir qatorda rus turkshunos olimlari I.N.Berezin, N.I.Ilminskiy, V.V.Radlov, N.A.Aristov, F.Katanov, F.Ye.Korsh, A.N.Samoylovich, V.A.Bogorodiskiy, S.Ye.Malov va boshqalar samarali ish olib bordilar. Lekin shuni aytish joizki, ularning ko`pchiligi turkiy tillarni qiyosiy o`rganish va tasnif qilishga bir tomonlama yondoshdilar: ulardan ayrimlari turkiy tillarni tasnif qilishida faqat ularning xududiy joylanishlarini asosga olgan bo`lsa, boshqalari turkiy tillarning yo davriy shakllanish jarayonini yo til xususiyatining ayrim tomonlarini hisobga oldilar; tasnifda har bir turkiy tilning boshqa turkiy tillar bilan umumiyligini shu turkiy tilda so`zlashuvchi jamoa (qavm, elat, xalq va millat)ning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayoni bilan bog`lab o`rganmadi va tasnif qilmadilar.
Shu jihatdan olib qaraganda turkiy tillarning rus tilshunosi A.N.Samoylovich va keyinchalik N.A.Baskakov tomonidan qilingan tasnifini oldingi barcha tasniflarning ilmiy umumlashmasi va xulosasi deb anglash mumkin.
XULOSA Tillar tasnifi — tillarning muayyan belgilar asosida hamda tadqiqotning umumiy maqsadidan kelib chiqadigan qarashlarga mos keluvchi ma’lum tasnifiy bo‘limlar bo‘yicha guruhlarga ajratilishi. Tillar tasnifi muammosi ularni qiyosiy o‘rganish vaqtida paydo bo‘ladi va ba’zan qiyosiy o‘rganishning pirovard maqsadi deb tasavvur etiladi. Tillar tasnifining 2 asosiy turi mavjud: tillarning genealogik tasnifi va tillarning morfologik (tipologik) tasnifi. Ular orasidagi asosiy farq shundaki, tasniflarning birinchisi tillarning qarindoshligi tushunchasiga asoslanadi; u qiyosiytarixiy tilshunoslik paydo bo‘lgandan keyingina ro‘yobga chiqqan. Tillarning morfologik tasnifi esa tipologik va grammatik xususiyatlarga asoslanadi. U o‘zgarmas lug‘aviy birliklarga ega bo‘lgan tillar hamda o‘zaro birikib, o‘zgarishlarga uchrovchi lug‘aviy birliklari bo‘lgan tillarni qiyoslash asosida paydo bo‘lgan. Nemis olimi A.V.Shlegel Tillar tasnifining ushbu prinsipini tillarni grammatik qurilishli tillar va grammatik qurilishsiz tillarga ajratgan holda rivojlantirdi. Tillarni amorf tillar, agglyutinativ tillar, flektiv tillar va polisintetik tillarga ajratish ham shu tasnifga asoslanadi. Mazkur turlarning birortasi ham sof holda uchramaydi: dunyodagi barcha tillarning xususiyatlari biridan ikkinchisiga o‘tuvchan xarakterga ega. Nemis olimi G.Shteyntal, avstriyalik F.Misteli va amerikalik E.Sepirning 19-asrda morfologik (tipologik) tasnifni takomillashtirish yo‘lidagi urinishlari birmuncha sodda, umumiy tarzda bo‘lgan.Tillar tasnifining uchinchi xili — areal yoki geografik tasnif xam mavjud. Bu tasnif mazkur ikki tasnifga nisbatan qo‘shimcha, yordamchi mavqeda bo‘lib, tillarning yoki bir til doirasidagi lahja va shevalarning geografik joylashuvidan kelib chiqadi (yana q. Lingvistik geografiya). Umuman, Tillar tasnifi dunyodagi ko‘plab xilmaxil tillarni yaxshiroq o‘rganish, tadqiq etishda katta yordam beradi.Yuqorida ko‘rib o‘tkanimizdek tillarni tasnif qilish juda murakkab va mashaqqatli jarayon bo‘lib, u tasnif qiluvchidan aniqlikni talab qiladi. Biz tasnif qilish jarayonini o‘rganishda olimlarning tasniflariga to‘xtalib o‘tdik va men shuni angladimki tillarni mukammal tasnif qilishda tilshunoslardan faqat tilshunoslik fanini emas balki tarix, geografiya , genetika , filologiya va lingvistika fanlarini ham chuqur bilish talab etilar ekan.Menimcha turkiy tillar tasnifida 100 % aniqlikda tasnif yaratilmagan chunki har bir olim tillarni turli jihatdan tasnif qilgan ular tillarning ma’lum bir xususiyatinigina o‘rganib tasnif qilishgan.Masalan Radlov A. Myuller tasnifi geografik jihatdan , V.A . Bpgorodskiy geografik va fonetik xususiyatlarini , Malov fonetik , F.Y .Korsh , A. Remyuza va A.N .Samaylovich fonetik va morfologik jihatdan tasnifini amalga oshirgan. Bulardan farqli o‘laroq N.A Baskakov tasnifini oladigan bo‘lsak u tillarni tasnif qilishda har bir tilning fonetik , leksik , morfologik belgilarinigina hisobga olmasdan ,balki har bir xalqning tarixiy shakllanish jarayonini, uning genezisini ham hisobga oldi . Shu sababli uning tasnifi boshqa olimlarni tasnifiga qaraganda aniq va ishonchliroq hisoblanadi . Chunki olimning tasnifi o‘zida tillarning ko‘pgina xususiyatlari va belgilarini o‘zida jamlagan.