Turkiy tillarning qiyosiy tarixiy grammatikasi



Yüklə 60,88 Kb.
səhifə6/14
tarix17.01.2023
ölçüsü60,88 Kb.
#79451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Turkiy tillarning qiyosiy tarixiy grammatikasi

1820 yilda A.Remyuza turkiy tillarni 5 guruhga bo‘ladi;

1) yoqut tili:


2) uyg‘ur tili (bunga chig‘atoy va turkman tillarini ham kiritgan),
3) no‘g‘ay tili (Qrim-Astraxan):
4) qirg‘iz tili:
5) turk tili (bunga chuvash tilini ham kiritgan).
1733–1743 yillarda mashhur tarixchi va etnograf olim G.F.Myuller Sibir ekspeditsiyasida ishtirok etib, Sibir tarixi va butun Sibir o`lkasida yashaydigan elatlarning til xususiyatlari haqida boy material to`playdi. F.Myuller to`plagan materiallari asosida uncha katta hajmda bo`lmagan “Tatar tili va boshqa Sibir dialektlari so`zlar to`plami yoki leksikoni” nomli lug`atini tuzib, unda asosan Sibir va boshqa turkiy elat va qabilalarning nomlari, tillari haqida ma`lumot beradi.
F.Myuller lug`at (so`zlik)ida boshqird tili, chulim tatarlari tili, teleut tili, shor tili, Abakandagi xakas, Sibir buxoroliklari va yoqut tiliga mansub so`zlar o`rin olgan. So`zlikda o`zbek. “qor” so`zining 12 turkiy tildagi: qangli. vuran, boshqird. kar, turin. kar, tobol. kar, chat. kar, tomsk. kar, teleut. kar, kuznesk. kar, xakas. xar, buxor. qar, yoqut. charr kabi yuzdan ortiq so`zni o`z ichiga olgan turkiy so`zlarning qiyosiy jadvalini beradi.
Avgust Myuller (1887) yilda Vamberi tajribasiga asoslanib, o‘zining “Islom tarixi” asarida yoqut va chuvash tillaridan boshqa turkiy tillarni uch guruhga bo‘ladi:
1. Shimoliy turk tillari.
2. Sharqiy turk tillari ( Qashqar, o‘zbek, Buxoro, Xiva: Qrim-tatar, Qozon tatarlari tili).
3. G‘arbiy turk tillari (Ozarbayjon, eron turklari, usmonli turk va turkman tillari).
XIX asrda turkiy tillarni qiyosiy o`rganuvchi g`arb va rus turkiyshunos tilshunoslarining peshqadami Vasiliy Vasilevich Radlov o`zining hozirgacha butun turkiy tilshunoslikda mashhur bo`lgan lug`ati “Opыt slovarya tyurkskix narechiy” (Turkiy lahjalar lug`ati tajribasidan) asarining so`z boshisida turkiy til va lahjalarni o`rganishga 1859 yildan boshlab kirishganligini yozadi. V.V.Radlov shundan keyingi qariyb yarim asr mobaynida turkiy elat va xalqlarning xalq og`zaki ijodini tadqiq qilish bilan birga ularning til va lahjalari leksikasi bo`yicha ham behad material to`plab, 1888–1911 yillarda Sankt-Peterburg matbaasida o`zining to`rt jild sakkiz qismdan iborat bo`lgan yuqorida qayd qilingan qiyosiy «Lug`at»ini nashr qildiradi. Nashriyot bu “Lug`at”ni “turkiy tillar leksikasi ko`lami va ilmiyligi” jihatidan V.V.Radlovning eng buyuk muvaffaqiyati deb baholaydi. Darhaqiqat, “Lug`at” o`z qiymatini hozirga qadar ham yo`qotgan emas.
V.V.Radlov ilk tasnifida turkiy tillarni 3 guruhga bo‘lgan-
1 )Shimoliy,
2) janubiy.
3) qurama.
Qurama guruhni yaga g‘arbiy va sharqiy kichik guruhga ajratadi. Radlov bu tasnifni keyingi tadqiqotlarida qata ishlab, turkiy tillarni geografik o‘rniga qarab o‘zining “Shimoliy Turkiston tillarining fonetikasi” nomli asarida 4 guruhga bo‘linadi:
1. Sharqiy guruh – oltoy, cho‘lim, xakas tillari kiritilgan.
2. G‘arbiy guruh —bunga G‘arbiy Sibir tatarlari, qirg‘iz, boshqird, Volga boyi tatar tillari, qozoq, qoraqalpoq tillari
kiritildi.
3. O‘rta Osiyo guruhi.- bunga o‘zbek va uyg‘ur tillari kiritildi.
4. Janubiy guruh-bunga turkman, ozarbayjon, turk va qrim-tatar tillarini kiritdi.
Radlov tasnifi asosan turkiy tillarning fonetik xususiyatlariga asoslangan.
Bu tasnifga ko‘ra yoqut tili alohida guruhni tashkil etadi.

Yüklə 60,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin