1. Turkiy tillar taraqqiyotining Oltoy davri (Eradan oldingi III asrlarga qadar).
2. Qadimgi Xunn davri (eradan oldingi III va yangi eraning V asrlariga qadar).
3. Qadimgi turk davri (V–X asrlar).
4. O`rta turk davri (X–XV asrlar).
5. Yangi turk davri (XV–XX asrlar).
6. Eng yangi turk davri (XX asr).
Turkiy tillar taraqqiyotining Oltoy davrieradan oldingi III asrlargacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davr tili haqida tarixiy manbalar mavjud emas. Bu davr tilini tilshunoslikda turk-mo`g`ul, tungus-manjur tillari uyushmasi deb ham nomlanadi, chunki fanda bu tillar o`tmishda hozirgi turk, mo`g`ul, tungus-manjur tillari uchun bir asos tilni tashkil qilgan degan taxminlar ham yo`q emas.
Eradan oldingi so`nggi asrlarga kelib qadimgi umumoltoy tili tungus-manjur va turk-mo`g`ul tillariga ajraldi. Bu ikki til uyushmasi qisman fonetik jihatdan farqlanib, tungus-manjur tilida so`z oxirida qadimgi s undoshi saqlanib qolgan holda turk-mo`g`ul tillarida bu undosh ch, sh, undoshi bilan almashdi:
tungus-manjur turk-mo`g`ul
kus//kuus koch // kush (kuch)
as ach // ash (och) kabi.
Eradan oldingi III asrlarga kelib turk-mo`g`ul tillari ham parchalanib, mustaqil mo`g`ul va turkiy tillar shakllanadi. Bu davr tilini fanda rototsizm (R-tillar) va lambdaizm (L-tillar) deb nomlanadi. Buning ma`nosi shundaki, mo`g`ul tillarida so`z o`rtasi (inlaut) va so`z oxiri (auslaut)da r, l undoshlari saqlanib qolgan bo`lsa, turkiy tillarda bu undoshlar o`rnini z,sh undoshlari egalladi. Bunday farqlanishgacha r, l undoshlari har ikki til uchun ham umumiy bo`lganligini, bu undoshlarning hatto hozir ham turkiy bulg`or va chuvosh tillarida saqlanib qolganligidan ko`rish mumkin, masalan:
mo`g`ul, chuvash boshqa turkiy tillar
par bus (muz)
xur qaz (g`oz)
kuran qazan (qozon)
çer yүz (yuz)
җүl yash// jas (yil)
pilek bash // bas chul tash // tas ilek yeshik // yesik (eshik) kabi.