Turkiy tillarning qiyosiy tarixiy grammatikasi


F.Korsh, I.Bensig, K.Menges, V.A.Bogoroditslciy, G.Ramstedtlar



Yüklə 60,88 Kb.
səhifə7/14
tarix17.01.2023
ölçüsü60,88 Kb.
#79451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Turkiy tillarning qiyosiy tarixiy grammatikasi

F.Korsh, I.Bensig, K.Menges, V.A.Bogoroditslciy, G.Ramstedtlar ham turkiy tillarni geografik joylashish o ‘rniga ko‘ra tasniflagan


V.A.Bogorodskiy 1921 yilda turkiy tillarni geografik va fonetik xususiyatlari asosilariga asoslangan holda 7 guruhga bo‘ladi.

1. Shimoliy-sharqiy guruh: yoqut, karagas, tuva. Bu guruhdan yoqut tili so‘z boshidagi s tovushining yo‘qolishi, karagas va tuva tillari esa y tovushining ch tovushiga va ch tovushining sh tovushiga o‘tishi bilan xarakterlanadi;


2. Xakas guruhi: xakas tili. Bu guruh uchun xos xususiyat so‘z oxiridagi sh tovushining ch tovushiga o‘tishi;


3. Oltoy guruh: oltoy tili o‘z shevalari bilan kiritiladi. Bu guruh qirg‘iz tiliga fonetik yaqinligi bilan xarakterlanadi;


4. G‘arbiy Sibir guruhi: chulim, ishim, tyumen tatarlari tili. G‘arbiy Sibir guruhining asosiy fonetik xususiyati eski turkiy tillardagi ch tovushi o‘rniga s tovushining qo‘llanishi kuzatiladi.;


5. Volga bo‘yi va Ural guruhi: tatar va boshqird tillari. Bu guruh uchun xarakterli xususiyat unlilarning qisqarishi bo‘lib, boshqa turkiy tillardagi ye tovushi i tovushiga va o tovushi u tovushiga aylangan;

6. O‘rta Osiyo guruhi: uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, o‘zbek qorqalpoq. Bu guruhni birlashtirib turuvchi belgilar ko‘rsatilmagan;


7. Janubiy-G‘arbiy guruh: turkman, ozarbayjon, qumiuq, gagauz, turk tillari va chuvash tili. Bu guruh ham to‘liq izohlanmagan.


V.A.Bogorodskiy turkiy xalqlar va tillarining taraxiy taraqqiyotini yetarli hisobga olmagan. Turkiy tillarga kiruvchi karaim va no‘g‘ay tillari hech qaysi guruhga kiritilmagan.
F.Ye.Korsh turkiy tillarni fonetik xususiyatlaridan tashqari, morfologik xususiyatlarini ham hisobga olgan holda tasnif qilgan.

1. Shimoliy guruh: qirg‘iz. Qozoq. Oltoy, Volga tatarlari, Shimoliy Kavkaz tatarlari. Bu tillarning fonetik-morfologik xususiyatlari quyidagi so‘zlarda aks etgan- tau, qolg‘an, sarы, kele


turur.
2 .G‘arbiy guruh: ozarbayjon, turkman, turk, gagauz-dag, kalan, sarы, geler, gelir;
3. Sharqiy guruh: O‘rxun-Enisey yodgorliklari yozuvi tili, eski uyg‘ur tili, chig‘atoy, qipchoq (polovets) kabi o‘lik tillar hamda jonli tillardan karagas va xakas - tag‘, sarыg‘, qalg‘an, kelur.
4. Aralash guruh: yoqut va chuvash tillari. Bu tillar boshqa turkiy tillardan fonetik, grammatik hamda leksik jihatdan keskin farq qilishi bilan farqlanadi.

Yüklə 60,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin